Korporativ karta: nimalarga sarflanadi?
Aprel oyidan boshlab korporativ plastik kartalardan amalga oshirishga ruxsat etilgan toʻlovlar roʻyxati kengaytirildi. Mazkur vaziyatni soliq va buxgalteriya qonunchiligi masalalari boʻyicha maslahatchi Igor Aipkin sharhlab beradi
Gul doʻkoni foyda keltirishi uchun nima qilish kerak
Ushbu sharhda gul doʻkoni ochishning ayrim jihatlari haqida soʻz yuritiladi
«Mening fikrim» maxsus portali ishga tushiriladi
UZINFOCOM yagona integratori ishlab chiquvchilari tomonidan yaratilgan portal 20 apreldan test rejimida ishga tushiriladi
Valyuta omonati garovga berilganda toʻlanadigan kredit miqdori oshirildi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 2707-2, 3.04.2018 yil) bilan Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi
Ijodiy yoʻnalishlar boʻyicha kirish sinovlari topshirilmaydi
Vazirlar Mahkamasining 3.04.2018 yildagi 261-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
IIV akademik litseylari: diktant, jismoniy tayyorgarlik va suhbatdan oʻtkazish
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi (6.04.2018 yilda 2996-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
«Chaqiriqqacha harbiy ta’lim» yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy imtihon qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga «Chaqiriqqacha harbiy ta’lim» yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (5.04.2018 yilda 2995-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi
Lombardlar va mikrokredit tashkilotlari MBga qanday moliyaviy hisobotlarni taqdim etadilar
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 2994, 5.04.2018 y.) bilan Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron ma’lumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Litseyda imtiyozli ovqatlantirish: mexanizm tasdiqlandi
Oliy va oʻrta-maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining qarori bilan (roʻyxat raqami 2993, 5.04.2018 yil) Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Davlat qaysi narxlarni tartibga soladi
Vazirlar Mahkamasining 30.03.2018 yildagi 249-son qarori bilan Tovar bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Xususiy bolalar bogʻchalari 10 yilga barcha soliqlardan ozod etiladi
Prezidentning 5.04.2018 yildagi PQ–3651-son qarori bilan davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qator soliq imtiyozlari nazarda tutilgan
VS’Hni yarim yertoʻlalarda va sokol qavatlarda joylashtirish taqiqlandi
Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining qarori (6.04.2018 yilda 1737-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi
Eksportchiga yordam: zarur kontaktlar
Eksport bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga koʻmaklashish maqsadida turli mahsulotlarni eksport qilishda hujjatlarni tayyorlashning shartli sxemasi ishlab chiqildi
Onlayn-rejimdagi NKM qoʻllanila boshladi
Toshkentda onlayn-rejimda ishlaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalaniladigan, tadbirkorlar uchun pilot loyiha ishga tushirildi. Poytaxtimizda chakana savdo bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar loyihada ishtirok etishlari mumkin
Bepul reabilitatsiya tibbiy vositalari soni koʻpaydi
Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori (3.04.2018 yilda 2801-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi
Yurtimizda “Tezkor pochta” xizmati koʻrsatiladi
Respublikamiz pochta bozori kon’yunkturasini oʻrganib chiqqan holda hamda mijozlardan tushayotgan talablarni inobatga olib “Oʻzbekiston pochtasi” AJ “Tezkor pochta” yangi xizmat turini joriy qildi
Boshqa dalillarsiz koʻrsatuvlar maqbul emas deb topiladi
4.04.2018 yildagi OʻRQ–470-son Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksda (JPK) dalillarning maqbul emasligini huquqiy tartibga solishga yangicha yondashuv joriy etildi
Oliy ta’lim muassasalari litseylarga asbob-uskunalar, kompyuterlar va darsliklar sotib olishda yordam beradi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligining qarori (5.04.2018 yilda 2992-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Xususiy bolalar bogʻchasi ochish: imkoniyatlar qanday
Prezident tomonidan 5.04.2018 yildagi PQ–3651-son maktabgacha ta’lim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlariga doir qaror qabul qilindi
Toshkent viloyatida baliq ishlab chiqarish boʻyicha EIZ tashkil etildi
Prezidentning 6.04.2018 yildagi «Baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3657-son qarori qabul qilindi
Qiynoqqa solishda qatnashganlik uchun – 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
4.04.2018 yildagi OʻRQ–470-son Qonun bilan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
IIV Akademiyasiga nomzodlarni tanlash metodikalari tasdiqlandi
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi (29.03.2018 yilda 2987-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha metodikalar tasdiqlandi
Ishlab chiqarishning energiya jihatdan samaradorligi xulosa bilan tasdiqlanadi
Qoʻllaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatdan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi, shuningdek yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Sovuq suvni uzish jadvali e’lon qilindi
Toshkentda 9 apreldan 15 maygacha sovuq suvni uzish rejalashtirilmoqda. Suv uzilgan joylarga suv tashish avtomashinalari yuboriladi
Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashmi yoki arifmetik xato?
Soliq xizmati inspektori buxgalteriya hisob-kitoblarida arifmetik xato topdi. Boshini chayqab: «Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlamoqchi boʻlganingiz koʻrinib turibdi», – dedi. Endi nima boʻladi? Bu savolga iqtisodiy ishlarni va iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlarni yuritishga ixtisoslashgan advokat Eleonora Mazurova javob beradi
Prezident devonida Islohotlarning huquqiy ta’minoti va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati tashkil etildi
Xizmat Prezident devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati negizida tashkil etilmoqda. Bu Prezidentning 3.04.2018 yildagi Amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy kuzatuvi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlariga doir PF-5395-son Farmonida nazarda tutilgan
DXX qonun asosida faoliyat yuritadi
«Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida»gi qonun qabul qilindi
Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun soliq ta’tillarini berish tartibiga aniqlik kiritildi
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va DSQning qarori (5.04.2018 yilda 1502-3-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq toʻlovini toʻlash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


