Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nazoratning yangi tartibi: tekshiruvlarni videotasvirga olish va elektron hisob yuritish tizimi Moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish va sugʻurtaga e’tibor: «Reklama toʻgʻrisida»gi qonunda nimalar oʻzgarmoqda 505-son VMQning yangi qoidalariga koʻra xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni qoplash: nimalarni inobatga olish kerak 505-son VMQning yangi qoidalariga koʻra xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni qoplash: nimalarni inobatga olish kerak
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
14.02.17

Imtiyozli mikrokreditlar boʻyicha tajriba loyihasi ishga tushirildi

Prezidentning 31.01.2017 yildagi PQ–2746-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrida tajriba tartibida kichik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun mikrokreditlashning yangi sxemasi joriy etilmoqda

14.02.17

Davlat tashkilotlarini tekshirish uchun auditorlarni tanlash soddalashtirildi

Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligining Qarori (roʻyxat raqami 1668-4, 2017 yil 7 fevral) bilan Ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari roʻyxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

13.02.17

Poytaxtimizdagi uchta bank ijtimoiy ahamiyatli xizmatlarni yetkazib beruvchilar deb topildi

Vazirlar Mahkamasining 6.02.2017 yildagi 59-son qarori bilan «Asaka», «Ipoteka-bank» hamda «Oʻzsanoatqurilishbank» banklari ustav kapitalidagi ulushni sotish yoʻli bilan xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha majburiyatdan ozod etildi

13.02.17

Plastik karta ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozlar uzaytirildi

Prezidentning 2.02.2017 yildagi PQ–2751-son Qarori bilan respublikamizda bank plastik kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi

13.02.17

Eksportyorga nima uchun jarima solinadi?

Ushbu sharhda chet eldan valyuta tushumi kelib tushishi kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksportyorlarning javobgarligi masalasi boʻyicha ekspertlarimiz takliflari keltiriladi

13.02.17

Oʻzbekiston keng miqyosda soya yetishtirishni boshlaydi

Vazirlar Mahkamasining «Soya ekinini yetishtirish va aholining soya oʻsimlik moyiga boʻlgan ehtiyojini toʻlaqonli qondirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilindi

10.02.17

«UZCARD»: toʻlovni QR-kod vositasida amalga oshiring

«Terminal oʻrniga QR-kod, karta oʻrniga – smartfon» — Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) ana shunday sarlavha ostida yangi toʻlov tizimining joriy etilishi haqida e’lon qildi

10.02.17

4 milliondan ziyod oila limonariy va parrandachilik uchun kreditlar oladi

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining “Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori loyihasi joylashtirildi

10.02.17

Tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaroga qanday almashtirish mumkin?

Tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirish tartib-taomillariga oid hujjatlarni koʻrib chiqish Qoidalari loyihasi qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida muhokama qilish uchun ochildi

10.02.17

Mehmonxonani qanday ochish mumkin?

Soʻnggi yillarda yurtimizda mehmonxonalar soni tobora ortib boryapti. Ammo hamyonbop boʻlgan oʻrtacha turdagi mehmonxonalarga ehtiyoj baribir katta, chunki mijozlarning aksariyati aynan shu turdagi otellarga ishtiyoqmand

09.02.17

Aholi yangi qonunlar haqida qanday bilib oladi?

Prezidentning “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

09.02.17

Tashkilot manfaatlari yoʻlidagi jinoyat – yuridik shaxsning oʻzini javobgarlikka torting

Professional doiralarda yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligini joriy qilish masalasi allaqachon muhokama qilinayotir. Uni Oʻzbekiston qonunchiligida aks ettirish vaqti keldimi?

08.02.17

Mamlakatimiz yaqin 5 yil ichida qanday rivojlanadi?

Prezidentning 7.02.2017 yildagi Farmoni bilan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi

08.02.17

Koʻnglingizdan va telefoningizdan joy egallashga munosib 7 ilova

Bugun oʻz obroʻ-e’tiborini qadrlovchi, zamonaviy oʻzgarishlardan ortda qolishni istamagan har qanday yirik kompaniya oʻz saytining mobil ilovasini yaratishga ahamiyat qaratmoqda. Chunki ular foydalanuvchilar uchun qulay, istalgan payt mobil telefon yoki planshet orqali soddalashtirilgan ilovalardan bemalol foydalanish mumkin

07.02.17

Shaharcha, qishloq va ovullar fuqarolar yigʻinlari endi boʻlmaydi

Prezidentning 3.02.2017 yildagi Farmoni bilan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi

07.02.17

Eksportchilar valyutaning 25 foizini sotishadi

Vazirlar Mahkamasining 1.02.2017 yildagi 44-son Qarori bilan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

07.02.17

Tovar zaxiralarini qanday baholash kerak?

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida “Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholash” Oʻzbekiston Respublikasi mol-mulkni baholash Milliy standarti loyihasi joylashtirildi

07.02.17

Auditorlar palatasi bajarilgan ishlar haqida hisobot berdi

Oʻzbekiston Auditorlar palatasi oʻzining 2016 yildagi faoliyati haqida qisqacha hisobotni e’lon qildi

07.02.17

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyaga Bosh prokuror boshchilik qiladi

Prezidentning 2.02.2017 yildagi PQ–2752-son Qarori bilan 2017-2018 yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

06.02.17

Veterinariya preparatlarining katta xavfsizligi ta’minlanadi

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi veterinariya mahsulotlari xavfsizligining Umumiy texnik reglamenti loyihasini tayyorladi. U qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilingan

06.02.17

Sirdaryo tumanida YoPQP ishlab chiqarish boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining 27.01.2017 yildagi 42-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 22.09.2016 yildagi 319-son “Gʻoʻza poyalaridan yogʻoch-payraha qirindi plitalarini ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga qoʻshimchalar kiritildi

06.02.17

Statistika boshqarmasi hisobotlar topshirish muddatlarini eslatadi

Toshkent shahar statistika boshqarmasi notijorat tashkilotlar, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, shuningdek kichik korxonalar va mikrofirmalarga 2016 yil uchun yillik statistika hisobotini topshirish zarurligi haqida eslatadi

03.02.17

Bojxona qiymatini bitim miqdori boʻyicha aniqlaymiz

Mazkur sharh Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelinadigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 1-usuli (bitimning qiymati asosida) qoʻllanilishi tartibiga kiritilgan tuzatishlarni batafsil yoritishga bagʻishlangan

03.02.17

YaIDXPda ShJBPH hisobvaragʻidan koʻchirma soʻrash mumkin

Oʻzbekiston Xalq banki Yagona davlat portalida jismoniy shaxslar uchun yangi interaktiv xizmatni roʻyobga chiqardi. Xizmat ShJBPHdagi (shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi) jamgʻarmalar holati toʻgʻrisida axborot olish imkonini beradi

03.02.17

Pensiyalar naqd shaklda beriladi

Prezidentning 2.02.2017 yildagi «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni toʻlash mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi

02.02.17

Yuk deklaratsiyasini onlayn rejimida toʻldiramiz

“Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyasini topshirish” – Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyobga chiqarilgan yangi xizmat

02.02.17

SSP GFRda stajirovka oʻtash uchun qabul e’lon qiladi

Savdo-sanoat palatasi GFR kompaniyalari bilan iqtisodiy kooperatsiyaning 4 yoʻnalishi boʻyicha Germaniyada oylik stajirovka oʻtash uchun nomzodlarni qabul qilish haqida e’lon qildi

02.02.17

Biznesni roʻyxatdan oʻtkazish uchun endi adliya organlariga

Prezidentning 1.02.2017 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarori e’lon qilindi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.