Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
10.03.23

Xususiy sud ekspertlarining kasb etikasi qoidalari tasdiqlandi

Kasb etikasi qoidalarining maqsadi – nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida sud-ekspertlik faoliyatiga boʻlgan hurmat va ishonchni oshirish.

10.03.23

Jismoniy shaxslar ayrim toʻlovlar boʻyicha vositachilik haqi toʻlashdan ozod etiladi

Poytaxtdagi savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari tomonidan naqd pul yechish xizmatini koʻrsatishga ruxsat beriladi.

09.03.23

Eronning ShHTga kirishi toʻgʻrisidagi xalqaro shartnoma tasdiqlandi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat maqomini olish uchun Eron Islom Respublikasining majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandum tasdiqlandi.

07.03.23

Zulfiya nomidagi mukofot – iqtidorli qizlarga

Mamlakatimizning 28 nafar qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari boʻlishdi.

06.03.23

Avtomaktablar oʻqituvchilari qanday malaka oshiradilar

Ta’lim tashkilotlari oʻqituvchi va haydovchi-yoʻriqchilarining malakasini oshirish har 3 yilda bir marta amalga oshiriladi.

06.03.23

AI-80 benziniga aksiz soligʻini «nol» stavkada qoʻllash yil oxirigacha uzaytiriladi

Mazkur chora neft mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida qoʻllanilmoqda.

03.03.23

Yangi Mehnat kodeksi boʻyicha ta’tilni qanday qayta hisoblash kerak

Tashkilot xodimlarida mehnat ta’tilining umumiy davomiyligi bugungi kunda yigirma toʻrt ish kunini (asosiy oʻn besh kun + jamoa shartnomasi boʻyicha qoʻshimcha toʻqqiz kun) tashkil qiladi. Yangi MK joriy etilishi bilan xodimlar uchun ta’tillarni kalendar kunlarda qanday hisoblash kerak? Ularning davomiyligini oʻzgartirmasa boʻladimi?

03.03.23

Oʻrindoshlik asosidagi ish pensiyaga qanday ta’sir qiladi

Pensiyani hisoblashda ish staji va oʻrindoshlik asosidagi daromad hisobga olinish-olinmasligini kadrovik.uz iltimosiga koʻra byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijroiya boshqarmasi metodologiya boʻlimi boshligʻi Farrux Pardayev tushuntirdi.

03.03.23

Davlat ishtirokidagi 31 ta yirik korxonalar isloh qilinadi

Ularning ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) “UzAssets” investitsiya kompaniyasiga boshqaruvga beriladi.

02.03.23

“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da nimalar belgilangan

2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

01.03.23

2023 yil uchun statistika dasturi tasdiqlandi

Dasturni amalga oshirish uchun 195,2 mlrd soʻm ajratildi.

01.03.23

Muvofiqlikni baholash organlari akkreditatsiyadan qanday oʻtkaziladi

Akkreditatsiyaning vazifalari – manfaatdor taraflarning akkreditatsiyadan oʻtgan sub’yektlar faoliyatiga boʻlgan ishonchini ta’minlash, muvofiqlikni baholash sohasida yagona texnika siyosati amalga oshirilishini ta’minlash.

01.03.23

AT sohasida tahsil olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi

Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

01.03.23

Nogironligi bor shaxslarga davlat xizmatlari navbatsiz koʻrsatiladi

Shuningdek, “Maxsus pedagogika, defektologiya” magistratura mutaxassisliklari boʻyicha davlat OTMlarida oʻqish toʻliq byudjet asosida boʻladi.

28.02.23

Pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar ajratiladi

Prezident tomonidan “Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

28.02.23

Kasanachilik qanday qoʻllab-quvvatlanadi

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan 19 ta qoʻshimcha faoliyat turlari roʻyxati tasdiqlandi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni endi kasanachi sifatida tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish faoliyatiga yollash mumkin.

27.02.23

1 martdan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2023 yil 1 martdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

24.02.23

Qishloq xoʻjaligida aholi bandligi qanday oshiriladi

Buning uchun fermer xoʻjaliklariga preferensiyalar berish yoʻli bilan yer uchastkalaridan samarali foydalanish boʻyicha eksperiment ishga tushiriladi.

24.02.23

Chet elda ishlaydiganlar uchun pensiya staji va daromadlari qanday hisoblanadi

Qanday hollarda chet elda ishlash pensiyani hisoblashda ish stajiga kiritilishi va bunda daromad qanday hisoblanishini kadrovik.uz iltimosiga koʻra byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro boshqarmasi metodologiya boʻlimi boshligʻi Farrux Pardayev tushuntirdi.

24.02.23

Sud-ekspertiza tadqiqotlari qanday oʻtkaziladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ekspertiza oʻtkazish muddati 30 kundan oshmasligi lozimligi belgilangan.

23.02.23

Kimni va qaysi yoshdan ishga qabul qilish mumkin

Oʻzbekistonda kim ishchilarni yollashga haqli? Ishga necha yoshdan va qanday shartlarda qabul qilish mumkin? Xodimlarning yoshi bilan bogʻliq mehnat shartlarining buzilishi uchun kim va qay darajada javobgar boʻladi?

23.02.23

Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar belgilandi

Harbiy xizmatchilar turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kompensatsiyani ipoteka krediti asosida olinayotgan qurilayotgan turar joy foydalanishga topshirilgunga qadar olishadi.

22.02.23

Ish beruvchining ichki hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi

Qaysi hujjat turlari ichki hujjatlarga kiritiladi va qanday qilib ularni toʻgʻri rasmiylashtirish mumkin? Agar tashkilotda ichki hujjat boʻlmasa, ammo u xodimlarning vakillik organi bilan tasdiqlanishi kerak boʻlsa, nima qilish lozim? Mikrofirmalarda ichki hujjatlar boʻlishi shartmi?

20.02.23

Yaylovlardan foydalanish tartibi takomillashtirilmoqda

Jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berilgan yaylovlar xatlovdan oʻtkaziladi.

20.02.23

Jamoat transporti bosqichma-bosqich brutto-shartnomaga oʻtkaziladi

Prezident tomonidan “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

18.02.23

Avvalgi ish joyi boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilish YaMMTda roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa

Yangi xodimni (asosiy ish joyiga) shtatga ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ma’lumot YaMMTga kiritilganda, kadrlar xizmati u eski asosiy ish joyi boʻyicha ishdan boʻshatilmaganligini aniqladi, aniqrogʻi – ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar YaMMTga kiritilmagan.

18.02.23

YaMMT yordamida xodimni ishdan boʻshatish haqida qanday xabardor qilish kerak

my.mehnat.uz saytida ish beruvchining tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida xodimga ogohlantirish xatini yuborish va roʻyxatdan oʻtish imkonini beruvchi funksional paydo boʻldi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.