Kartoshka importi QQSdan ozod etildi
Prezidentning 20.02.2018 yildagi PF–5354-son Farmoni bilan 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarning ayrim turlari roʻyxati toʻldirildi
Paxtani eksportga sotish – «Oʻzpaxtasanoat» AJ orqali
Vazirlar Mahkamasining 12.02.2018 yildagi 106-son qarori bilan Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Internet orqali eksport – kontrakt va bank vositachilik haqisiz
Prezidentning 19.02.2018 yildagi Farmoni 2018 yilning 1 iyunidan tovarlarni Internet orqali eksport qilish va elektron tijoratni amalga oshirishda yangi qoidalar kiritilishini nazarda tutadi
Paxta qay tartibda sertifikatlanadi va tortib koʻriladi
Vazirlar Mahkamasining 12.02.2018 yildagi 106-son qarori bilan Paxta tolasini sertifikatlash va ogʻirligini tortib koʻrish toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Internetda kompaniyangiz haqida nimalar yozishayotganini qanday bilsa boʻladi?
Bu haqda mazkur sharhda soʻz yuritiladi
Davlat organlarining IT-boʻlinmalari rahbarlari va xodimlari har 3 yilda attestatsiyadan oʻtadilar
Prezidentning 19.02.2018 yildagi «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi
TATUda oʻqitishning kredit tizimi joriy etiladi
Bu Prezidentning 19.02.2018 yildagi «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida nazarda tutilgan
Davlat tijorat sektoridagi ishtirokini kamaytiradi
QHTBT portalida Prezidentning tijorat tashkilotlarida davlat ulushini kamaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi
Tibbiy texnika qanday qiyoslanadi va sinaladi
Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 112-son qarori bilan oʻlchash funksiyalariga ega tibbiy texnikaning metrologik nazoratini (qiyoslash), shuningdek tibbiy texnikani davriy sinovlardan oʻtkazish tartibi belgilandi
Prezident Virtual qabulxonasida yangi modul ishga tushirildi
Prezident Virtual qabulxonasida «Onlayn maslahatchi» moduli test rejimida ishga tushirildi, deya xabar beradi OʻzA
Ayrim notarial xizmatlar haqi oshadi
Ushbu sharhda Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga oʻzgartirishlarni yoritishda davom etamiz
Eski masjidlar 2 yil ichida ta’mirdan chiqariladi
Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 120-son «Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Bosh prokuraturada yangi boshqarmalar tashkil etildi
Prezidentning 15.02.2018 yildagi PF-5343-son Farmoni bilan Bosh prokuratura va boshqa idoralar tashkiliy tuzilmasida oʻzgarishlar nazarda tutilgan
Koʻchmas mulk va avtoga doir bitimlarni 1 martdan rasmiylashtirgan foydaliroq boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 123-son qarori bilan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji stavkalari oʻzgartirildi. Mazkur sharhda koʻchmas mulk va avtotransport vositalariga doir bitimlarni, shuningdek tegishli ishonchnomalarni notarial rasmiylashtirganlik uchun yangi stavkalar keltirilgan
Apostil qoʻyish – EKIHning 10%i
Vazirlar Mahkamasining 17.02.2018 yildagi 126-son qarori bilan Apostil qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish kiritildi
Paxtani sotish va uning uchun hisob-kitob qilishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 12.02.2018 yildagi «Oʻzpaxtasanoat» AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 106-son qarori e’lon qilindi
Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish qiymati qanday hisoblanadi
Moliya vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 2263-2, 2018 yil 15 fevral) bilan Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi ("oltin aksiya") boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Paxta ichki bozorda qanday sotiladi
Vazirlar Mahkamasining 12.02.2018 yildagi 106-son qarori bilan Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Kotirovkalar va auksionning boshlanishi toʻgʻrisida SMS vositasida xabar beriladi
“OʻzRTXB” AJ va Play-mobile SMS-xabarlashning yangi xizmatlarini joriy etdi. Ular “chiroyli” avtoraqamlar savdosi boʻyicha onlayn-auksionlar ishtirokchilari va birja savdolarida mineral oʻgʻitlarni xarid qilishga mas’ul boʻlgan fermer xoʻjaliklarining vakillari uchun moʻljallangan
Takroriy «dekretda» qancha toʻlanadi
Ayrim mutaxassislarning fikricha: ayol bolani parvarishlash ta’tili paytida yoxud u tugagandan keyin koʻp oʻtmay (1 yil davomida) yana homilador boʻlgan boʻlsa, homiladorlik va tugʻish boʻyicha toʻliq nafaqa olishga haqli emas. Biz buning qanchalik haqiqatga mosligini tekshirishga urindik
Eng koʻp foyda keltiradigan valyuta omonatlari. 2018 yil, fevral
Bank depozitlari boʻyicha foiz stavkalari sharhining davomida 2018 yil fevral holatiga koʻra eng koʻp foyda keltiradigan valyuta omonatlarini e’tiboringizga havola qilamiz
Iste’mol savatchasi va tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor: tuzish chogʻida nimalar hisobga olinadi
Ushbu sharhda iste’mol savatchasi tushunchasi va tarkibi, uni ishlab chiqish zarurati, MDHning qator mamlakatlarida iste’mol savatchasidan foydalanish tajribasi va tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorlar koʻrib chiqiladi
Shaxsan birlamchi hisobvaraq ochilgandan keyin onlayn rejimida bank omonati ochishga ruxsat beriladi
Tegishli oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2711-1, 2018 yil 26 yanvar) kiritildi. Sharh davomida – MBning joriy etilayotgan tartib toʻgʻrisidagi tushuntirishi
IIV xorijga oʻqishga qanday yuboradi
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2972, 2018 yil 16 fevral) bilan Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Oʻqish huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun kadrlar tayyorlaydigan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olib boriladi
Poytaxt IIO xodimlarida elektroshok vositalari paydo boʻladi
Prezidentning 14.02.2018 yildagi PQ-3528-son qarori bilan IIO xodimlarini bosqichma-bosqich tabel oʻqotar quroli oʻrniga elektroshok vositalari bilan ta’minlash nazarda tutilgan
Kommunal qarzlar barcha propiska qilinganlardan undiriladi
Prezidentning 15.02.2018 yildagi PF-5343-son “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni e’lon qilindi
BIR.UZ imtihonida ishtirok etdingizmi – sovgʻa va bonuslar oling
«Norma» kompaniyasi BIR.UZ tizimida malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtganlar uchun maxsus ragʻbatlantirish dasturini tayyorladi
Davlat aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga kimlar kiradi
Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 111-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat aviatsiyasi aviatsiya xodimlariga tegishli lavozimlar roʻyxati tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


