2022 yil uchun "Fuqarolar uchun byudjet" e’lon qilindi
Ushbu nashr har yili keng jamoatchilikka taqdim etiladigan Davlat byudjeti boʻyicha nashrlardan biridir.
Yangi Oʻzbekiston: ma’muriy islohotlar
Ular davlat organlarining maqomi, shtat birliklari, ularning moddiy-texnik ta’minoti va boshqalarga daxl qiladi.
Abituriyentlarning maktabda olgan baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirishda hisobga olinadi
Maktab bitiruvchisining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning soʻnggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish ballariga qoʻshiladi.
Toshkent shahriga oʻtkazilgan yer maydonlarining infratuzilmasi rivojlantiriladi
Poytaxtga oʻtkazilgan tumanlarni kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi, unda sanoatni rivojlantirish va kommunal xizmat koʻrsatish sohasini yanada yaxshilash nazarda tutilgan.
Qoraqalpogʻistonga tibbiyot muassasalarining malakali mutaxassislari jalb qilinadi
Hududda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Sanatoriylarga yoʻllanmalar DXM yoki YaIDXP orqali beriladi
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan NHH loyihalari qanday tayyorlanadi
Ushbu hujjatlar NHHlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtiriladi hamda huquqiy va gender ekspertizadan oʻtkaziladi.
Koʻp kvartirali uylar yuqori tezlikda ishlaydigan internet tarmogʻiga ulanadi
2022-2024 yillarda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari hamda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllarini mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlash reja-jadvali tasdiqlandi.
Toshkent shahrida sugʻoriladigan yerlardan foydalanish maqbullashtiriladi
Aholi ishsizligini kamaytirish maqsadida ajratilayotgan yerlarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etilib, lizing asosida aholiga beriladi.
Korrupsiya toʻgʻrisida xabar qilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari himoyada boʻladi
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Soliq ma’muriyatchiligi va yoʻl harakati qoidalariga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi
Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida bir qator qonunlar muhokama qilindi.
"Ajdodlar izidan" harbiy-tarixiy jamiyati tashkil etiladi
Uning vazifasi - Oʻzbekiston hududida, shuningdek, uning chegaralari tashqarisida boʻlib oʻtgan harbiy-tarixiy ahamiyatga ega tarixiy hujjatlar va voqealar tavsif-bayonini toʻplash, Oʻzbekiston tarixida yuz bergan harbiy-tarixiy voqealar xaritasini tuzish va boshqalar.
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirildi
"Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 2 martdagi 116-son VMQga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Buxoroda yosh ijrochilarning "Shashmaqom" festivali oʻtkaziladi
Festival har ikki yilda bir marotaba may oyida tashkil etiladi, yakka ijrochilar 30 yoshgacha boʻlishi, ijodiy jamoalarda esa xonanda va sozandalar soni 15 nafardan oshmagan boʻlishi kerak.
Chirchiq shahrida qishloq xoʻjaligi mashinasozlik klasteri tashkil qilinadi
Klasterga «Toshkent qishloq xoʻjaligi texnika zavodi» AJ, «Agregat zavodi» AJ, «Texnolog» AJ, «Texnolog-Stan» MChJ, «Agrosanoatmashinvest» MChJ birlashtiriladi.
Genom boʻyicha roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi
U IIVning Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan majburiy yoki ixtiyoriy ravishda yuritiladi.
Orolboʻyida Kardiologiya markazi ochiladi
Uning vazifasi - hudud aholisiga, shu jumladan Orolbuyi mintaqasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida tugʻma yurak nuqsoni bilan tugʻilgan bolalarga yuqori texnologiyaga asoslangan malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish.
Toshkent viloyatida yangi teleradiokanal ishga tushiriladi
Toshkent viloyati teleradiokanali – “Nurafshon TV” tashkil etiladi. U kechayu kunduz efirga chiqadi.
Yuridik shaxslar transportni qisqa muddatli ijaraga olishlari mumkin
Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
"Gʻijduvon" EIZ hududi kengaytirildi
"Gʻijduvon" EIZ direksiyasiga Peshku tumani ««Jongeldi» MFYdagi va Qorovulbozor tumani «Boʻzachi» MFYdagi 100 gektardan boʻsh turgan yer uchastkalari oʻtkaziladi.
Paxta-toʻqimachilik klasterlari qanday tashkil etiladi
Ular Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi va yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxta xom ashyosining kamida 50%ini oʻzida qayta ishlash quvvati (eng kamida ip-kalava) mavjud boʻlgan talabgorga boshqalarga nisbatan ustunlik beriladi.
Elektron tijoratning Ochiq raqamli ekotizimi yaratiladi
2024 yil 1 yanvarga qadar ushbu tizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalari operatorlari uchun foyda soligʻi stavkasi 50%ga kamaytiriladi.
Sertifikatlash lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxati qisqartirildi
Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim boʻlgan muvofiqlikni baholash ob’yektlari roʻyxatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi oʻzgartirildi
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
Gʻalla yetishtirish va sotish bozor tamoyillari asosida amalga oshiriladi
Gʻalla yetishtiruvchi fermer va elita urugʻchilik xoʻjaliklari, gʻallachilik klasterlariga kredit mablagʻlaridan erkin foydalanish, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, YoMMlari va qishloq xoʻjaligi texnikalarini toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish huquqi beriladi.
Oliy Majlis Senatining XXI yalpi majlisi 18 noyabrda boʻlib oʻtadi
Unda “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun, “Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonunlar va boshqalar koʻrib chiqiladi.
Germaniya taraqqiyot banki Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlaydi
Germaniya taraqqiyot banki ishtirokida "Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash" loyihasining umumiy qiymati 29,8 mln yevro miqdorida belgilandi.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibini oʻzgartirish rejalashtirilmoqda
Moliya vazirligi tomonidan “Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyruq loyihasi ishlab chiqildi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


