Paxta va boshoqli don ekinlarining xarid narxlari tasdiqlandi, ularni yetishtirishga kredit ajratiladigan boʻldi
Vazirlar Mahkamasining 29.02.2018 yildagi «Qishloq xoʻjaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 149-son qarori qabul qilindi
Azot va fosfor oʻgʻitlar uchun cheklangan chakana narxlar belgilandi
Tegishli raqamlar Vazirlar Mahkamasining 28.02.2018 yildagi 149-son qarorida keltirilgan
Poyezdlarga chiptalarni VISA kartasi orqali sotib olish mumkin
Yaqin kunlarda poyezd uchun chiptalarni VISA xalqaro toʻlov tizimi orqali sotib olish imkoniyati paydo boʻladi
Geologiya sohasi takomillashtiriladi
Prezidentning 1.03.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3578-son qarori e’lon qilindi
Dizel yonilgʻisi oʻrta hisobda 12%ga qimmatlashdi
Vazirlar Mahkamasining 28.02.2018 yildagi 149-son qarori bilan dizel yonilgʻisi va EKO dizel yonilgʻisining yagona chakana narxlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi
Muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlarining akkreditatsiyalash sohasidagi kichik korxonalar shtati – 100 kishigacha
Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga kiruvchi tashkilotlar tasniflagichiga kiritiladigan qoʻshimchalar loyihasi QHTBT portalida e’lon qilingan
Davlat xizmatlari yagona reyestri tasdiqlandi
Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarori (28.02.2018 yilda 2976-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Davlat xizmatlari yagona reyestri tasdiqlandi
Olimlar qoʻshimcha turar joy maydoni va qurilish uchun yer uchastkalari olishlari mumkin
QHTBT portalida «Fan toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi taqdim etilgan
Muallifga innovatsion mahsulot tatbiq etilishidan olingan foydaning 10%i beriladi
QHTBT portalida «Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi muhokama qilinmoqda
Mahalliy yoʻnalishlarda qatnovchi yoʻlovchi poyezdlarda 50%li chegirma
18-22 mart kunlari mahalliy yoʻnalishlarda qatnovchi yoʻlovchi poyezdlarda,shu jumladan, yuqori tezlikda harakatlanayotgan «Afrosiyob» poyezdlarida oilaviy, jamoa, talabalar, oʻquvchilar hamda pensionerlar uchun yoʻl chiptasining tarif qismidan 50%li chegirma joriy etildi
Oʻzingizni qiziqtirgan istalgan axborotni YHXB xodimlaridan oling
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtimiz aholisi uchun oʻzlarini qiziqtirgan istalgan axborotni YHXB xodimlaridan olish imkonini yaratdi. Bu haqda Bosh boshqarmaning rasmiy saytida ma’lum qilingan
Shaharlarda ijtimoiy dorixonalar – har 2–3 km oraligʻida
QHTBT portalida Ijtimoiy dorixonalar toʻgʻrisidagi nizom loyihasi e’lon qilindi
Soliq qonunchiligidagi barcha oʻzgarishlar – yangi veb-saytda
Mamlakatimizda yangi Soliq2018.uz davlat axborot portali ishga tushirildi. Ushbu resurs 2018 yilda soliq sohasidagi oʻzgarishlar bilan tanishtirishga ixtisoslashgan
Avtomototransport vositalarini tayyorlash va qayta jihozlash – faqat ruxsatnoma bilan
Vazirlar Mahkamasining 22.02.2018 yildagi 138-son qarori bilan Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Bolalar uchun bepul IT dasturlash maktabi
IT School dasturlash maktabi 12 dan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni bepul tahsil olishga taklif etadi. Maktab oʻquvchisiga aylanish uchun matematika fanini yaxshi bilish, tahliliy fikrlash va axborot texnologiyalariga qiziqish zarur
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga mineral oʻgʻitlar soting – 2% YaST toʻlaysiz
Prezidentning 28.02.2018 yildagi «Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Neyromarketing uslublaridan amaliyotda foydalanish yoʻllari
Ushbu sharhda - neyromarketing uslublarini amaliyotda qoʻllash xususida soʻz yuritiladi
Davlat statistika qoʻmitasi fevral oyida narxlar oʻzgarishini tahlil qildi
Fevral oyida tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 1,1%ga oshdi, shu jumladan oziq-ovqat tovarlari 1,1%ga, nooziq-ovqat tovarlari 1,3%ga va xizmatlar 0,7%ga oshdi, deb xabar beradi Davlat statistika qoʻmitasi
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Markaz musodara qilingan xorijdagi mol-mulkni boshqaradi
Prezidentning 27.02.2018 yildagi Xorijdagi davlat mulkidan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlariga doir PQ–3570-son qarori e’lon qilindi
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKdan Navroʻz tuhfasi
Navroʻz bayrami munosabati bilan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK ichki yoʻnalishlarga 30%dan 50%gacha chegirma e’lon qildi
Tadbirkorlar uchun soliq boshqarmasi eshiklari har chorshanbada ochiq
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi har haftaning chorshanba kuni “ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazmoqda
“Aqlli shahar” bilan yirik xalqaro IT-kompaniyalari shugʻullanadi
«Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida hozirda mamlakatimiz hududlarida qator loyihalar amaga oshirilmoqda. Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlaridagi «Xavfsiz turizm» loyihasi shular jumlasidan
Aktuariy boʻlib ishlash uchun ixtisosliklar roʻyxati kengaytirildi
Moliya vazirining buyrugʻi (27.02.2018 yilda 1725-2-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi
Maktabgacha ta’limda ish haqi oshiriladi, toʻlov miqdori kamaytiriladi
Prezidentning 28.02.2018 yildagi «Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3571-son qarori imzolandi
Hukumat Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqladi
Vazirlar Mahkamasining 23.02.2018 yildagi 140-son qarori bilan Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi, shuningdek uni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi
1.01.2019 yildan boshlab tabiiy vinolar ishlab chiqarishga litsenziyalar bekor qilinadi
Prezidentning 28.02.2018 yildagi «Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Poytaxt jamoat transportini subsidiyalash tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 22.02.2018 yildagi 136-son «Toshkent shahrining shahar tashish yoʻlovchi transporti tashkilotlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Markaziy bankda Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoyalash xizmati tashkil etiladi
Markaziy bankning Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash departamenti Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoyalash xizmati etib qayta tashkil etiladi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


