Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
28.06.18

Deputatlar xususiy mulk huquqini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif etmoqdalar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga yoʻnaltirilgan bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi

28.06.18

«Boʻyin tovlovchilarga» qarshi kurash qanday kuchaytiriladi

Xronometraj, pasportlashtirish, reydlar, offshor zonalar bilan tuzilgan bitimlarni monitoring qilish, soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish uchun veb-portal va elektron tizimlar – davlat soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga qarshi qanday harakat qilishini koʻrib chiqamiz

28.06.18

Soliqchilar koʻproq olishadi, ularning ishi KPI boʻyicha baholanadi

1 avgustdan soliq organlari xodimlarining lavozim maoshi 1,7 baravarga oshiriladi. Yana ular nazorat tadbirlari natijasi boʻyicha undirilgan soliqlarning 10%iga qadar miqdorda mukofot oladilar. Soliqchilar ishining samaradorligi tasdiqlangan mezonlar (KPI) boʻyicha aniqlanadi

28.06.18

Soliq organlari biznes uchun ayrim soliqlarni oʻzlari hisoblaydilar

Prezidentning 26.06.2018 yildagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

27.06.18

Soliq islohotini joriy etishga shoshmaslik kerak

Davlatimiz rahbari boshchiligida oʻtkazilgan videoselektor majlisida Oʻzbekiston soliq tizimini isloh qilish masalalari muhokama etildi

27.06.18

Tijorat tashkilotlari diqqatiga: moliyaviy ahvol toʻgʻrisidagi statistika hisobotiga qoʻshimchalar kiritildi

Davstatqoʻmning qarori (23.06.2018 yilda 2956-3-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan uning yangi tahrirdagi shakli tasdiqlandi

27.06.18

Harbiy xizmatchilar farzandlarining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma 3 yil amal qiladi

Vazirlar Mahkamasining 22.06.2018 yildagi 462-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

27.06.18

STIRni YaIDXP orqali olish mumkin

Endi YaIDXPda «Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini berish toʻgʻrisida guvohnoma» shakllantirilishi mumkin

27.06.18

Alkogolni ishlab chiqarish va sotish – biznesni nimalar kutmoqda

Alkogol oborotida oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Mahsulotning kamida 10%ini eksport qilish majburiyatini yuklaydilar, ta’lim muassasalaridan kamida 100 metr narida boʻlgan barcha savdo shoxobchalarida alkogol sotishga ruxsat beradilar, soliq solishning yangi tartibi va mahsulotni hisobga olish tizimini joriy etadilar. Iqtisodiy sharhlovchi Jorilla Abdullayev ushbu choralar qanchalik samara berishini tahlildan oʻtkazdi

27.06.18

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga qabul - ijodiy imtihon asosida

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 iyundagi 466-son “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori e’lon qilindi

26.06.18

Kitoblarni vaqtida oldilar

«Norma» nashriyoti knigi.uz kitob internet-doʻkonining dastlabki mijozlari oʻz buyurtmalarini oldilar. Qoraqalpogʻistonlik Bauirjan Tuzekenov ham ular sirasiga kiradi. Shu munosabat bilan u muxbirimizning savollariga javob berdi

26.06.18

“Chiroyli” avtoraqamlarning narxlari tushdi

Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi

26.06.18

Fargʻona viloyatida vrachlarning kasbiy faoliyatini ekspert komissiyalari tekshiradi

Vazirlar Mahkamasining 18.06.2018 yildagi 456-son qarori bilan Tibbiyot tashkilotlari vrachlarining kasbiy faoliyatini oʻrganish tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlandi

26.06.18

Buxgalteriya tekshiruvni talab etadi

Tadbirkorlar moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilishidan xalos boʻldilar, bunday ta’til qanday yakunlanishi haqida koʻpchilik oʻylab ham koʻrmayapti. Muxbirimiz yetakchi ekspertlardan bu borada fikr bildirishlarini soʻradi

26.06.18

Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekistonga olib kiriladigan maishiy texnika va boshqa tovarlarning miqdoriy normalari cheklandi

Vazirlar Mahkamasining 22.06.2018 yildagi «Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni olib oʻtish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 463-son qarori qabul qilindi

26.06.18

Davlat mulkini qanday qilib onlayn sotib olish yoki ijaraga olish mumkin

Vazirlar Mahkamasining 16.06.2018 yildagi 454-son qarori bilan Davlat mulki ob’yektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

26.06.18

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini litsenziyalash tartibiga tuzatish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 12.06.2018 yildagi 443-son qarori bilan Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

26.06.18

IIVning yangi maktab-internatiga 80% harbiy xizmatchi xodimlarning farzandlari qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 19.06.2018 yildagi 459-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

26.06.18

Noqonuniy turar joylarni e’tirof etish ishlari boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 21.06.2018 yildagi oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini oʻtkazishga qaratilgan 461-son qarori qabul qilindi

25.06.18

LBMA qoshidagi Markazda ekspertizadan oʻtkazish arzonlashdi, XMI/XHMT loyihalari uchun – majburiy emas

Prezidentning 20.06.2018 yildagi «Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni jadal amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3794-son qarori e’lon qilindi

25.06.18

Shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish kuchaytiriladi

Tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish sohasida davlat-xususiy sheriklik joriy etiladi. Davolash-profilaktika muassasalari va operbloklar suv, gaz va elektr ta’minoti bilan uzluksiz asosda ta’minlanadi

25.06.18

Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha litsenziya 20 kunda rasmiylashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining 12.06.2018 yildagi 444-son qarori bilan Neft-gaz tarmogʻida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash chora-tadbirlari qabul qilindi

25.06.18

Madaniyat xodimlari va arxivlar xodimlarining mehnat haqi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 19.06.2018 yildagi 458-son qarori bilan Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, shuningdek arxivlar va uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun har oylik taqdirlash puli belgilanadigan xodimlar roʻyxati tasdiqlandi

25.06.18

TAQIning ayrim boʻlinmalari boshqa joyga koʻchiriladi

Prezidentning 20.06.2018 yildagi «Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish hamda Toshkent arxitektura-qurilish institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3789-son qaroridan shu kelib chiqadi

25.06.18

Qarzdorlik va chiqishga cheklovlar mavjudligini onlayn tekshirish mumkin

Majburiy ijro byurosi saytida ular yordamida qarzdorlik va chiqishga cheklovlar mavjudligini tekshirish mumkin boʻlgan interaktiv xizmatlar ishga tushirildi

25.06.18

Qarzdorlarning xatlangan mol-mulki qanday sotiladi

Ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni sotishning yangi tartibi tasdiqlandi (19.06.2018 yilda 3024-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan). Joriy etilayotgan asosiy oʻzgartirishlar va ilgari amal qilgan hujjatdan farqli jihatlari toʻgʻrisida sharhimizda soʻz yuritamiz

25.06.18

Ichki ishlar organlari: Jizzaxda oʻzgarishlar roʻy berdi

Vazirlar Mahkamasining 12.06.2018 yildagi “Jizzax viloyatida jamoat tartibini saqlashni, huquqbuzarliklar profilaktikasini va jinoyatchilikka qarshi kurashishni samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 450-son qarori qabul qilindi

25.06.18

Senatning 15-nchi yalpi majlisi 28 iyunda boʻlib oʻtadi

Yaqinda boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida Senatning 15-nchi yalpi majlisi 28 iyun kuni Toshkent shahrida chaqirilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.