Maxsus komissiya ijobiy doping natijalarini hisobga oladi va koʻrib chiqadi
Vazirlar Mahkamasining 23.02.2018 yildagi 141-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
NNTlar oʻrtasida eng yaxshi sotsial loyiha tanlovi qanday oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 22.02.2018 yildagi 135-son qarori bilan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Oʻzbekiston-Tojikiston oʻtkazish punktlari faoliyati qayta tiklanadi
Vazirlar Mahkamasining 21.02.2018 yildagi 133-son qarorida tegishli chora-tadbirlar nazarda tutilgan
Foydalaning yoki samaraliroq ishlovchi mulkdorga soting
Prezidentning 19.02.2018 yildagi PQ–3541-son qarori bilan Prezidentning «Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga (23.02.2017 yildagi PQ-2796-son) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda
Surxondaryo viloyatida Xalqaro yoshlar oromgohi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 26.02.2018 yildagi 143-son «Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Xalqaro yoshlar oromgohini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Qator litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarni 1 apreldan bekor qilish rejalashtirilmoqda
QHTBT portalida Prezidentning Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlariga doir Farmoni loyihasi joylashtirildi
IIO xodimlarini mukofotlash va ularning maoshidan pul ushlab qolish mezonlari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 22.02.2018 yildagi 137-son qarori bilan Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Neyromarketing yoki xaridor miyasini qanday zabt etish mumkin
Marketologlar hattoki inson miyasida roʻy berayotgan tabiiy jarayonlarni aniqlash va ulardan marketing maqsadida foydalanishni oʻrganib olishdi. Aynan shu neyromarketing deb ataladi
Homiladorlik boʻyicha nafaqa muddatida toʻlanadi
Moliya vazirligi homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa toʻlash taomilini soddalashtirdi. Zarur hujjatlar roʻyxati qisqartirildi, axborot texnologiyalari joriy etildi
Tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditni qanday olish mumkin
Markaziy bank boshqaruvining qarori (22.02.2018 yilda 2975-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Aholi bandligini ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlardagi tekshiruvlar – tavakkalchilik tahlili asosida
Prezident Farmoni loyihasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilashga doir chora-tadbirlar taklif etilgan. Hujjat QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Haydovchilar malakasini oshirish bilan «Avtotest Report»dan tashqari boshqa tashkilotlar ham shugʻullanadi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinganligi xususida Adliya vazirligi oʻzining Telegramdagi messenjeridagi «Huquqiy axborot» rasmiy kanalida xabar beradi
Qanday qilib uy-joyni ipotekaga sotib olish mumkin
Ipoteka uy-joy muammosini hal etishning samarali dastagi hisoblanadi. Eng hamyonbop ipoteka Yaponiyada – yiliga oʻrta hisobda 0,72%, eng qimmatlaridan biri esa Argentinada – oʻrta hisobda 26,29%. Oʻzbekistonda qanday qilib ipotekaga uy-joy sotib olish mumkin? Sharhimizda shu haqda soʻz yuritamiz
Ilmiy xodimlarning maoshi 15%ga oshdi
Byudjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritildi
Navroʻzga tayyorgarlik boshlandi
Prezidentning 23.02.2018 yildagi «2018 yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Boʻsh ish oʻrinlari mintaqaviy yarmarkalari qanday oʻtkaziladi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2973-son, 21.02.2018 y.) bilan Kasb-hunar kollejlari bazasida boʻsh ish oʻrinlari va oʻz biznesini boshlashga koʻmaklashish yarmarkalarini oʻtkazish boʻyicha namunaviy reglament tasdiqlandi
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Adliya vazirining buyrugʻi (22.02.2018 yilda 2165-11-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Kadrlar ishi yuritilishini oʻrganamiz
5 martda «Norma» professional rivojlanish markazida oʻzbek tilidagi «Kadrlar ishini yuritish» oʻquv kursi oʻz ishini boshlaydi
Notarial harakatlar uchun barcha toʻlovlar – faqat «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali
Adliya vazirining buyrugʻi (AV tomonidan 22.02.2018 yilda 2090-17-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Xorijiy injiniring kompaniyalari tomonidan Oʻzbekistonda loyiha guruhlari tashkil qilinadi
Prezidentning 22.02.2018 yildagi «Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini hamda muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi qanday hujjatlarni tekshiradi
Prezidentning loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertiza qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlariga doir 20.02.2018 yildagi PQ–3350-son qarori e’lon qilindi
Oʻzbekistonda “aqlli qishloq”lar paydo boʻladi
2018 yilning uchinchi choragida mamlakatimizda “aqlli qishloq” (smart village) loyihasi pilot tarzda amalga oshirilishi mumkin
Poyezdlar qatnovi haqida Telegram-botdan bilib olish mumkin
«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ Telegram-botni yoʻlga qoʻydi
Poytaxtimizda Oʻzbekiston-Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish markazi tashkil etiladi
Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar beradi
Zakalat toʻgʻrisidagi notarial kelishuv tuzilayotganda – koʻchmas mulk va avtomobilga avtomatik tarzda taqiq qoʻyiladi
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (AV tomonidan 22.02.2018 yilda 2090-17-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Sayyohlar uchun qulay mobil SIM-kartalar
Sayyohlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan mobil SIM-kartalar aeroportlar, avtovokzallar va turistik nuqtai nazardan ommabop boʻlgan boshqa joylarda sotiladi
Soliq organlari bir haftada 1 202 ta fuqaroga jarima soldilar
Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy ma’lumotlariga koʻra, oʻtgan haftada 1439 ta huquqbuzarlik aniqlangan
Soliq navigatori–2018 endi «Qonun hujjatlari» AQTda
Koʻpchilik tashkilotlar yillik hisobotni topshirib boʻldi. Toʻs-toʻpolondan soʻng qisqa muddatli tanaffus boshlandi – bu joriy yil uchun soliq solishning yangi qoidalarini oʻrganishning ayni mavrididir. Bu yumushni ishdan ajralmagan holda, qolaversa kundalik faoliyatda bexato amalga oshirishda Soliq navigatori–2018 yordam beradi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


