NHH loyihalari: yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganda litsenziya qayta rasmiylashtiriladi
Yagona portalda Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qonun loyihasi muhokama qilinmoqda
Qarzni undirish oson ish emas
Biz kerakli biznes-hamkorlarni saqlab qolish, amaldagi sanksiyalar ostiga tushmaslik va shu bilan birga qonun doirasidan chiqmasdan paydo boʻlgan qarzdorlik yuzasidan nima qilish kerakligi haqida yozgandik. Biroq har doim ham shunday boʻlavermaydi hamda koʻp hollarda qarzdorlarni barcha qonuniy usullar bilan “silkitishga” toʻgʻri keladi. Mavzuning davomida - undirish boʻyicha qanday choralarni koʻrish mumkinligi va kreditorlar amaliyotda duch keladigan ehtimoliy muammolar xususida
Meva-sabzavot mahsulotlari xarid qiluvchilar uchun yangi statistika hisoboti
Davlat statistika qoʻmitasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 12 mayda 2728-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan 2016 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritildi
Yuk koʻtarish mashinalari soz holatda boʻlishi kerak
Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi bilan Yuk koʻtarish mashinalarining soz holatda saqlanishiga javobgar boʻlgan muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yoʻriqnoma tasdiqlandi
Oʻzbekistonda yana bitta universitet ochiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 maydagi Farmoni bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etildi
Turar joylar nazorati boʻyicha chora-tadbirlar joriy qilindi
25.04.2016 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-405-son Qonun bilan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va turar joyda tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazorat kuchaytirildi
NNT uchun sanksiyalar kamaytirildi
25.04.2016 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-405-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Bank sohasida ruxsat berish tartib-taomillariga tuzatishlar kiritildi
Vazirlar Mahkamasining 2.05.2016 yildagi 134-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi
NHH loyihalari: uchuvchisiz uchish qurilmasi uchun javobgarlik
Yagona portalda “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisida kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qonun loyihasi muhokama qilinmoqda
Tashkilotda jamoa shartnomasi hammaga zarur
Bugungi kunda Oʻzbekistondagi korxona, tashkilot va muassasalarda 37 ming 457 ta boshlangʻich kasaba uyushma tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda. Ular 6 mln. 200 ming nafardan ziyod kasaba uyushma a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qilib kelmoqda
Yarashuv instituti – insonparvarlik va erkinlik omilidir
Milliy matbuot markazida Oliy sud tomonidan "Yarashuv instituti - xalqimizga xos bagʻrikenglik va olijanoblik ifodasi" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi
Oʻquvchilarning ovqatlanishi jiddiy kuzatib boriladi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi 132-son “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan qator hujjatlar tasdiqlandi
NHH loyihalari: GMOli mahsulotlar roʻyxatdan oʻtkazilmaydi
Yagona portalda “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida” Qonunga tuzatishlar loyihasi muhokama qilinmoqda
NHH loyihalari: yengil avto uchun yoʻl varaqalarining yangi shakli joriy qilinadi
Yagona portalda yuridik shaxsning xizmat va navbatchi yengil avtomobili yoʻl varaqasini tayyorlash, hisobga olish va toʻldirish boʻyicha yoʻriqnoma loyihasi muhokama uchun ochildi
Akkreditatsiyalanadigan ta’lim muassasalarining roʻyxati kengaytirildi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi 136-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-son qarori bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Abitur.uz skretch-kartalari endi gazeta kioskalarida
Abitur.uz loyihasi (ilgari – “Mening shahrim. Ta’lim”) oliy oʻquv yurtlari, litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar uchun elektron testlar xarid qilish mumkin boʻlgan savdo shoxobchalari sonini oshirayotir
Pensiya jamgʻarmasi xatolari: qaysilariga yoʻl qoʻyiladi, qaysilariga esa yoʻq
Pensiya jamgʻarmasi qarorining qonuniyligini aniqlashda Pensiya jamgʻarmasi xodimlarining aynan qaysi xatolari pensiyadan qonuniy chegirmalarga, qaysilari esa faqat noqonuniy chegirmalarga olib kelishini tushunish zarur. Sharhimizda shu haqda batafsil soʻz yuritamiz
Maktabning metodik kengashi vazifalari nizomda mustahkamlandi
Xalq ta’limi vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 3 mayda 2781-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasasining metodik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi
Kasb-hunar kollejlarida imtihonlar tartibi oʻzgaradi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qoʻshma qarori bilan Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Qanday priborlar qiyoslashdan oʻtkaziladi
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 4 mayda 2782-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Tekshiruvdan (qiyoslashdan) oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxati tasdiqlandi
Ish haqini hisoblashda kim yordam beradi?
Deyarli har bir buxgalter oyda ikki marta firma, kompaniya, korxona... xodimlari uchun boʻnak va ish haqi hisob-kitobi bilan shugʻullanadi. Bunda odatda tajriba, bilim, schyotlar, kalkulyator, maxsus kompyuter dasturlari yordam beradi. Biroq yana bitta dastak bor, u haqda hali koʻpchilik bilmaydi
Debitorlik qarzi: undirish mumkin emas, kechib yuborilsin!
Amaliyotda tadbirkorlarning oʻzaro munosabatlarida dilemma yuzaga kelishi mumkin: korxonada debitorlik qarzi vujudga keldi, bunda qarzdor strategik biznes hamkor hisoblanadi, u bilan “munosabatlarni buzish” iqtisodiy va e’tibor nuqtai nazaridan nihoyatda manfaatsizdir
Eski uskunani olib kirganlik uchun javobgarlik
25.04.2016 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-405-son Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazadigan bitimlarni tuzganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy qilinadi
AJ oʻz aksiyalarini yangi qoidalar boʻyicha joylashtiradi
25.04.2016 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-405-son Qonun bilan «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga (26.04.1996 yildagi 223–I-son) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Bank xabarlari: saytning yangi versiyasi, firibgarlar va soliq toʻlovlari
Markaziy bank oʻz rasmiy saytini yangiladi, Oriyent finans bank qanday qilib firibgarlar tuzogʻiga ilinmaslik haqida eslatma taqdim qildi, KDB 1 iyundan boshlab soliq toʻlovlari qanday amalga oshirilishi toʻgʻrisida xabar berdi – bu va boshqa voqealar haqida 2016 yil aprel oyida vatanimiz banklari ma’lumot berishdi
TDYuU talabalarining bilimlarini baholash tartibi belgilandi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi hamda Adliya vazirligining qoʻshma qarori bilan Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Masofaviy ish haqida 7 ta yuridik savol
AKTning keng rivojlanishi jumladan mehnat munosabatlari sohasidagi odamlar uchun ham qoʻshimcha imkoniyatlarni ochdi. Bugun nafaqat kompaniya ofisi, balki mintaqa, hatto respublika tashqarisida turib ham ishlashga hech narsa monelik qilmaydi. Bizning sharhimizda – masofaviy rejimdagi mehnat munosabatlarida nazarimizda eng muhim boʻlgan nozik jihatlar va bu mavzu boʻyicha amaliy tavsiyalar
“Mahalla” fondi yetim bolalarga bir martalik nafaqa toʻlaydi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligining qoʻshma qarori bilan Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat ta’minotida boʻlmagan, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini «Mahalla» hayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


