Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi alifboga oʻtishda banknot va tangalarni almashtirishga toʻgʻri kelmaydi Doimiy va vaqtinchalik farqlar: foyda soligʻiga ta’siri Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
13.03.18

Bosh buxgalter attestatini olish uchun imtihon topshirish osonlashdi

Bir.uz administratori – «Norma» professional rivojlanish markazi bosh buxgalter malakasini tasdiqlash imtihonini ilgarigidek ikki kunda emas, balki bir kun ichida oʻtkazadi

13.03.18

2018 yil mart oyi uchun pensiya va nafaqa toʻlovlari toʻliq moliyalashtirildi

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2018 yil mart oyi uchun pensiya va nafaqalar boʻyicha toʻlovlarni moliyalashtirish hajmlari toʻgʻrisida xabar berdi

12.03.18 NHH loyihalari
12.03.18

Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar va kompyuter savodxonligi kurslari MUIC rezidenti boʻlishi mumkin

QHTBTda Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar loyihasi joylashtirildi

12.03.18

Yuriskonsultlarga martaba darajalari boshqa tuzilmalarning maxsus unvonlarini hisobga olgan holda beriladi

Adliya vazirining Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-3, 9.03.2018 y.) e’lon qilindi

12.03.18 NHH loyihalari
12.03.18

Har bitta iste’molchi bilan axlatni olib chiqib ketishga shartnoma tuzilmaydi

QHTBT portalida sanitariya tozalash tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirishga doir chora-tadbirlar belgilangan hukumat qarori loyihasi joylashtirilgan

12.03.18

1 apreldan mehnat migrantlariga temir yoʻl va aviachiptalarga 20 foizlik chegirma beriladi

Prezidentning 5.03.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqishda xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3584-son qarori e’lon qilindi

12.03.18

YaIDXPda yangi xizmat yoʻlga qoʻyildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Soliq qoʻmitasi tomonidan «Mol-mulk soligʻi kalkulyatori» interaktiv xizmati yoʻlga qoʻyildi

12.03.18

Rossiya va Qozogʻistonga qatnovchi avtobuslar qoʻyiladi, mehnat migrantlariga – $1000 gacha kredit beriladi

Prezidentning 5.03.2018 yildagi PQ–3584-son qarorida mehnat migrantlarini tashish sharoitlarini takomillashtirish va ularni xorijda ish bilan ta’minlashga doir shu va boshqa chora-tadbirlar nazarda tutilgan

12.03.18

Surxondaryodagi 3 ta oliy oʻquv yurti filiali 2017 yilda oʻqishga kira olmagan abituriyentlarni qabul qiladi

Vazirlar Mahkamasining 5.03.2018 yildagi 170, 171, 172-son qarorlari e’lon qilindi. Ularda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiallarini, shuningdek Termiz davlat universitetining Denov filialini tashkil etish nazarda tutilgan

09.03.18 NHH loyihalari
09.03.18

Apreldan boshlab xalqaro kartalardan naqd valyuta berilishi rejalashtirilmoqda

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Bank xizmatlaridan kengroq foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi joylashtirilgan. Uning jamoat muhokamasi mart oyining oxirigacha davom etadi

09.03.18

Namanganda 3 qavatli vokzal quriladi

Namangan shahrida 3 qavatli vokzal qurilishi olib borilmoqda, deb xabar beradi OʻzA. Mazkur loyiha “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ buyurtmasi asosida “Toshtemiryoʻlloyiha” MChJ tomonidan loyihalashtirildi

09.03.18 NHH loyihalari
09.03.18

Videokonferensaloqa orqali jinoyat ishlari doirasida soʻroq qilishga ruxsat beriladi

Qonunchilik palatasi «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda qabul qildi

09.03.18

Mehmonxonalar yangi standartlar boʻyicha ishlaydi

«Oʻzstandart» agentligi tomonidan O’zDSt 3296:2018 Davlat standarti tasdiqlandi

09.03.18

2025 yilga kelib Oʻzbekiston yiliga 63,3 ming tonna limon yetishtira boshlaydi

Prezidentning 6.03.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3586-son qarori e’lon qilindi

09.03.18

Lizing tashkilotlari va milliy avtotashuvchilarga imtiyozlar berildi

Prezidentning 6.03.2018 yildagi «Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3589-son qarori imzolandi

09.03.18

8 mart arafasida davlat mukofotlari berildi

Prezidentning 7.03.2018 yildagi “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi

09.03.18

Alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun yigʻim toʻlaydilar

Prezidentning 5.03.2018 yildagi PQ–3563-son «Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi

09.03.18

Nukusda oliy sport mahorati maktabi ochiladi

Vazirlar Mahkamasining 2.03.2018 yildagi 157-son “Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha Nukus oliy sport mahorati maktabini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

07.03.18

28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini oldi

Prezidentning 7.03.2018 yildagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlashga doir qarori e’lon qilindi

07.03.18 NHH loyihalari
07.03.18

Oʻzbekiston ikkita xalqaro shartnomani ratifikatsiya qiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari ma’qullandi

07.03.18

DSI tushuntiradi: oliy oʻquv yurtiga «superkontrakt» uchun toʻlanganda JShDS boʻyicha imtiyoz qanday qoʻllanadi

Yunusobod tuman DSI mutaxassisi Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtida, ya’ni qoʻshimcha qabul boʻyicha oʻqishga kirgan 26 yoshgacha boʻlgan farzandining ta’lim olishi uchun oshirilgan kontrakt pulini toʻlashga yoʻnaltiriladigan jismoniy shaxsning ish haqi va boshqa daromadlari summasiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JShDS)dan ozod qilish tarzidagi imtiyozni qoʻllash tartibini tushuntirib berdi

07.03.18 NHH loyihalari
07.03.18

18 aprel Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kuni boʻladi

Tegishli qonun loyihasi Parlamentning quyi palatasi deputatlari tomonidan 6 mart kuni oʻtkazilgan navbatdagi majlisda tasdiqlandi

07.03.18 NHH loyihalari
07.03.18

Deputatlar Soliq kodeksiga tuzatishlarni ma’qullashdi

6 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar qator qonun loyihalarini koʻrib chiqishdi. Ular orasida – Soliq kodeksining 356-moddasiga tuzatishlar loyihasi

06.03.18

IIO pensionerlari qanday pensiya oladilar

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi (1.03.2018 yilda 2977-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi

06.03.18

Jismoniy tarbiya va sport: sohadagi davlat qoʻmitasi vazirlikka aylandi, «Sport» EIZ tashkil etiladi

Prezidentning 5.03.2018 yildagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi

06.03.18

Shaxsiy sugʻurta. Bozordagi takliflar

Bugundan boshlab mahalliy sugʻurta kompaniyalari taqdim etayotgan sugʻurta turlari haqidagi turkum maqolalarni bera boshlaymiz. Ushbu maqolada norma.uz muxbiri shaxsiy sugʻurta masalalarini koʻtardi

06.03.18

Ishlovchi sport faxriylariga pensiya toʻliq toʻlanadi, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari yangi tartibga koʻra tayinlanadi

Bu Prezidentning 5.03.2018 yildagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida nazarda tutilgan

06.03.18

Paxta va boshoqli don ekinlarining xarid narxlari tasdiqlandi, ularni yetishtirishga kredit ajratiladigan boʻldi

Vazirlar Mahkamasining 29.02.2018 yildagi «Qishloq xoʻjaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 149-son qarori qabul qilindi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.