NNT uchun «yashil chiroq»
Prezidentning 4.05.2018 yildagi «Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi
Nikoh va oila: qonun hujjatlari samaralimi
Oʻzbekiston Oila kodeksi turmushda mustaqil er-xotinning tengligiga va ular hayotida boshqa qarindoshlarning ahamiyati kamligiga asoslangan zamonaviy oila modeliga qurilgan. Bunday qonunchilik Oʻzbekistondagi oilaviy turmushni samarali tartibga sola oladimi – sharhimizda shu haqda soʻz yuritamiz
Charm-poyabzal sohasi: imtiyozlar va mahsulotni olib chiqish xususiyatlari
Prezidentning 3.05.2018 yildagi «Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Oʻzagrotexsanoatxolding poytaxtda doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin
Mazkur aksiyadorlik jamiyati Rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritildi
Rahbarlarning qanday “onlayn yordamchilari” bor?
Ushbu sharhda rahbarlarning ishini yengillashtiruvchi qator onlayn servislar haqida soʻz boradi
Xalq ijodiyotini rivojlantirish boʻyicha «yoʻl xaritasi» qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining 26.04.2018 yildagi 304-son qarori bilan Baxshichilik va dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish boʻyicha 2018–2022 yillarga moʻljallangan «yoʻl xaritasi» tasdiqlandi
Mamlakatning ichki chegaralari qayta koʻrib chiqiladi
Vazirlar Mahkamasining 23.04.2018 yildagi «Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 299-son qarori qabul qilindi
Xorijiy investorlar bilan shartnomani qanday tuzgan ma’qul
Norezidentlar ishtirokidagi kelishuvlarda ikkiyoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik uchun xalqaro bitimlar normalarini toʻgʻri qoʻllash kerak. Bu borada «UNITED TAX ADVISORS» soliq maslahatchilari tashkilotining direktori oʻrinbosari Murot Qodirov bir nechta tavsiyalarni beradi
Davlat ekologiya qoʻmitasi Global ekologiya fondi bilan hamkorlik qiladi
Vazirlar Mahkamasining 26.04.2018 yildagi 307-son qarori bilan mazkur idora Global ekologiya fondi (GEF) bilan hamkorlik doirasida siyosiy va operatsion masalalar boʻyicha milliy vakolatli organ etib belgilandi
Plastik kartadagi pulni qanday himoyalash mumkin
YaUPM tuzilmasida Xavfsizlik va xatarlar boshqarmasi tashkil etilmoqda. Boshqarma plastik kartalardagi pul mablagʻlaridan noqonuniy foydalanishdan himoyani ta’minlaydi
Nanotexnologiyalarni rivojlantirish bilan maxsus Markaz shugʻullanadi
Vazirlar Mahkamasining 27.04.2018 yildagi 311-son qarori bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etilmoqda
Muqobil energiyaga $1,3 mlrd investitsiya qilinadi
Prezidentning 28.04.2018 yildagi PQ–3687-son qarori bilan qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari qabul qilindi
Narxlar va tariflar aprelda oʻrtacha 0,9%ga oshdi
Davstatqoʻm joriy yil aprelidagi inflyatsiyani hisobladi. Tovarlar 0,4%ga, xizmatlar 2,7%ga qimmatlashdi
Bojxona sohasini isloh qilishda manfaatlar muvozanati muhim oʻrin tutadi
Oʻzbekiston Bojxona brokerlari uyushmasi bojxona tartiboti sohasidagi boʻlajak oʻzgartirishlarni muhokama qildi
XMHSning Konseptual asoslari yangilandi
29 martda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari boʻyicha Kengash (Kengash) qayta koʻrib chiqilgan Moliyaviy hisobotning konseptual asoslari (Konseptual asoslar) – XMHS boʻyicha moliyaviy hisobot konsepsiyalarining keng qamrovli toʻplamini chiqardi
Majburiy rezervlar normativlari oʻzgartirildi
2018 yil 1 iyundan tijorat banklari Markaziy bankda deponentlaydigan majburiy rezervlarning yangi normativlari joriy etilmoqda
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmaganlar – reabilitatsiya markaziga
Vazirlar Mahkamasining 26.04.2018 yildagi «Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 309-son qarori e’lon qilindi
Pensiya yoshini oshirish: tarafdor va qarshilar
Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasida Oʻzbekistonda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirib, uni jahondagi oʻrtacha darajaga yetkazish taklif etilmoqda. Uning mualliflari buning uchun qanday asos keltirmoqdalar?
Surishtiruvchilar, tergovchilar, prokurorlar ustidan sudga shikoyat qilishga ruxsat berishlari mumkin
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish konsepsiyasi loyihasiga jinoyat ishlarini koʻrishda sud nazoratini kengaytirish toʻgʻrisida taklif kiritildi
Boshoqli don ekinlari va gʻoʻza urugʻlari eksporti – ruxsatnoma boʻyicha
Prezidentning 27.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida urugʻchilik tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Innovatsiyalar yarmarkalar va xalqaro forumlarda ilgari suriladi
Prezidentning 27.04.2018 yildagi «Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3682-son qarori qabul qilindi
Boshlovchilar uchun buxgalteriya kurslari
17 may kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Buxgalteriya hisobiga kirish» kursi ish boshlaydi. Kurs buxgalteriya hisobini oʻrganishni endigina boshlaganlar uchun moʻljallangan
Iste’molchilar huquqlarini buzganlik uchun banklarga jarima solishni taklif etmoqdalar
QHTBT portalida Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qoʻllaniladigan chora va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan qoʻshimchalar muhokama qilinmoqda
Yuridik shaxslarni jinoiy tartibda jazolash koʻzlanmoqda
Ushbu chora jamoat muhokamasiga chiqarilgan Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi loyihasida nazarda tutilgan
Qurilish doʻkonini qanday ochish mumkin?
Garchi hozir qurilish ishlari va xizmatlarini toʻliq oʻz zimmasiga oladigan xususiy korxonalar koʻplab topilsada, aksariyat ta’mirlash va qurilish ishlarini kishi oʻzi mustaqil amalga oshirishni afzal biladi. Shu tufayli qurilish materiallariga talab har doim katta
Ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy fikrlar va antireklama bilan kurashish uslublari
Ter toʻkib, mehnat qilasan, kattami-kichikmi – oʻz biznesingni barpo etasan. Birdan qalbingning bir qismi, jigarbandingdek boʻlib qolgan ishingning boshiga ijtimoiy tarmoqlar yoki sayt foydalanuvchilarining salbiy fikrlari yomgʻirdek yogʻila boshlaydi
Toshkentda «JobFair» boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi oʻtkaziladi
4 may kuni «Oʻzekspomarkaz» MKMda «JobFair 2018» 11-nchi yillik boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻlib oʻtadi. 500 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari tashrif buyurganlar e’tiboriga taqdim etiladi
Xorazm viloyatida yana ikkita KSZ tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 26.04.2018 yildagi 308-son qarori bilan Xorazm viloyatida qoʻshimcha ravishda yana ikkita kichik sanoat zonasi tashkil etildi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


