Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHXS: 2026 yil 21 noyabrdan nimalar oʻzgardi Qonun loyihasi: 2027 yildan boshlab tijorat ijarasi qoidalari qanday oʻzgarishi mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
04.10.23

Energetika sohasi islohotining yangi bosqichi boshlanmoqda

Yangi regulyator - Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi hamda «Oʻzenergosotish» AJ tashkil etilmoqda.

04.10.23

Aholini zilzila paytida harakatlanishga tayyorlash tartibi tasdiqlandi

Aholining turli toifalari uchun maxsus oʻquv dasturlari oʻtkaziladi.

04.10.23

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining vazifalari belgilandi

Shuningdek, elektromobillar boshqaruvchi haydovchilarning malaka oshirish oʻquv kurslari dasturlari boʻyicha mustaqil tayyorgarlik koʻrgan va imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan shaxslarga ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat beriladi.

04.10.23

Davlat organlarida “yashil” iqtisodiyotni joriy etish uchun mas’ullar belgilanadi

Ularning vazifalari orasida – respublika ijro etuvchi hokimiyat organi yoki xoʻjalik birlashmasi faoliyatiga oid “yashil” iqtisodiyot masalalarini muvofiqlashtirish, “yashil” innovatsiyalarni joriy etish va investitsiyalarni jalb qilish va boshqalar bor.

29.09.23

Muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlarining kiberxavfsizligi qanday tekshiriladi

Baholash murojaatnoma asosida yoki ma’sul organning tashabbusi boʻyicha oʻtkazilishi mumkin.

29.09.23

Suv havzalari «E-auksion» orqali ijaraga beriladi

Ijara muddati – 10 yil, ushbu muddat yana 10 yilga uzaytirilishi mumkin.

29.09.23

Suv xoʻjaligi ob’yektlarining xavfsizligi qanday ta’minlanadi

Suv xoʻjaligi ob’yektlarining xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining funksiyalari kengaytirildi.

29.09.23

Taftish tartibi: hukmlarni qaytadan koʻrib chiqishning yangi jarayoni

2024 yildan boshlab ushbu bosqichda sudga yangi dalillar taqdim etish mumkin boʻladi.

29.09.23

Maktabgacha ta’lim sohasida DXSh loyihalari uchun kredit imtiyozlari uzaytirildi

Mazkur chora davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va tarmoqni kengaytirishga qaratilgan.

29.09.23 NHH loyihalari
29.09.23

BMTning inson huquqlari boʻyicha organlari qarori sud hukmini bekor qilishi mumkin

“Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatini takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

27.09.23

1 oktyabrdan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2023 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

27.09.23

«Diniy bagʻrikenglik» koʻkrak nishoni ta’sis etildi

Koʻkrak nishoni bilan diniy-ma’rifiy soha samaradorligini oshirishga munosib hissa qoʻshganlar mukofotlanadi.

26.09.23

Pensiya ta’minoti sohasida ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish soddalashtiriladi

Shuningdek, pensiyani hisoblash uchun oylikni qayta hisoblashning yangi tartibi tasdiqlanmoqda.

26.09.23

Ommaviy ahamiyatga ega noyob ob’yektlarning eskiz loyihalari boʻyicha tanlov qanday oʻtkaziladi

Ishtirokchilarni tanlab olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 6 ta mezon belgilanmoqda.

26.09.23

Har bir mahallada «mahalla nazorati» guruhi tashkil etiladi

Shuningdek mahalla raisi soʻrovi shaklidagi jamoatchilik nazorati tashkil etilmoqda.

26.09.23

Davlat organlari uchun yagona kadr hisobi joriy etilmoqda

Turli darajadagi rahbarlarning samaradorlik koʻrsatkichlari yagona avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshiriladi

26.09.23

Yil yakunida temir yoʻl orqali yuk tashishning yangi qoidalari joriy etiladi

Transport vazirining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yuklarni tashish qoidalari tasdiqlandi. Ular 24.12.2023 yildan kuchga kiradi.

21.09.23

Respublikaga keltirilayotgan ba’zi uskunalar bojxona toʻlovi va qqsdan ozod etiladi

Koʻrilayotgan choralar sanoat ishlab chiqarishini xomashyo bilan uzluksiz ta’minlashga qaratilgan.

21.09.23

Elektron hukumatni joriy qilish boʻyicha mamlakat reytingini qanday yaxshilash mumkin

2024 yil 1 iyundan boshlab yangi raqamli xizmatlar va servislar, qoida tariqasida, birinchi navbatda YaIDXPning mobil ilovasida joriy etiladi.

19.09.23

Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashga 6 trln soʻm va $1,2 mlrd yoʻnaltiriladi.

Mablagʻlar «Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash» kompleks dasturi doirasida sarflanadi.

19.09.23

Yoqilgʻi-energetika resurslarining narxlari tasdiqlandi

Issiqlik ta’minoti xizmatlarining aholi uchun belgilanadigan narxlari joriy kuz-qish mavsumida oshirilmaydi.

15.09.23

Kimlar «Seysmik xavfsizlik sohasi a’lochisi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi

Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi har yili 13 oktyabr – Tabiiy ofatlar xatarini kamaytirish xalqaro kuni arafasida Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan topshiriladi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.