Tadbirkorlar uchun tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik yuzasidan seminar oʻtkazildi
16 dekabr kuni Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi yurtimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi ikkita — “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi hamda «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida»gi Qonunlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminar oʻtkazdi
Bojxona brokeri faoliyati uchun ruxsatnomaga onlayn soʻrov berish mumkin
YaIDXPning litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlarni berish sohasidagi interaktiv xizmatlari paketi yana bir xizmat bilan boyidi. Uning ijrochisi Davlat bojxona qoʻmitasi boʻlib, xizmat bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish istagida boʻlgan yuridik shaxslarga moʻljallangan
Elektron litsenziyalash portali sinov rejimida ishga tushirildi
Investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish maqsadida Elektron litsenziyalash portali sinov rejimida ishga tushirildi, deb xabar beradi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi
Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz
Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutqi
Abdulla Aripov Bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi
14 dekabr kuni Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodni tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi
Poytaxtda eng yaxshi auditorlar va buxgalterlar taqdirlandi
Toshkentda “Oʻzbekiston buxgalterlari va auditorlari kuni” kasb bayramiga, shuningdek, “Eng yaxshi auditor–2016”, “Eng yaxshi buxgalter–2016” hamda “Eng yaxshi ichki auditor–2016” respublika tanlovlarining natijalari sarhisobiga bagʻishlangan an’anaviy tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
Biznesning qay turini tanlagan ma’qul?
Biror korxonaga egalik qilish, doʻkonni boshqarish, oʻz ishini boshlashni orzu qilmaydigan odamning oʻzi boʻlmasa kerak. Ayniqsa, ishdan keyin charchab uyga qaytayotganda, rahbar bilan kelisholmay qolganda, tuzukroq ish topolmay qiynalib yurganda shunday fikrlar xayollarni chulgʻaydi
Yangi yil bayramini qayerda oʻtkazish kerak?
Yangi yil bayrami jahonda eng koʻp nishonlanadigan ommabop bayram. Ayniqsa, Yangi yil yaqinlashgani sayin tashkilotlar rahbariyati oʻz jamoasi bilan bayramni qayerda nishonlash haqida bosh qotira boshlaydi. Chunki bu xodimlarning kayfiyatini koʻtarish, jamoani birlashtirish, miriqib hordiq chiqarish uchun yaxshi imkoniyat
Yana korporativ avtoni hisobga olish va rasmiylashtirish haqida
Seminar mavzusi shunchalik ommabopki, uning e’lon qilinishi darrov e’tiborni oʻziga tortadi. «Norma» PRMda koʻplab mijozlar va obunachilarning iltimoslariga koʻra jadvalga mazkur mavzu boʻyicha seminar kiritildi
Senat soliq va byudjet siyosatiga oʻzgartirishlarni muhokama qildi
Oliy Majlis Senatida «Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi muhokama qilindi
Uchuvchisiz uchish qurilmasini toʻgʻri boshqaring
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 2016 yil 6 dekabr) bilan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
NHH loyihalari: bojxona kirim orderini kim va qanday toʻldiradi?
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Davlat bojxona qoʻmitasining “Bojxona kirim orderini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi
Prezident inauguratsiyasi boʻlib oʻtdi
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi
NHH loyihalari: bojxona organlarida “yagona darcha” paydo boʻladi
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida “Yagona darcha” birxillashtirilgan bojxona axborot tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi
Toshkentda teatrlashtirilgan bolalar yangi yil tomoshalari
Har yili bolajonlar Yangi yil bayramini intizorlik bilan kutishadi. Bayramning intiqib kutilishiga sabab turfa xil sovgʻalar bilan bir qatorda teatrlar tomonidan ataylab ular uchun tayyorlanadigan yorqin va rang-barang tomoshalardir. Bu yil poytaxtimizda qanday ertaklar bolajonlar uchun namoyish etiladi? Tahlil ana shu mavzuga bagʻishlanadi
NHH loyihalari: xodimlarning oʻrtacha yillik sonini qanday aniqlash mumkin?
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida tadbirkorlik sub’yektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash toʻgʻrisidagi Nizom loyihasi e’lon qilindi
Oʻzbekistonlik eksportchilarni Shveysariyada qoʻllab-quvvatlashadi
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan Jeneva diplomatik doiralari Prezidenti Robert Blum bilan Shveysariyada jamgʻarma vakolatxonasini ochish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi
Erkin Vohidov xotirasiga
7.12.2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarori e’lon qilindi
Mamlakatning eksport salohiyatini yuksaltirish yoʻlida
Adliya vazirligi tomonidan davlat ehtiyojlari uchun meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalarining tuzilishi va bajarilishiga oid amaliyot hamda shartnomalar munosabatlariga doir masalalarga oydinlik kiritish yuzasidan tadbir oʻtkazildi
2017 yilda qanday standartlar qabul qilinadi?
«Oʻzstandart» agentligi vazirliklar, idoralar, assotsiatsiyalar va kompaniyalar taklifi asosida 2017 yil uchun Respublika standartlashtirish dasturi loyihasini ishlab chiqdi
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi barchani birlashtirdi
2.12.2016 yilda Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ–2666-son Qarori e’lon qilindi
Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi
Oʻzbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi
Markaziy bank ayrim nizomlarga oʻzgartirishlar kiritdi
Markaziy bank Boshqaruvining qarorlari bilan qator hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi
Har qanday dorixonada nimani topish mumkin?
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2846, 2016 yil 6 dekabr) bilan Barcha dorixonalarda boʻlishi majburiy boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxati tasdiqlandi
Sakkizinchi yalpi majlisda Senat 15 ta masalani koʻrib chiqadi
Toshkent shahrida 2016 yil 10 dekabr kuni Senat raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev boshchiligida boʻlib oʻtgan parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisini joriy yilning 13 dekabrida chaqirish toʻgʻrisida Qaror qabul qilindi
Elektron rejalashtirgich hayotni yengillashtiradimi?
Axborot texnologiyalari, gadjetlar va boshqa turli dasturiy ta’minotlar asrida yashayotgan boʻlsak-da, koʻp rahbarlar vazifa va rejalarni qogʻozga yozishda davom etishmoqda. Yoki koʻpi bilan EXCEL jadvalidan foydalanishadi. Buning sababi oddiy – “aqlli” mobil ilova bilan ishlashni tushunib olish uchun vaqt yetishmovchiligi yoki undan foydalanishda tajribaning muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangani
Tadbirkorlik sub’yektlarining javobgarligi yanada liberallashtirilmoqda
«Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasiga izohlar
Maslahatlar imtihon topshirish va sertifikat olishga yordam beradi
Joriy yilning dekabr oyida buxgalterlarni milliy sertifikatlash boʻyicha imtihonlar oʻtkazilishi munosabati bilan Oʻzbekiston buxgalterlar Federatsiyasi imtihondan oldingi maslahatlarni tashkil etadi. Ularda ishtirok etish bepul, biroq oldindan roʻyxatdan oʻtish zarur.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


