Jizzaxda Oʻzbekiston Milliy universiteti filiali ochiladi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 iyuldagi 563-son qarorida shu haqda bayon etilgan.
Yosh matematiklar oʻquv markazi tashkil etiladi
Unda maktab, litseylarning oʻquvchilari, OTMning talabalari va doktorantlar uchun kurslar tashkil etiladi, matematika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tayyorlanadi.
Biznes va boshqaruv oliy maktabi: stajsiz oʻqishga kirish
LBMA huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga oʻqishga qabul qilish tartibi oʻzgardi
Kichik biznes uchun kreditlar olish osonlashadi
QHTBT portalida iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash koʻlamini va tadbirkorlik sub’yektlari kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaror loyihasi joylashtirildi.
«Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi – yana muhokamada
Qayta ishlangan hujjat loyihasi QHTBT portaliga takroran joylashtirildi. Takliflarni 2019 yilning 21 iyuliga qadar berish mumkin.
Qanday ishlarni Milliy gvardiya koʻrib chiqadi
Jinoyat-protsessual kodeks va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda Milliy gvardiyaning vakolati belgilandi
Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda oshkor qilganlik uchun - 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga tuzatishlar kiritildi
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini qanday yutib olish mumkin
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish uchun elektron auksion oʻtkazish tartibi belgilandi
Import qilinadigan dori vositalarining narxi jilovlab turiladi
Bu sotib olish qiymatini hisob-kitob qilish formulasining oʻzgarishi bilan bogʻliqdir
Mustaqillikning 28 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish boshlandi
Tegishli qarorni Prezident 2019 yil 8 iyul kuni imzoladi.
Taqiqlovchi belgi ostida toʻxtash avtomatik tarzda qayd etiladi
10 iyuldan boshlab Toshkentning bir nechta bozorlari yaqinidagi yoʻllar boʻylab toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari buzilishini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan foto- va videokameralar ish boshlaydi
“SMS-xabarnoma” xizmati qimmatlashadi
Bu haqda «Uzcard» toʻlov tizimi xabar berdi.
MUIC rezidentlariga – oʻz tasniflagichi
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» rezidentlari uchun maxsus Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi joriy etiladi
Majburiy tibbiy sugʻurta qanchaga tushadi
Sogʻliqni saqlash vazirligi QHTBT portalida «Majburiy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasini e’lon qildi, u 2021 yil 1 yanvardan kuchga kirishi kerak.
Norezident qarzini naqd valyutada soʻndirishi mumkin
Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi
QQSni hisobga olish va qaytarish mexanizmi qayta koʻrib chiqiladi
Prezident raisligida 5 iyul kuni birinchi yarim yillikda Davlat byudjetiga tushumlar natijadorligini tahlil qilish va energiya resurslariga tariflarning oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Mamlakatni boshqarish yuzasidan har kim oʻz fikrini bildirishi mumkin
Oʻzbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi.
Qoʻriqlash xizmati Milliy gvardiyaga oʻtkazildi
Vazirlar Mahkamasi 3.07.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 555-son qarorni qabul qildi.
Registratordagi video qayerga yuboriladi
YHQ buzilishi haqidagi videoni qabul qilish boʻyicha IIV sayti - dyhxx.ejarima.uz ish boshladi.
Davlat aktivlarini xarid qilish osonlashdi
Prezidentning 1.07.2019 yildagi PQ-4381-son qarori bilan davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni realizatsiya qilish tartib-taomili soddalashtirildi.
Baholash faoliyati yana litsenziyalanadi
Litsenziyalar cheklanmagan amal qilish muddati bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi
DUK: qachon yillik yigʻilish oʻtkaziladi va ajratmalar toʻlanadi
Davlat korxonalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritildi.
Kasaba uyushmalarining huquqlari koʻpayadi
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi.
YPX xodimlarida 2020 yilda videokameralar paydo boʻladi
Ilgarigi uskunani xarid qilish va foydalanishga topshirish muddatlari bajarilmadi
Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasiga 15 kishi qabul qilinadi
2019/2020 oʻquv yili uchun kvota Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyuldagi 557-son qarori bilan tasdiqlangan.
Shifokorlar elektron retsept rasmiylashtirishni boshlaydi
Bu “elektron sogʻliqni saqlash” tizimini yaratish doirasidagi navbatdagi qadam.
Ijtimoiy-mehnat masalalarini hal etish boʻyicha uch tomonlama komissiyalar tashkil etildi
Ularning tarkibida - davlat, ish beruvchilar va xodimlardan vakillar mavjud. Komissiyalarning vazifalari, funksiyalari va huquqlari nimadan iborat?
Retseptura dorilarining onlayn-savdosi uchun litsenziyadan mahrum qiladilar
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Ular uch oy oʻtgach amal qilishni boshlaydi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


