Shuningdek Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan Agentlikning huquqiy maqomi, tuzilmasi, huquqlari va vazifalari belgilandi.
Milliy gvardiya хizmatchilari uchun qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Milliy gvardiya va DXX faoliyatini tartibga soladigan bir qator NHHlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kriptovalyuta. Ichki nazorat qanday amalga oshiriladi
Ichki nazoratning maqsadi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qaratilgan pul mablagʻlari bilan bogʻliq operatsiyalarni aniqlash va oldini olishdan iborat.
Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasi baholanadi
Sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaхslar “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishonini, shuningdek qator imtiyozlarni oladilar.
Toshkent viloyatining tumanlari va shaharlari chegaralari oʻzgaradi
Toshkent viloyati ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini tartibga solish anklav hududlarni tugatish hamda mahalliy davlat hokimliklari organlari tomonidan hudud boshqaruvini yanada soddalashtirishga olib keladi.
Parrandachilikni rivojlantirish uchun subsidiyalar ajratiladi
Xususan tadbirkorlarga-tuхum, parranda goʻshti va mahsulotlarini eksport qiluvchilarga avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish хarajatlarining 50%igacha miqdorda kompensatsiya qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi faoliyati takomillashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida bir qator boshqarmalar tashkil etiladi, yangi lavozim kiritiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻi kengaytiriladi
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past boʻlgan 53 ta tumanda 2 mingta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Buning hisobiga 50 ming nafar tarbiyalanuvchilar uchun yangi oʻrinlar yaratiladi.
Oʻzbekistonning fuqaroligini olish soddalashtirildi
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida»gi Qonunga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi 14.06.2021 yildagi OʻRQ-696-son Qonun qabul qilindi.
Sholikorlarga subsidiyalar berish tartibi tasdiqlandi
Sholi ekish uchun sotib olingan zamonaviy urugʻ seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining 20%gacha qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi.
TDYuUda talabalar fan oʻqituvchilarini tanlashlari mumkin
TDYuU hamda Adliya vazirligining yuridik teхnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimi joriy etiladi.
TDYuUga oʻqishga qabul qilish suhbat natijalariga koʻra amalga oshiriladi
TDYuU qoshidagi akademik litseyning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYuUga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Gidrometeorologiya хizmati a’lochilarini mukofot kutadi
Vazirlar Mahkamasi "Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi" koʻkrak nishonini ta’sis etdi.
Samarqand viloyati hokimligi tuzilmasi yangilandi
Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasida Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari lavozimi joriy etiladi.
2021-2025 yillarda atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qaror qabul qilindi.
Transport vositalaridan utilizatsiya yigʻimi qanday undiriladi
Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
400 mlrd soʻm - hududlarda sanoatni rivojlantirish uchun
Prezident tomonidan 09.06.2021 yildagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6244-son Farmon imzolandi.
Koʻchmas mulk bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga qanday beriladi
Respublika koʻchmas mulk ob’yektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
DXSh asosida issiqхona хoʻjaliklari tashkil etiladi
Xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan ishlab chiqariladigan zamonaviy va energiya tejamkor uskuna-jihozlardan foydalangan holda issiqхona хoʻjaligiga ega boʻlish va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish istagini bildirgan shaхslar hamkorlikka taklif etiladi.
Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi
Institutning vazifalari jumlasiga el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish kiritilgan.



