Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi alifboga oʻtishda banknot va tangalarni almashtirishga toʻgʻri kelmaydi Doimiy va vaqtinchalik farqlar: foyda soligʻiga ta’siri Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
13.04.18

Shtatdagi buxgalter yoki autsorsing: qaysi biri yaxshi

Buxgalteriya hisobini qanday tashkil qilgan ma’qulroq? Autsorsingga beribmi? Buxgalter yollabmi? Bu masalalar tadbirkorlar uchun boshqotirma misoli. Ekspert yordamida «tarafdor» va «qarshilar» fikrini solishtirib koʻrishni taklif etamiz

13.04.18

Davlat mukofotlariga doir taqdimnoma kiritishga kim haqli

«Davlat mukofotlari toʻgʻrisida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi (OʻRQ–473-son, 11.04.2018 y.)

13.04.18

SChR xizmati uchun toʻlangan mablagʻlar nimalarga sarflanadi

Vazirlar Mahkamasining 5.04.2018 yildagi 267-son qarori bilan fuqarolarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi (SChR) xizmati uchun toʻlagan mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni tashkillashtirishga tegishli Hukumatning ayrim qarorlariga tuzatishlar kiritildi

13.04.18

Fuqarolik-huquqiy shartnomani qanday toʻgʻri tuzish mumkin

Koʻpincha tadbirkorlar va mutaxassislar fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzish orqali mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishadi. Amaliyot shuni koʻrsatadiki, bunda ular murakkabliklarga duch kelishadi. Nimalarga e’tibor berish kerak? Batafsil – sharhimizda

12.04.18

2019 yildan boshlab kinoga elektron chiptalar sotiladi

Vazirlar Mahkamasining 6.04.2018 yildagi 272-son qarori bilan Aholiga kinovideo xizmati koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va 2018–2019 yillarda milliy kinoprokat tizimini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi

12.04.18

Yangi davlat xizmatlari jadal joriy qilinadi

Prezidentning 11.04.2018 yildagi «Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi.

12.04.18 NHH loyihalari
12.04.18

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylar qonuniylashtirilishi mumkin

QHTBT portalida joylashtirilgan loyihada yil oxirigacha oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish boʻyicha aksiya oʻtkazish taklif etilmoqda

12.04.18

42 ta litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomili bekor qilindi

Adliya vazirligi Telegram tarmogʻidagi kanalida Prezidentning «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilinganligi haqida xabar berdi

12.04.18

Davlat xaridlari: talablar va amalga oshirish tartibi belgilandi

9.04.2018 yildagi «Davlat xaridlari toʻgʻrisida»gi OʻRQ–472-son Qonun qabul qilindi

12.04.18

Toshkentdagi kvartiralarga pasport rasmiylashtiriladi

Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining xabar berishicha, 16.04.2018 yildan boshlab poytaxtdagi koʻp qavatli uylarda joylashgan kvartiralar egalariga kadastr yigʻmajildi va huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma oʻrniga kvartiraning kadastr pasporti berila boshlanadi

12.04.18

Tashqi sektor statistikasi – xalqaro qoidalar boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining 3.04.2018 yildagi 263-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

12.04.18

2018 yilda Oʻzbekiston 8 mln 235 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiradi

Vazirlar Mahkamasining 3.04.2018 yildagi «Sabzavot-polizchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklarining yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 258-son qarori e’lon qilindi

11.04.18

Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 6.04.2018 yildagi 276-son qarori bilan Markaz Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tashkil etilmoqda

11.04.18

Korporativ karta: nimalarga sarflanadi?

Aprel oyidan boshlab korporativ plastik kartalardan amalga oshirishga ruxsat etilgan toʻlovlar roʻyxati kengaytirildi. Mazkur vaziyatni soliq va buxgalteriya qonunchiligi masalalari boʻyicha maslahatchi Igor Aipkin sharhlab beradi

11.04.18

Gul doʻkoni foyda keltirishi uchun nima qilish kerak

Ushbu sharhda gul doʻkoni ochishning ayrim jihatlari haqida soʻz yuritiladi

11.04.18

«Mening fikrim» maxsus portali ishga tushiriladi

UZINFOCOM yagona integratori ishlab chiquvchilari tomonidan yaratilgan portal 20 apreldan test rejimida ishga tushiriladi

11.04.18

Valyuta omonati garovga berilganda toʻlanadigan kredit miqdori oshirildi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 2707-2, 3.04.2018 yil) bilan Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi

11.04.18

Ijodiy yoʻnalishlar boʻyicha kirish sinovlari topshirilmaydi

Vazirlar Mahkamasining 3.04.2018 yildagi 261-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

11.04.18

IIV akademik litseylari: diktant, jismoniy tayyorgarlik va suhbatdan oʻtkazish

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi (6.04.2018 yilda 2996-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

11.04.18

«Chaqiriqqacha harbiy ta’lim» yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy imtihon qanday oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga «Chaqiriqqacha harbiy ta’lim» yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (5.04.2018 yilda 2995-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi

11.04.18

Lombardlar va mikrokredit tashkilotlari MBga qanday moliyaviy hisobotlarni taqdim etadilar

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 2994, 5.04.2018 y.) bilan Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron ma’lumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

11.04.18

Litseyda imtiyozli ovqatlantirish: mexanizm tasdiqlandi

Oliy va oʻrta-maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining qarori bilan (roʻyxat raqami 2993, 5.04.2018 yil) Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

10.04.18

Davlat qaysi narxlarni tartibga soladi

Vazirlar Mahkamasining 30.03.2018 yildagi 249-son qarori bilan Tovar bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

10.04.18

Xususiy bolalar bogʻchalari 10 yilga barcha soliqlardan ozod etiladi

Prezidentning 5.04.2018 yildagi PQ–3651-son qarori bilan davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qator soliq imtiyozlari nazarda tutilgan

10.04.18

VS’Hni yarim yertoʻlalarda va sokol qavatlarda joylashtirish taqiqlandi

Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining qarori (6.04.2018 yilda 1737-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi

10.04.18

Eksportchiga yordam: zarur kontaktlar

Eksport bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga koʻmaklashish maqsadida turli mahsulotlarni eksport qilishda hujjatlarni tayyorlashning shartli sxemasi ishlab chiqildi

10.04.18

Onlayn-rejimdagi NKM qoʻllanila boshladi

Toshkentda onlayn-rejimda ishlaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalaniladigan, tadbirkorlar uchun pilot loyiha ishga tushirildi. Poytaxtimizda chakana savdo bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar loyihada ishtirok etishlari mumkin

10.04.18

Bepul reabilitatsiya tibbiy vositalari soni koʻpaydi

Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori (3.04.2018 yilda 2801-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.