Hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmalari va boʻlimlarining vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 23.03.2016 yildagi 82-son Qarori bilan viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar tasdiqlandi
Yuridik xizmat
yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj (hakamlik) sudi raisi, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Foziljon OTAXONOVning maslahatlari
Qizilmiya yigʻuvchilar uchun qoidalar soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 23.03.2016 yildagi 85-son Qarori bilan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yalangʻoch qizilmiyani gʻamlash (toʻplash) oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olinmasdan amalga oshirilishiga ruxsat berildi
Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi vakolatlari kengaydi
Prezidentning 16.03.2016 yildagi PQ-2507-son Qarori bilan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisidagi taklif qabul qilindi. Endi u ta’sischilarning ixtiyoriy badallari hisobiga 10,3 mlrd soʻm va 2,0 mln AQSh dollarini tashkil qiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi ishi 2016 yil 31 mart – 1 aprel kunlari davom etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi ishi 2016 yil 31 mart – 1 aprel kunlari davom etadi
Yagona portalda NHH loyihalari: koʻchma savdo qoidalari
Davlat portalida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻchma savdoga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Ertalab – tovar, kechqurun – toʻlovi
Basharti sotuvchi qarshi boʻlmasa, xaridor tovar uchun toʻlovni da’vo bildirish muddati tugagandan keyin ham amalga oshirishi mumkin. Va kameral nazorat chogʻida bu qoidabuzarlik deb tan olinishi mumkin emas
«Norma» professional rivojlanish markazida kadrlar boʻyicha ish yuritishga oʻqitishadi
Siz kadrlar boʻlimi xodimimisiz? Shoshiling! Siz 4 aprelda boshlanadigan kadrlar boʻyicha ish yuritish kursiga yozilishga hali ulgurasiz
NHH loyihalari: Majburiy sugʻurta qilish qoidalarini toʻldirish
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qarori loyihasi ishlab chiqildi
“Javob beramiz!” Ma’lumot xizmati: ta’lim uchun haq toʻlaymiz
“Javob beramiz!” Ma’lumot xizmatidan navbatdagi mavzuga doir toʻplam oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun haq toʻlashga bagʻishlanadi. Siz u orqali talabalarning oʻzlari hamda ularning oʻqishi uchun haq toʻlayotganlar qanday savollarga duch kelishayotganligini bilib olasiz
Toshkentning markaziy qismida avtomobil halqasi boʻladi
Bu haqda Oʻzbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari uchun uyushtirilgan matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov xabar berdi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday qaror avtomobil transporti sonining muntazam oʻsishi, yoʻl tarmogʻining uzunligi hamda oʻtkazish qobiliyatining yetarli emasligi munosabati bilan qabul qilindi
Axborotni notoʻgʻri oshkor qilish qanday oqibatlarga sabab boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi tomonidan “Aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari tomonidan ular haqidagi axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda amalga oshirilgan (qabul qilingan) bitimlarni (qarorlarni) haqiqiy emas deb topishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 27.11.2015 yildagi 290-son qaror qabul qilindi
OXS qarorlari: boj muddatini kechiktirish va hisobvaraqlarni blokirovka qilish
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishtoʻgʻrisida”gi 25.02.2016 yildagi 292-son qarori bilan oliy sud instansiyasining qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalariga taalluqli amaldagi tushuntirishlar qatori oʻzgartirildi va toʻldirildi
«Qurilish» EMT: biznesmen uchun oʻziga xos dastak
Qurilish faoliyati durustgina foyda keltiradi, biroq unda tartibga soluvchi hujjatlar koʻp, ayrimlarini esa topish mushkul
Davlat organlari uchun soʻrovlarni qabul qilish tartibi belgilandi
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining buyrugʻi bilan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni olish uchun soʻrovlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va qayta ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi
Mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalash tartibiga tuzatish kiritildi
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori buyrugʻi bilan Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi
NHH loyihalari: oʻlchov vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish muddatlariga tuzatish kiritilmoqda
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan Agentlik bosh direktorining Qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchov vositalari turkumlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi loyihasi e’lon qilindi
Trenerlar va instruktorlarga toifa berish tartibi oʻzgartirildi
Madaniyat va sport ishlari vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 17 martda 2550-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Onlayn-NKMni 2018 yildan joriy qilish rejalashtirilmoqda
Davlat portalida Vazirlar Mahkamasining “Chakana savdo va aholiga xizmat koʻrsatish sohasida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Toshkent bozorlaridagi yigʻimlar va ijara toʻlovlari miqdorlari tasdiqlandi
Toshkent shahri hokimi tomonidan bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan tadbirkorlardan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi
Avtomobil yoʻllari – parlament nazorati ostida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan kengaytirilgan yigʻilishda “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Jizzax viloyatidagi ijrosi masalasi nazorat-tahlil tartibida oʻrganib chiqildi
Sanatoriyga boramiz: ham faol dam olish, ham salomatlikka foyda
Uzoq davom etgan mehnatdan soʻng qanday hordiq chiqariladi? Yoz yaqinlashib, dam olish istagi yuzaga keladi. Biroq oila byudjeti har doim ham dengiz sayohatiga imkon bermaydi. Koʻpchilik hali oʻzlari uchun Oʻzbekiston sanatoriylarida dam olish halovatini topishmagan
Sotib olingan korxonaga mulk huquqi qanday rasmiylashtiriladi
Korxonani olish-sotish tabiiy va odatdagi bitimga aylandi. Ma’lum holatlarda butun korxonani va biryoʻla sotish bilan mulkdor maqbul tarzda almashtirilishi mumkin. Oʻzbekiston qonunchiligi biznes uchun bunday imkoniyatni ancha oldin mustahkamlagan. Undan nechogʻlik real foydalanish mumkin?
Noshirni qoʻllab-quvvatlab, toʻsqinliklarni bartaraf etish kerak
2016 yil 11 mart kuni Parlament quyi palatasida oʻtkazilgan Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasining kengaytirilgan majlisi shu masalaga bagʻishlandi
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari elektron kitob shaklida nashr qilindi
«Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari toʻplami» zarur xujjatni osongina topishga imkon beruvchi qulay va tezkor avtomatlashtirilgan qidiruvli axborot ma’lumotnoma tizimdir
Naqd valyuta ustidan nazorat qilish soliqchilarga ishonib topshiriladi
Davlat portalida “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonun va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihalari muhokama qilinmoqda
Davlat dasturiga huquqiy-me’yoriy koʻmak
Shu hafta boshida Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Tohir Saidboboyev boshchiligida “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturining qonunchilik asoslari” mavzusida brifing oʻtkazildi
Tabiiy gaz uchun narxlar oʻzgardi
“Oʻztransgaz” AK Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholi uchun yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun tariflarni e’lon qildi
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


