Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
15.11.19

Qum-shagʻalni litsenziyasiz qazib olish mumkin

Daryolar oʻzanlari va qirgʻoqboʻyi mintaqalarida qum-shagʻal materiallarini qazib olish tartibi soddalashtirildi.

15.11.19

Yangi qonun: avval sinaladi – keyin joriy etiladi

«Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi. Qonun normalari ayrim tuman va shaharlarda dastlabki sinovdan oʻtkaziladi, keyin esa tuzatishlar kiritilishi mumkin va shundan keyingina ular kuchga kiradi.

14.11.19

Barterga taqiq qachon bekor qilinadi

Barter operatsiyalaridan butun dunyoda keng foydalaniladi. Biroq Oʻzbekistonda barter 1996 yildan boshlab mamlakat doirasida taqiqlangan, eksport va import qilishga ruxsat etilgan, yuqori likvidli tovarlar bundan mustasno.

14.11.19

Xorijiy investorlar kengashi tashkil etildi

U mamlakatimiz Prezidenti huzurida faoliyat koʻrsatadi. Davlat rahbari tegishli qarorni 13 noyabr kuni imzoladi.

13.11.19

Prokuraturada qoʻshimcha ta’tillarning yangi tizimi

“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi.

13.11.19

Markaziy bank toʻgʻrisida yangi qonun

«Markaziy bank toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi.

13.11.19

NHH loyihalarini kelishish tartibi oʻzgartiriladi

Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida «Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi qonun loyihasining yangi tahriri muhokama qilindi.

13.11.19

Elektromobillar uchun batareyalar, quyosh panellari, elektron hisoblagichlar va ID-kartalar

Hukumat tomonidan yaqin uch yilda mahalliy elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga oid asosiy loyihalar belgilandi.

12.11.19

Banklar va ularning boshqaruvchilariga jarimalar tizimi belgilandi

Yangi tahrirdagi «Banklar va banklar faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi.

12.11.19

Turkiya investorlari Oʻzbekiston startaplariga investitsiya kiritadilar

Oʻzbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari uyushmasi Venchur kapital kengashi delegatsiyasi bilan $2 mln miqdoridan kam boʻlmagan venchur jamgʻarmasini tuzish haqida kelishib oldi.

12.11.19

Foydalanilmayotgan ob’yektlar mulkdorlarini nima kutmoqda

DSQ foydalanilmayotgan ob’yektlarga nisbatan yangi soliq mexanizmlarini qoʻllash tartibi bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni tushuntirdi.

12.11.19

Davlat Qoraqalpogʻistonda chorvachilik loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi

2019-2020 yillarda ularga jami 125 mln AQSh dollari va 366,6 mlrd soʻm sarflanadi.

12.11.19

Toshkentda xususiy ta’lim tashkilotlari tarmogʻi tashkil etiladi

Toshkentda Buyuk Britaniyaning «Velocius Ltd» kompaniyasi ishtirokida «Tashkent education» nodavlat ta’lim tashkiloti tashkil etiladi.

12.11.19

Xalqaro huquqiy yordam, fitonazorat va metrologiya

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 29 oktyabr kuni oʻtkazilgan majlisda ushbu sohalarga taalluqli qonunlar loyihalari muhokama qilindi.

11.11.19

Ish beruvchilar yangi ish oʻrinlarini tashkil qilganligi uchun ragʻbatlantiriladi

2019 yil 7 noyabr kuni Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi tomonidan yangi tahrirdagi «Aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi yuzasidan fraksiyalararo muhokamasi oʻtkazildi.

11.11.19

Xususiy tibbiyot muassasalari uchun tugʻruqni qabul qilishga ruxsat berishdi

Prezident 8 noyabr kuni reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

08.11.19

1 yanvardan yagona bojxona toʻlovi joriy etiladi

2020 yilda jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib kirish tartibi oʻzgaradi.

08.11.19 NHH loyihalari
08.11.19

TIF qatnashchilaridan jarima undirish mexanizmi oʻzgarishi mumkin

QHTBT portalida rejalashtirilayotgan eksportyorlar va importyorlardan jarimalarni undirishning amaldagi tartibini oʻzgartirish muhokama qilinmoqda.

08.11.19

Kimni maktab imtihonlaridan ozod qilishadi

Oʻquvchilarni imtihonlardan ozod qilish huquqini beradigan kasalliklar roʻyxati kengaytirildi. Umumiy oʻrta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli qoʻshimchalar kiritildi.

08.11.19

Volontyorlarning huquq va majburiyatlari qonun bilan mustahkamlandi

6 noyabrda boʻlib oʻtgan majlisda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan «Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ma’qullandi.

08.11.19

Noshirlarni qanday oʻzgarishlar kutmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 6 noyabr kuni yangi tahrirdagi «Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

08.11.19

Lombard va mikrokredit tashkilotlari kassalariga qoʻyiladigan talablar soddalashtirildi

MB Boshqaruvining qarori bilan ular tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

07.11.19

Vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar qayta koʻrib chiqildi

Oʻzbekistonda vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksi va MJTKga tuzatishlar kiritildi.

07.11.19

2019 yil noyabr uchun QQS hisobotini qanday topshiramiz

«Norma» PRM 2019 yil 22 noyabr kuni «2019 yil noyabr uchun QQS hisobotini qanday topshiramiz» seminariga taklif qiladi.

07.11.19

Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi qanday faoliyat yuritadi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari deb e’tirof etish toʻgʻrisidagi arizalarni berish va ularni koʻrib chiqish qoidalari tasdiqlandi.

07.11.19

«Iqtisodiy erkinlik indeksi»: Oʻzbekistonning pozitsiyasi

Oʻzbekiston 2019 yilning 9 oyi yakunlariga koʻra «Iqtisodiy erkinlik indeksi»da «Soliq yuki» indikatori boʻyicha 23-pozitsiyani egalladi.

07.11.19

Isitishmayaptimi - Telegram’ga yozing

«Toshissiqquvvati» DUK foydalanuvchilar murojaatlari koʻrib chiqilishi ustidan nazorat qilish uchun rasmiy Telegram-botni yaratdi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.