XMT konvensiyalarini amalga oshirish muvofiqlashtiriladi
Buning uchun Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha Respublika idoralararo komissiya tuzildi
Turistik yigʻimlarning miqdorlari tasdiqlandi, turoperatorlarga talablar kuchaytirildi
Vazirlar Mahkamasining 29.05.2018 yildagi 398-son qarori bilan turistik yigʻimni undirish va turizm faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilovchi hujjatlarga tegishli qoʻshimchalar kiritildi
Onlayn notarius aksiyasi
6 iyun kuni Adliya vazirligi mutaxassislari kun davomida onlayn tarzda yoki elektron pochta orqali aholining notariat sohasida qiziqtirgan savollariga javob beradi
Xorijliklarni 1 oygacha vaqtinchalik propiska qilish – bepul, tungi avtobus qatnovlari va dronlarga ruxsat berildi
Vazirlar Mahkamasining 29.05.2018 yildagi 398-son qarori bilan xorijiy fuqarolar va turistlarning mamlakatimizda boʻlish rejimini soddalashtirish, shuningdek turizm salohiyatini rivojlantirishga doir shu va boshqa chora-tadbirlar tasdiqlandi
Jadval boʻyicha ta’til
Ish beruvchi tasdiqlangan jadvalga koʻra boshqa vaqtda olishi kerakligini vaj qilib, xodimga yillik ta’til berishni rad etishi mumkinmi? Bu savolga mehnat munosabatlari sohasidagi ekspert Abdusalom Risqullayev javob beradi
Oʻzbekistonda xavfsiz turizm: IIV va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi nimalarga javob beradi
Prezidentning 1.06.2018 yildagi PF–5454-son Farmonida Ichki ishlar vazirligi bilan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oʻrtasidagi mas’uliyat cheklandi
Gazetasiz ishlab boʻlmaydi…
«Nalogoviye i tamojenniye vesti» hamda «Norma» gazetalarining doimiy oʻquvchilari orasida kelasi yil ham gazeta olmoqchi boʻlganlar koʻp topiladi. Ushbu maqolada 2019 yil uchun ilk obuna boʻlganlarga soʻz berdik
100% pensiya oluvchi xodimlar: IIV akademlitseylari oʻqituvchilari roʻyxatga qoʻshildi
Prezidentning 1.06.2018 yildagi PF–5454-son Farmoni bilan Prezidentning 17.02.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–4960-son Farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Baholash faoliyati bilan shugʻullanish osonlashdi
Prezidentning 1.06.2018 yildagi PQ–3764-son qarori bilan baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilindi
Qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga biometrik pasport uyda rasmiylashtirib beriladi
Bu Prezidentning 1.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF–5454-son Farmonida nazarda tutilgan
2018 yil 1 iyundan nima oʻzgardi
Litsenziyalar soni ancha kamaydi; ayrim tashkilotlarga solinadigan soliqlar pasaytirildi; korporativ haydovchilar xususiy kurslarda malaka oshirishlari mumkin va 1 iyundan amal qila boshlagan yana 6 ta yangilik
Ikkinchi jahon urushi haqida kitob nashr etiladi
Prezident 31.05.2018 yildagi “Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga Oʻzbekiston xalqining qoʻshgan munosib hissasiga bagʻishlangan kitob-albomni nashr etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishni imzoladi
Ish haqi hisob-kitobi: xato qilmaslik uchun nima qilish kerak
Ish haqini hisoblashda qilingan xato nafaqat buxgalter uchun ancha noxushliklar va ovoragarchiliklarga sabab boʻladi. Hisob-kitoblardagi tasodifiy xatolar xatarini qanday kamaytirish mumkin? «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyasining mutaxassisi Vera Tyurina maslahat beradi
Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi institut yashash minimumi va iste’mol savatchasini hisoblab chiqadi
Prezident 29.05.2018 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarga doir PQ-3752-son qarorni imzoladi
Imtiyoz va preferensiyalar berish tartibi oʻzgardi
Endi imtiyozlar faqat qonunlar va davlatimiz rahbari hujjatlari bilan nazarda tutilishi mumkin. Ularning loyihalari LBMAga majburiy tartibda ekspertizaga kiritiladi. Bojxona imtiyozlari qoʻllangan holda import qilinishi mumkin boʻlgan tovarlar roʻyxati yangicha shakllantiriladi
Yangi tashkil etilgan Kasb-hunar ta’limi markazi nima bilan shugʻullanadi
Vazirlar Mahkamasining 25.05.2018 yildagi 391-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Dori necha pul turadi?
Toshkent dorixonalaridagi narxlar Moskvadagidan 20–30% qimmatligi rostmi? Portalimiz muxbiri shu savolga javob topishga urinib koʻrdi
Ish beruvchilar yuriskonsultlar haqidagi ma’lumotlarni yuboradigan organlar oʻzgardi
Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2861-1, 25.05.2018 y.) bilan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Tanlovda gʻolib boʻldingizmi – rahbarlik lavozimini egallang
Prezidentning 30.05.2018 yildagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Yukni brezentsiz tashiganlik va mashinani qurilish maydonchasidan yuvilmagan holda olib chiqqanlik uchun – 5 EKIH miqdorida jarima
Vazirlar Mahkamasining 29.05.2018 yildagi 395-son qarori bilan Avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga (VMning 1.08.2014 yildagi 213-son qaroriga ilova) qoʻshimchalar kiritildi
Tovarlarni elektron auksion orqali davlatga qanday sotish mumkin
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (roʻyxat raqami 3016, 26.05.2018 y.) koʻrib chiqishni davom ettiramiz. Hujjatda barcha turdagi davlat xaridlari batafsil tartibga solinadi. Ushbu sharhda boshlangʻich narxni tushirish boʻyicha elektron auksion ishini oʻrganamiz
Mamlakatimizdagi madaniy tadbirlar – yagona taqvimda
Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi 385-son qarori bilan Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Byudjet tashkilotlari boʻsh mablagʻlarini oʻzlari mustaqil banklarga joylashtirishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi 383-son qarori bilan byudjet tizimining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi
Mashina-traktor parklari eksperiment ishtirokchisiga aylanadi
Prezidentning 30.05.2018 yildagi «Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi OʻzA
Oʻz tovar, ish va xizmatlarini elektron doʻkon orqali davlatga qanday sotish mumkin
Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (26.05.2018 yilda 3016-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) tasdiqladi. Hujjatda barcha turdagi davlat xaridlari batafsil tartibga solingan. Ushbu sharhda elektron doʻkon ishiga batafsil toʻxtalib oʻtamiz
«SMS-xabarlash» xizmatini masofadan turib oʻchirish mumkin
«UZCARD» banklararo toʻlov tizimi «SMS-xabarlash xizmatini masofadan turib oʻchirish – STOP 1» yangi servisini joriy etdi
Har bir yurist advokat boʻla olmaydi
Oʻzbekistonda advokatura isloh qilina boshladi. U auditorlar, soliq maslahatchilari, patent boʻyicha vakolatli vakillar va konsalting tashkilotlariga ham daxl qilishi mumkin. Zero ushbu kasblar ham yuridik yordam bilan bogʻliq. Advokat Ilhom Azizov mavjud muammolar va yechimlar haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi
Tadbirkorlar 2 yilda 96,8 mlrd soʻmga 49 ta kinoteatr quradilar
Bu Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi «2018–2019 yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmogʻini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 372-son qarorida nazarda tutilgan
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


