Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
28.09.17

Magistral tarmoqlar podstansiyalari modernizatsiya qilinadi

Prezidentning 16.09.2017 yildagi PQ-3284-son “Jahon banki ishtirokida “Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

28.09.17

Toʻrtta viloyatda mikroGES quriladi

Vazirlar Mahkamasining 14.09.2017 yildagi 724-son qarori bilan mikrogidroelektrostansiyalarni qurish boʻyicha tajriba loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilmoqda

28.09.17

Taxiatosh IESni modernizatsiya qilishga 678 mln dollar investitsiya qilinadi

Prezidentning 11.09.2017 yildagi PQ-3264-son qarori bilan «Taxiatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatdagi ikkita bugʻ-gaz qurilmalari qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar qabul qilindi

28.09.17

Prezident oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi

Prezidentning 27.09.2017 yildagi “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi

28.09.17

Tibbiyot tashkilotlari eskirgan uskunalarni 2023 yilgacha almashtirishi shart

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2928, 2017 yil 11 sentyabr) bilan Tibbiy uskunaning ma’nan eskirganlik darajasini aniqlovchi mezonlar tasdiqlandi

28.09.17

Pedagoglar hududiy markazlarda malaka oshiradi

Prezidentning 26.09.2017 yildagi «Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

27.09.17

Kredit rasmiylashtirayotganda kafillik haqida qaygʻuring

Vazirlar Mahkamasining 8.09.2017 yildagi 704-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

27.09.17

Bojxonachilar uchun ustamalar miqdorlari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 14.09.2017 yildagi 721-son qarori bilan bojxona organlari xodimlariga uzoq xizmat muddati uchun ustamalar va oziq-ovqat payogi oʻrniga har oyda beriladigan pul kompensatsiyasi miqdorlari tasdiqlandi

27.09.17

Akademik litseylarda oʻqish muddati 2 yilgacha qisqartirildi

Prezidentning 26.09.2017 yildagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

27.09.17

Rossiya neft va gaz davlat universiteti filiali zarur jihozlar bilan ta’minlanadi

Prezidentning 25.09.2017 yildagi PQ–3287-son «Toshkent shahrida I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti filiali faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

27.09.17

Savdolar natijalari OʻzRVB saytida joylashtiriladi

Markaziy bank Boshqaruvi qarorlari (roʻyxat raqami 552-4, 2017 yil 26 sentyabr; roʻyxat raqami 1140-4, 2017 yil 26 sentyabr) bilan Chiqarilgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalariga xizmat koʻrsatish va ularning muomalasi toʻgʻrisida nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi

27.09.17

Soliq maslahatchilarining xulosasida nima boʻlishi kerak?

Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-1, 2017 yil 11 sentyabr) bilan Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) «Soliq maslahati boʻyicha hisobot tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi»ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

27.09.17

JShDS kimga, qachon va qancha solinadi?

“NORMA” professional rivojlanish markazida “2017 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JShDS)ni hisoblash va toʻlash” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi

26.09.17 NHH loyihalari
26.09.17

Musodara qilish taomili yengillashtiriladi

Ushbu sharhda – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasiga izohlari

26.09.17

Daryolarni ruxsatsiz tozalaganlik uchun jazolashadi

Prezidentning 25.09.2017 yildagi PQ–3286-son «Suv ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

26.09.17

Fargʻona vodiysining suv ta’minotiga 228,2 mln dollar investitsiya qilinadi

Prezidentning 16.09.2017 yildagi PQ–3282-son qarori bilan Jahon banki ishtirokidagi «Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari qabul qilindi

26.09.17

Qora metallar parchalari va chiqindilari bozor narxida sotib olinadi

Prezidentning 15.09.2017 yildagi PQ-3277-son “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

26.09.17 NHH loyihalari
26.09.17

Tabiiy monopoliyalar narxlari bir oy ichida tasdiqlanadi

Deputatlar Aksavli Tumishova va Aliya Yunusova “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi boʻyicha tushuntirish berdi

26.09.17

«Sultanova TA’LIM» oʻquv markazi yangi oʻquv kursini ishlab chiqdi

«Sultanova TA’LIM» oʻquv markazi tinglovchilarning koʻp sonli takliflariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida yangi «Kichik korxonalar uchun buxgalteriya va soliq hisobi» / «Buxgalterskiy i nalogoviy uchet dlya malix predpriyatiy» kursini ishlab chiqdi

26.09.17

Iste’molchilar kommunal xizmatlar uchun kvitansiyalar toʻldirishmaydi

Vazirlar Mahkamasining 14.09.2017 yildagi 726-son “Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

26.09.17

VS’H uchun ichki tartib qoidalari tasdiqlandi

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2929, 2017 yil 12 sentyabr) bilan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalari tasdiqlandi

25.09.17

Tabiiy resurslardan foydalanishda qoidalarga rioya qiling

14.09.2017 yildagi OʻRQ-446-son Qonun bilan «Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida»gi va «Yer osti boyliklari toʻgʻrisida»gi Qonunlarga qoʻshimchalar kiritildi

25.09.17

Profilaktika inspektorlari aholi oldida qanday hisobot beradi?

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2930, 2017 yil 13 sentyabr) bilan Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining hisobotini fuqarolar yigʻinlarida eshitish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

25.09.17

Baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish – dastur hujjatlari boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 avgustdagi 719-son qarori bilan 2017-2021 yillarda baliqchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi va 2017-2021 yillarda baliqchilik sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari ma’qullandi

25.09.17

Dorixonalar uchun tovar cheklari tasdiqlandi

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2927, 2017 yil 11 sentyabr) bilan Tovar cheklarini berish boʻyicha asbob-uskunalar mavjud boʻlmagan yoki nosoz boʻlgan yoxud elektr energiyasi vaqtincha oʻchirilgan hollarda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotishda foydalaniladigan tovar cheklari kitobining shakli tasdiqlandi

25.09.17

Toshkentda 103 ming tup daraxt oʻtqaziladi

Prezidentning 11.09.2017 yildagi PQ–3262-son qarori bilan 2018-2020 yillarda avtomobil yoʻllarini, shu jumladan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va shaharlar koʻchalarini koʻkalamzorlashtirish dasturi tasdiqlandi

25.09.17

Paxta terimchilariga qancha haq toʻlanadi?

Vazirlar Mahkamasining 14.09.2017 yildagi 723-son qarori bilan 2017 yil hosili paxta xom ashyosini terish uchun mehnatga haq toʻlash tarif stavkalari tasdiqlandi

25.09.17

«TMEK» dasturiy kompleksi yangilanadi va Sogʻliqni saqlash vazirligiga beriladi

Vazirlar Mahkamasining 12.09.2017 yildagi 714-son «Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.