Sudyalar va xalq maslahatchilarining yoshini oshirmoqchilar
QHTBT portalida «Sudlar toʻgʻrisida» va «Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida»gi qonunlarga tuzatishlar loyihasi e’lon qilindi
I chorakda sudlar tomonidan 147 nafar shaxs oqlandi va reabilitatsiya qilindi
Oliy sud matbuot xizmati jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning 2019 yil I choragi davomidagi faoliyati haqida axborot berdi
Statistika yanada shaffof boʻladi
Bu Prezidentning 2019 yil 9 apreldagi qarori bilan belgilangan
Oʻquvchilar muqobil darsliklardan foydalanib oʻqishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining 5.04.2019 yildagi 281-son qarorida umumta’lim maktablari uchun bunday darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish nazarda tutilgan
knigi.uz internet-doʻkoni taklif qiladi
knigi.uz internet-doʻkoni boshlovchi buxgalterlarga foydali boʻlgan kitoblarni taklif qiladi
Foyda soligʻi qanday hisoblanadi, toʻlanadi va u boʻyicha hisobot beriladi
«Norma» PRMda Nigora Madraimovaning 12 va 13 aprel kunlari oʻtkaziladigan «2019 yil uchun yangi tartibda foyda soligʻini hisoblash, hisobot topshirish va toʻlash tartibi» oʻquv kursiga qabul nihoyalanmoqda
Taksi uchun litsenziya: nimalarga e’tibor berish lozim
Xususiy tashish bilan shugʻullanuvchi yengil avtomobil egalari legallashtirilishi, soliqlarni toʻlashi, yoʻlovchilar xavfsizligi va ularga xizmat koʻrsatish sifati oshishi zarur. QHTBT portalida muhokama qilinayotgan Prezident qarori loyihasi ushbu maqsadlarga erishishga qaratilgan
Xususiy klinikalardagi psixiatrlar kabinetlari qanday jihozlanadi
«Psixiatriya» va «tibbiy buyumlar va uskunalar sterilizatsiyasi» ixtisoslik turlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tibbiy asbob-uskunalarga eng kam talablar tasdiqlandi
DXXda ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmati koʻrsatiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Investitsiya loyihalari 4 ta roʻyxatga boʻlinadi
Prezident raisligida 8 aprel kuni toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishi boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi
Qonunning yangi tahririda NHHning har bir turi aniqlashtiriladi
8 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha Komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Keskin chora qoʻllamang!
Yarim yildan buyon tashqi reklama huquqiy jihatdan tartibga solinmay kelayapti. Ilgari amal qilgan bozor regulyatorlari oʻz vakolatlarini tugatdi, yangilari esa shakllantirilmadi. norma.uz muxbiri reklama agentliklari bilan muloqot qilib, eshitganlarini umumlashtirdi
Kelin va kuyov – turar joy mulkdorining oila a’zolari
Uy-joy kodeksining 32-moddasi ikkinchi qismiga tegishli tuzatishlar kiritildi
Qaysi ob’yekt tugallanmagan deb hisoblanadi
Shaharsozlik kodeksida qurilish ob’yektini tugallanmagan deya e’tirof etish uchun muddatni hisoblab chiqarishning yangi tartibi belgilandi
Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish yanada osonlashadi
Prezidentning 5.04.2019 yildagi «Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–4270-son qarori imzolandi
Xususiy korxonalar masalasi yana koʻtarildi
Yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksi tayyorlana boshladi. Yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllarini maqbullashtirish, korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish, Kodeksga shartnomalarning yangi turlarini kiritish va h.k. rejalashtirilmoqda
Avtoshinalar importi: donasi uchun kamida 3$
Import bojxona bojlari stavkalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi
Yerdan 2 yil foydalanilmasa – olib qoʻyiladi
Qishloq xoʻjaligi sohasiga taalluqli boʻlmagan, foydalanilmayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni bekor qilish uchun asos hisoblanadigan muddat qisqartiriladi
Kengashga a’zo boʻlmaganlar tugatiladi
Yer kodeksi, «Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida» va «Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Eksportni rivojlantirish uchun bojxona tartib-taomillari soddalashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 4 aprel kuni 2019 yilning birinchi choragi yakunlari boʻyicha Davlat byudjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Agrar sektor vakillari texnika xarid qilishiga koʻmaklashadilar
Prezidentning 2019 yil 4 apreldagi qarori bilan agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan oʻz vaqtida ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar nazarda tutilgan
Kimda «xronometraj» oʻtkaziladi, soliqlar qanday hisoblab chiqiladi
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj koʻzdan kechirishdan oʻtkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Xalqaro obligatsiyalar: tushuncha va oʻziga xosliklar
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunga tuzatishlar kiritildi
«Ilgʻor hudud»: UKX sohasiga raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda
Jizzaxdagi toʻrtta uyda pilot loyihasi amalga oshirila boshladi
MTV huzuridagi ikkita muassasaning vazifalari va moliyalashtirish manbalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2.04.2019 yildagi 274-son qarorida shu haqda soʻz boradi
Koʻzdan kechirish hamda soʻrov oʻtkazish tadbiri qanday oʻtkaziladi
Shu haqda QHTBT portalida muhokamaga qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq solish ob’yektlari va soliq solish bilan bogʻliq ob’yektlar toʻgʻrisidagi axborotni aniqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori loyihasida batafsil ma’lumot berilgan
«Raqobat toʻgʻrisida» va «Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida»gi qonunlarni birlashtirmoqchilar
Monopoliyadan chiqarish qoʻmitasida yangi tahrirdagi «Raqobat toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilina boshladi
Mahallalar, sektorlar va Xalq qabulxonalari uzviy ravishda ishlaydi
Murojaatlar bilan ishlash, aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha hamkorlik qilish «mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla» prinsipi asosida amalga oshiriladi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


