Sud ishi: isbotlamadingmi – talab qilma!
Sud jarayonining barcha ishtirokchilari oʻz huquqiy pozitsiyalarini isbotlash zaruratiga duch kelishadi. Qoidaga koʻra, turli faktlarning jami isbotlanadi, bunda biri boshqasiga mudom ta’sir qiladi. Shunga oʻxshash vaziyatda domino ta’siri ishga tushadi: tarkibiy qismlardan birining isbotlanmaganligi keyingisiga, shuningdek umuman ishning natijasiga ta’sir koʻrsatadi. Sud amaliyotidagi bir holat haqida – bizning sharhimizda
YaSTga pasaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllash toʻgʻrisida ekspertlar maslahatlari
YaST hisob-kitobida pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllash korxonalar muayyan sharoitlarda foydalanishlari mumkin boʻlgan huquq hisoblanadi. Koʻp korxonalarda uni qoʻllashning qonuniyligi yuzasidan savollar yuzaga kelmoqda. Faoliyatni toʻxtatib turish, uning turini almashtirish va boshqa holatlar bunga sabab boʻladi. Koeffitsiyentni qoʻllash – “Javob beramiz!” Ma’lumot xizmati ekspert tavsiyalarining navbatdagi toʻplamida
IDXYaP orqali tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish mumkin
Yagona portalda Davlat bojxona qoʻmitasining yangi xizmati ishga tushirildi, u tufayli tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida bildirishnoma olish mumkin
Agar qarzdor bankrot boʻlsa nima qilish kerak?
Biz vujudga kelgan qarzdorlikni sudgacha hal qilishning ayrim usullarini, shuningdek sud orqali qarzlarni undirish tartibotini koʻrib chiqdik. Mavzu nihoyasida qarzdorda bankrotlik alomatlari aniqlanganda kreditor nima qilishi lozimligi xususida. Korxonalarni bankrot qilishdan ma’no bormi va u qanday sodir boʻladi? Bu tartibotning ayrim jihatlari haqida qisqacha – bizning sharhimizda
Xorijlik avtotashuvchining yangi yoʻnalishini IDXYaPda kelishib oling
Yagona portalda Davlat bojxona qoʻmitasining yangi xizmati ishga tushirildi, u yuridik shaxslarga xorijlik tashuvchilar avtotransport vositalarining yoʻnalishini oʻzgartirish uchun ruxsatnoma berilganligi haqida bildirishnoma olish imkonini beradi
Bojxona chegarasidan oʻtish haqida IDXYaP orqali xabar bering
Bunday imkoniyatni Davlat bojxona qoʻmitasi taqdim qiladi. Avtotransportda chegaradan oʻtayotgan jismoniy shaxslar bu haqda oldindan bojxona xizmati organlarini xabardor qilishlari mumkin
NHH loyihalari: Oʻzbekiston akkreditatsiya markazini tashkil qilish rejalashtirilmoqda
Yagona portalda Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
BYuDni oʻzgartirish, qayta rasmiylashtirish va qaytarib olish yangi tartibda amalga oshiriladi
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 10 mayda 2784-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Bank xabarlari: kartalar dizayni va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya
«Oriyent Finans» xususiy aksiyadorlik tijorat banki oʻz mijozlariga individual dizayndagi kartalarni taklif qilmoqda, «Turkiston» bank esa chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun bosh litsenziya olinganligi haqida e’lon qildi
NHH loyihalari: yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganda litsenziya qayta rasmiylashtiriladi
Yagona portalda Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qonun loyihasi muhokama qilinmoqda
Qarzni undirish oson ish emas
Biz kerakli biznes-hamkorlarni saqlab qolish, amaldagi sanksiyalar ostiga tushmaslik va shu bilan birga qonun doirasidan chiqmasdan paydo boʻlgan qarzdorlik yuzasidan nima qilish kerakligi haqida yozgandik. Biroq har doim ham shunday boʻlavermaydi hamda koʻp hollarda qarzdorlarni barcha qonuniy usullar bilan “silkitishga” toʻgʻri keladi. Mavzuning davomida - undirish boʻyicha qanday choralarni koʻrish mumkinligi va kreditorlar amaliyotda duch keladigan ehtimoliy muammolar xususida
Meva-sabzavot mahsulotlari xarid qiluvchilar uchun yangi statistika hisoboti
Davlat statistika qoʻmitasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 12 mayda 2728-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan 2016 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritildi
Yuk koʻtarish mashinalari soz holatda boʻlishi kerak
Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi bilan Yuk koʻtarish mashinalarining soz holatda saqlanishiga javobgar boʻlgan muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yoʻriqnoma tasdiqlandi
Oʻzbekistonda yana bitta universitet ochiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 maydagi Farmoni bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etildi
Turar joylar nazorati boʻyicha chora-tadbirlar joriy qilindi
25.04.2016 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-405-son Qonun bilan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va turar joyda tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazorat kuchaytirildi
NNT uchun sanksiyalar kamaytirildi
25.04.2016 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-405-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Bank sohasida ruxsat berish tartib-taomillariga tuzatishlar kiritildi
Vazirlar Mahkamasining 2.05.2016 yildagi 134-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi
NHH loyihalari: uchuvchisiz uchish qurilmasi uchun javobgarlik
Yagona portalda “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisida kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qonun loyihasi muhokama qilinmoqda
Tashkilotda jamoa shartnomasi hammaga zarur
Bugungi kunda Oʻzbekistondagi korxona, tashkilot va muassasalarda 37 ming 457 ta boshlangʻich kasaba uyushma tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda. Ular 6 mln. 200 ming nafardan ziyod kasaba uyushma a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qilib kelmoqda
Yarashuv instituti – insonparvarlik va erkinlik omilidir
Milliy matbuot markazida Oliy sud tomonidan "Yarashuv instituti - xalqimizga xos bagʻrikenglik va olijanoblik ifodasi" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi
Oʻquvchilarning ovqatlanishi jiddiy kuzatib boriladi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi 132-son “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan qator hujjatlar tasdiqlandi
NHH loyihalari: GMOli mahsulotlar roʻyxatdan oʻtkazilmaydi
Yagona portalda “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida” Qonunga tuzatishlar loyihasi muhokama qilinmoqda
NHH loyihalari: yengil avto uchun yoʻl varaqalarining yangi shakli joriy qilinadi
Yagona portalda yuridik shaxsning xizmat va navbatchi yengil avtomobili yoʻl varaqasini tayyorlash, hisobga olish va toʻldirish boʻyicha yoʻriqnoma loyihasi muhokama uchun ochildi
Akkreditatsiyalanadigan ta’lim muassasalarining roʻyxati kengaytirildi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi 136-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-son qarori bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Abitur.uz skretch-kartalari endi gazeta kioskalarida
Abitur.uz loyihasi (ilgari – “Mening shahrim. Ta’lim”) oliy oʻquv yurtlari, litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar uchun elektron testlar xarid qilish mumkin boʻlgan savdo shoxobchalari sonini oshirayotir
Pensiya jamgʻarmasi xatolari: qaysilariga yoʻl qoʻyiladi, qaysilariga esa yoʻq
Pensiya jamgʻarmasi qarorining qonuniyligini aniqlashda Pensiya jamgʻarmasi xodimlarining aynan qaysi xatolari pensiyadan qonuniy chegirmalarga, qaysilari esa faqat noqonuniy chegirmalarga olib kelishini tushunish zarur. Sharhimizda shu haqda batafsil soʻz yuritamiz
Maktabning metodik kengashi vazifalari nizomda mustahkamlandi
Xalq ta’limi vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 3 mayda 2781-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasasining metodik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi
Kasb-hunar kollejlarida imtihonlar tartibi oʻzgaradi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qoʻshma qarori bilan Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.



