Mustaqillik kuniga tayyorgarlik koʻrish boshlandi
Barcha hududlarda “uch avlod uchrashuvi” tadbirlari, anjumanlar, adabiy-badiiy kechalar, milliy kino kunlari va boshqa tadbirlar oʻtkaziladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida noqonuniy qurilgan uy-joylar qonuniylashtiriladi
Prezidentning “Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga boʻlgan huquqlarni e’tirof etish toʻgʻrisida”gi Farmoni shunga qaratilgan.
2030 yilgacha mahallalarda 5 mingta sport maydonchalari barpo etiladi
Sport maydonchalaridan foydalanish barcha uchun bepul boʻladi, ulardan maqsadli foydalanishni nazorat qilishga yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari mas’ul boʻladi.
Turoperatorlarga davlat tomonidan koʻmaklar koʻrsatiladi
Turistlar oqimini oshirish va turoperatorlarga davlat tomonidan qoʻshimcha koʻmaklar koʻrsatish maqsadida Oʻzbekistonga olib kelingan har bir turist uchun ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar toʻlanadi.
Oʻzbekistonda pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori oshirildi
Prezidentning “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Madaniyat va turizm vazirligi qayta tashkil etildi
Uning negizida Madaniyat vazirligi tashkil etiladi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzurida esa Turizm qoʻmitasi faoliyat koʻrsatadi.
Poytaxt tadbirkorlari uchun davlat bilan sheriklikning yangi qoidalari oʻrnatilmoqda
Ayrim yoʻnalishlar boʻyicha “hayotiy davr shartnomalari” tuzishga ruxsat beriladi.
Alkogol va tamaki mahsulotlari uchun yangi namunadagi aksiz markalari
Yangi namunalar 2023 yil 1 avgustdan joriy etilmoqda. Ishlab chiqaruvchilar eski namunadagi aksiz markasi bilan qadoqlangan mahsulotlarini 5 oy ichida sotishlari kerak.
Toshkent shahri toza havoli megapolislardan biriga aylantiriladi
Shuningdek, poytaxtni rivojlantirish yoʻnalishlaridan biri – yagona yondashuv asosida qurilishlarni muvofiqlashtirish va qurilish hajmiga mos ravishda ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish orqali “aqlli” shaharsozlik tamoyillarini joriy etish sanaladi.
Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank boshqaruvi tomonidan 2023 yil 27 iyul kuni asosiy stavkani 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish boʻyicha qaror qabul qilindi.
Qaysi holatlarda notarius litsenziyasi toʻxtatilib turiladi
Notarius litsenziyasining amal qilish muddatini toʻxtatib turishga sabab boʻluvchi qoidabuzarliklar roʻyxati kengaymoqda. Qoidabuzarlik turidan kelib chiqib, litsenziya 15 kundan 6 oygacha toʻxtatib turilishi mumkin.
1 avgustdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2023 yil 1 avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Kasanachilarga subsidiya qanday beriladi
Mablagʻlar Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ajratiladi.
Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi oʻzgarmoqda
Shuningdek nomzod yuqoriroq toifadagi attestatni olish istagini bildirganda qayta murojaat etish tartibi belgilanmoqda.
Pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan mablagʻlar 2026 yil 1 yanvarga qadar ajratiladi.
Yangi Toshkent shahri qanday barpo etiladi
Uning bosh rejasini ishlab chiqish maqsadida Singapur, Buyuk Britaniya va Gollandiyadan kompaniyalar jalb qilingan.
Sanoat korxonalarida “yashil texnologiyalar” joriy etiladi
Ayrim tarmoqlarda Oʻzbekistonning yetakchi korxonalarining shu sohadagi tajribasi oʻzlashtiriladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruv oʻtkazish tartibi oʻzgarmoqda
Tezkor-qidiruv tadbirlari va taftishlar Biznes-ombudsman bilan kelishilmagan holda oʻtkaziladi.
Davlat muassasasi qanday faoliyat koʻrsatishi kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.07.2023 yildagi 302-son qarori bilan Davlat muassasalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qoraqalpogʻistondagi mahallalarni maxsus jamgʻarma qoʻllab-quvvatlaydi
Hududning 452 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining (MFY) har biriga 500 mln soʻmdan ajratiladi.
Bojxona yuk deklaratsiyasi nima va u qanday toʻldiriladi
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritlmoqda, shuningdek Bojxona postlari tasniflagichi va Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va ma’lumotlar turlari tasniflagichi yangi tahrirda tasdiqlanmoqda.
Oʻzbek futboli 3 yilga barcha soliqlardan ozod etiladi
Ijtimoiy soliq bundan mustasno.
Hisob palatasi nazorat tadbirlarini qanday oʻtkazadi
Shuningdek, Palataga oz miqdorda talon-toroj va davlat xaridlari jarayonini buzganlik uchun ma’muriy bayonnomalar tuzish vakolati berildi.
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi sudlarga murojaat etganda davlat bojini toʻlamaydi
OʻRQ-855-son Qonun bilan fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudlardagi bojlardan shuningdek Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi ham ozod etilmoqda.
Voyaga yetmaganlarni qanday ishlarga jalb qilish mumkin emas
Roʻyxatga bir necha ming lavozimlar kiritilgan.
Vaxtachilar qanday ishlaydi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan vaxta usulida ishlash davomiyligi – bir oy qilib belgilandi.
Ish haqini natura shaklida toʻlash tartibi belgilandi
Ushbu shakldagi toʻlov oylik maoshning 30%dan oshmasligi lozim.
Qurilishda nazorat oʻlchovini kimlar oʻtkazishi mumkin
Byudjet tizimi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish qiymati 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan ob’yektlarda nazorat oʻlchovini oʻtkazish uchun jalb qilinadigan tijorat tashkilotlarini tanlash tartibini belgilovchi Nizom tasdiqlanmoqda.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


