Qoʻriqlash xizmati koʻrsatish uchun namunaviy shartnoma yangilandi
IIV, Moliya vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 2966, 2018 yil 29 yanvar) bilan Qoʻriqlash xizmati koʻrsatish boʻyicha namunaviy shartnoma tasdiqlandi
Valyutani olib chiqib ketishga ruxsatnomadan bir marta foydalaniladi
Vazirlar Mahkamasining 30.01.2018 yildagi 66-son qarori bilan Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalari tasdiqlandi
Barcha sugʻorish tizimlari bojxona toʻlovlaridan ozod qilindi
Vazirlar Mahkamasining 26.01.2018 yildagi 60-son qarori bilan 2021 yil 1 yanvargacha bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilgan holda fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar olib kirayotgan payvandtag, koʻchatlar va tomchilatib sugʻorish tizimi uchun asbob-uskunalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
«Oʻzstandart» sifatsiz mahsulotlar haqida OAV orqali xabar beradi
Savdo-sanoat palatasida (SSP) Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida sotilayotgan mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish va Sifatsiz mahsulotlar toʻgʻrisida yagona axborot ma’lumotlar bazasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasining muhokamasi oʻtkazilmoqda
Ma’muriy sud moddada nazarda tutilmagan jazo chorasini qoʻllashga haqli
29.01.2018 yildagi OʻRQ–463-son Qonun bilan ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha jazo choralarini yengillashtirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratildi
Qizilmiya plantatsiyasini tashkil etdingizmi – imtiyozlardan foydalaning
Vazirlar Mahkamasining 27.01.2018 yildagi 63-son qarori bilan qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etuvchi, shuningdek, qizilmiya ildizini qayta ishlovchi va tayyor mahsulot chiqaruvchi xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga imtiyozlar joriy etildi
Qizilmiya yetishtiruvchilar uyushmaga kirishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 27.01.2018 yilagi 63-son qarori bilan Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi
Nargiza Yusupxoʻjayeva: «Mustaqil baho olishni istagandim»
«Exito Print» XK matbaa korxonasi bosh buxgalteri Nargiza Maxsudxoʻjayevna Yusupxoʻjayeva ─ BIR.UZ attestatini qoʻlga kiritgan beshlik orasidan oʻrin egallashga muvaffaq boʻldi. Biz undan bir nechta savollarimizga javob berishini iltimos qildik
Telefon raqamlari 9 belgili boʻladi
Xalqaro elektr aloqa uyushmasining tavsiyalari va “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari raqamlari tizimi va rejasi” talablariga muvofiq mamlakatimiz telefon raqamlarining 9 belgili tizimiga oʻtadi
YHQni buzgan diplomatlar diplomatik vakolatxonalar bilan kelishmagan holda jarimaga tortiladi
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyxat raqami – 2338, 2012 yil 13 mart)
1 apreldan boshlab sudya ogʻir jinoyatlarni yakka tartibda koʻradi
29.01.2018 yildagi OʻRQ–463-son Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksga (JPK) shunday oʻzgartishlar kiritildi
Yana 3 ta oliy oʻquv yurtida sirtqi boʻlim ochiladi
Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Hududlarda achchiq qalampir yetishtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 27.01.2018 yildagi 62-son qarori zamonaviy, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllagan holda achchiq qalampirni yetishtirish, yigʻishtirib olish, qayta ishlash va eksport qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi
TIF TNning yangi versiyasi kuchga kirdi
Prezidentning 28.12.2017 yildagi PQ–3448-son qarori bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining (TIF TN) 2017 yilgi versiyasi amalga kiritildi
1.07.2018 yildan boshlab ozonni buzuvchi moddalarni import/eksport qilishga ruxsatnoma – Davlat xizmatlari markazlari orqali
Vazirlar Mahkamasining 9.01.2018 yildagi «Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini va Oʻzbekiston Respublikasidan eksportini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 17-son qarori qabul qilindi
Goʻsht xavfsizligiga doir talablar tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 22.01.2018 yildagi 36-son qarori bilan Goʻsht va goʻsht mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament hamda uni joriy etish sxemasi tasdiqlandi
Poytaxtda sovuq suvga maxsus ustama haq tasdiqlandi
Toshkent shahar hokimining 12.01.2018 yildagi 69-son qarori bilan Toshkent shahrida ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdori belgilandi
Kollejlarni byudjet oʻrniga davlat organlari, banklar va yirik korxonalar moliyalashtiradi
Prezident 15.01.2018 yilda «Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi
Oʻzbekistonda chet davlat sudlari qarorlari qanday tan olinadi va ijroga qaratiladi
Qabul qilingan Iqtisodiy protsessual kodeks amaldagi XPKdan farq qiladi. Xususan, unga chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi alohida bob kiritildi
BIR.UZ attestatiga ega boʻlganlar soni oshdi
20-21 yanvar kunlari «Norma» professional rivojlanish markazida bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimi boʻyicha ikkinchi imtihon oʻtkazildi. Yana 3 kishi attestatga ega boʻldi, ushbu hujjatlarni qoʻlga kiritganlarning umumiy soni esa besh kishiga yetdi
Halol ishlamayotgan adliya xodimlariga majburiylik prinsipi qoʻllaniladi
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov adliya organlarining oʻtgan yilda amalga oshirgan ishlari sarhisobi va kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan hay’at majlisida bu haqda soʻz yuritdi
Pensiyaning me’yori va ta’minoti qanday boʻladi
Mamlakatimizda 2015-2017 yillarda «Pensiya» dastur majmuasi negizida pensiya ta’minoti boʻyicha idoralararo yagona «Nafaqa» axborot tizimi joriy etilgan. Ushbu tizim qogʻoz ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olishni bekor qilishi bilan keksa kishilarga qulaylik tugʻdirmokda
Poytaxt va viloyatlarda bandlikka koʻmaklashish markazlarining yangi binolari quriladi
Vazirlar Mahkamasining15.01.2018 yildagi 27-son qarori bilan 2018 — 2021 yillarda tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash dasturi tasdiqlandi
Oʻzbekistonda «Aqlli tibbiyot» tizimi joriy etilmoqda
Oʻzbekistonda Yagona tibbiyot axborot markazi va «Aqlli tibbiyot» tizimi joriy etilmoqda. Ishga mamlakatimiz dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilari va innovatsion texnologiyalar mutaxassislari jalb etilgan
Ma’muriy sudlar qanday ishlarni koʻrib chiqadi
Ushbu sharhda – qabul qilingan Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga binoan ma’muriy sudlarning taalluqliligi toʻgʻrisida
Soliq organlari «1198» qisqa raqami orqali aholini eshitadi
Davlat soliq qoʻmitasi fuqarolarning shikoyatlari, murojaatlari va takliflarini qabul qilish uchun maxsus telefon raqami ishga tushirilganligi haqida xabar qildi
2018 yil uchun paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 25.01.2018 yildagi 53-son «Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Nostrifikatsiyalash uchun hujjatlar onlayn qabul qilinadi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Nostrifikatsiyalash uchun hujjatlarni onlayn topshirish” interaktiv xizmatini ishga tushirdi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


