Mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini Hukumat ta’minlaydi
«Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining elektron reyestri va «Ijtimoiy himoya» IAT joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 15.03.2018 yildagi 203-son qarori bilan Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi
QQS tez qaytariladigan boʻldi
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (17.03.2018 yilda 2775-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
IIV litseylariga oʻqishga kirayotganlar toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi
Ichki ishlar va sogʻliqni saqlash vazirliklari, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi qarori (15.03.2018 yilda 2982-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish holatlari kameralar orqali qayd etiladi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar loyihasi muhokama qilish uchun QHTBT portalida e’lon qilingan
Chiqindilar bilan ishlovchi korxonalarga – keng miqyosli imtiyozlar
Prezidentning 11.04.2005 yildagi «Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF–3594-son Farmoniga tegishli tuzatishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Loyiha QHTBT portalida joylashtirilgan
2018 yil 29 martdagi yalpi majlisda Senat 8 ta qonunni koʻrib chiqadi
Oliy Majlis Senati Kengashi parlament Yuqori palatasining oʻn toʻrtinchi yalpi majlisini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi
Markaziy bank yangi namunadagi tangalarni chiqaradi
Oliy Majlis Senati Kengashi Markaziy bankning yangi tangalar chiqarish toʻgʻrisidagi taklifini, shuningdek ularning namunalari va dizaynini ma’qulladi
Mamlakatimizning har bir mintaqasida futbol akademiyalari ochiladi
Prezidentning 16.03.2018 yildagi «Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
«Qalbaki» asal uchun – EKIHning 15 baravarigacha jarima
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yangi modda kiritish taklif etilmoqda, unda asal va asal mahsulotlarini qalbakilashtirganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi
Tabiiy gaz 10%ga qimmatlashadi
«Oʻztransgaz» kompaniyasi 1 apreldan aholiga uzatiladigan tabiiy gazga tariflar oshirilishi haqida xabar berdi. Moliya vazirligi narxlarning yangi reyestrini 16 martda tasdiqladi
CCP elektron a’zolik guvohnomalarini joriy etdi
Savdo-sanoat palatasi oʻz a’zolari uchun elektron guvohnoma berish tizimi joriy etilganini ma’lum qildi
Cud protsesslari xavfsizligi qanday ta’minlanadi
Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (15.03.2018 yilda 2981-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi
1 maydan boshlab xususiy klinikalarga ayrim ruhiy kasalliklarni davolashga ruxsat beriladi
Prezidentning 16.03.2018 yildagi «Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Ekstraksion paxta moyi faqat «Oʻzpaxtayogʻ» AJ korxonalariga sotiladi
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining qarori (14.03.2018 yilda 2979-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Sanoatda qayta ishlash uchun moʻljallangan ekstraksion paxta moyini birja savdolari orqali faqat «Oʻzpaxtayogʻ» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalariga sotilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani 1 aprelgacha topshiring
Davlat soliq qoʻmitasi jismoniy shaxslar – ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirishlari shartligini eslatib oʻtadi
Toshkent viloyatida bogʻcha qurish uchun ob’yektlar tanlov savdolariga qoʻyildi
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi bolalar bogʻchasi tashkil etish sharti bilan viloyatdagi bir qancha ob’yektlarni tanlov savdolariga qoʻydi
Sayyor kassalar pensiya va nafaqalarni qanday toʻlaydilar
Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining qarori (14.03.2018 yilda 2980-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisida yoʻriqnoma tasdiqlandi
Toʻy-hashamlarni tashkil etuvchi tadbirkorlarning ish reglamenti tasdiqlanadi
QHTBT portalida Oliy Majlis Senatining «Toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi joylashtirildi
Maslahatchilar yordam beradi
Resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, sotish bozorlarini kengaytirish – milliy biznes oldida ana shunday maqsadlar turibdi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan amalga oshirilayotgan «Kichik biznes uchun maslahatlar» dasturi ularga erishishda yordam bera oladi
Kompaniya yoki mahsulotga nom qanday tanlanadi?
Firmaga nom tanlash farzandga ism qoʻyishdek gap. Mas’uliyat bilan yondashmasa boʻlmaydi. Chunki u korxonaning yuzi hisoblanadi, tovar va xizmatlarning xaridorgirligini oshirishda xizmati katta
Elektr energiyasi 12%ga qimmatlashdi
«Oʻzbekenergo» AJ 1 apreldan boshlab elektr energiyasining tariflari oshganligi haqida ma’lum qildi. Tariflarning yangilangan reyestri Moliya vazirligi tomonidan 2018 yil 14 martda tasdiqlangan
Qorakoʻl ishlab chiqaruvchilarining yagona yer soligʻi stavkalari 2023 yilgacha «muzlatib qoʻyildi»
Prezidentning 14.03.2018 yildagi «Qorakoʻlchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Yirik korxonalar foydasining 10%i – innovatsiyalarga
Vazirlar Mahkamasining 12.03.2018 yildagi 195-son qarori bilan Xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalaridagi Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi
MXX Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etildi
Prezidentning 14.03.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5379-son Farmoni imzolandi
Eksportda naqd valyutani qabul qilishga ruxsat berildi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 1165-7, 14.03.2018 y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Statistika hisobotining yangi shakllari: investitsiyalar va madaniy meros boʻyicha
Davlat statistika qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 2956-1, 12.03.2018 y.) bilan 2018 yil uchun statistika hisoboti shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Nogironligi boʻlgan shaxslarning reabilitatsiyasi bilan maxsus jamgʻarma shugʻullanadi
Vazirlar Mahkamasining 9.03.2018 yildagi 190-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


