Oʻqituvchilar qanday attestatsiyadan oʻtkaziladi
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
subsidiya.mf.uz elektron platformasi yaratildi
U davlat byudjetidan toʻlanadigan subsidiyalar, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlarni ajratishning oshkoraligini ta’minlash, mazkur jarayonda byurokratiya va korrupsiya holatlarining oldini olishga yoʻnaltirilgan.
Shaharsozlik va loyiha hujjatlari ekspertizadan oʻtkaziladi
Ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar va boshqalar undan oʻtkazilmaydi.
Esdalik pul belgilarini qanday xarid qilish mumkin
MBning rasmiy veb-saytida muomalaga chiqariladigan esdalik pul belgilarini sotadigan va qaytarib xarid qilib oladigan MBning hududiy bosh boshqarmalari va tijorat bank filiallari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilinib boriladi.
ITB va OPEK qishloq joylarni rivojlantirishni moliyalashtiradi
Mablagʻlar qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini yangilash, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etishga yoʻnaltiriladi.
Hamshira oʻzini oʻzi band qilgan shaxs boʻlishi mumkin
2021 yil 1 iyuldan boshlab oʻrta tibbiyot xodimlariga oʻzini oʻzi band qilgan holda mustaqil “hamshiralik ishi” bilan shugʻullanishga ruxsat berildi.
Metall prokati sifati boʻyicha talablar oshirildi
Qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqarishda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha komissiya tashkil etiladi. Faqat uning xulosasidan keyin qurilish uchun metall buyumlarini ishlab chiqarish mumkin.
Fuqarolik protsessiga soddalashtirilgan ish yuritish tartibi joriy etiladi
Sudga murojaat qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Agrosanoat qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxiralari va ularning narxlari boʻyicha portalni ishga tushiradi
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yoʻqotishlarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Umumiy mehnat bozori shakllantiriladi
MDH ishtirokchi davlatlarining aholi bandligiga koʻmaklashish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi xalqaro bitim tasdiqlandi.
NKMK oltin ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini quradi
Kompleks "Pistali" konida barpo etiladi, u yiliga tarkibida oltin boʻlgan 4 mln tonna hajmdagi ma’danlarni qazib oladi va qayta ishlaydi.
Ma’muriy va soliq yuki kamaytirildi
Qat’iy belgilangan miqdordagi JShDS toʻlovchisi boʻlgan YaTTlar tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati, shuningdek davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining bir qator nazorat funksiyalari bekor qilinadi.
Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi
Kodeksda turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari koʻrsatuvchi sub’yektlarga imtiyozlar belgilandi.
Oʻzbekistonning ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi joriy etiladi
Alohida hududlarga quyidagilar kiradi: Fargʻona viloyatining Soʻx tumani, Rishton tumanining Choʻngʻara mahallasi, shuningdek Fargʻona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa - 2 koʻchasi.
MIZ ishtirokchilari uchun amaldagi va yangi soliq imtiyozlari haqida
Prezidentning “Maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) ishtirokchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori chiqdi.
DXX organlari xodimlari kunining yangi sanasi belgilandi
Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni 26 sentyabrga koʻchirildi.
Shartnomalarni tuzish tartibi soddalashtirildi
Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilindi.
Seysmik xavfsizlikni ta’minlash qonun bilan tartibga solindi
“Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. U 5 ta bob va 26 ta moddadan iborat.
KKUdagi joy mulkdorlarining majburiy badallari nimaga sarflanadi
Koʻp kvartirali uylardagi joy mulkdorlarining majburiy badallari yoki toʻlovlari miqdorini belgilashda xarajatlarning tarkibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Lizing beruvchining huquqlari qanday himoyalanadi
Lizing kompaniyalarining asosiy muammosi, qoidaga koʻra, lizing oluvchilar tomonidan lizing toʻlovlarining muddati kechiktirilishi yoki toʻlanmasligi hisoblanadi.
Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari tashkil etiladi
Prezidentning “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Jinoyatlarning sodir etilishi sabablari tahlil qilinadi
Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Inson huquqlari boʻyicha Ombudsmanning mintaqaviy vakillari lavozimlari joriy qilinadi
Ularning asosiy vazifalari - inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va oʻtkazish, fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda koʻmaklashish va boshqalar.
Identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirishning yangi sxemalari tasdiqlandi
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Tadbirkorlar talabalar uchun DXSh asosida turar joylar quradi
Qurilish uchun hokimliklar OTMga 0,5 gektargacha boʻlgan yer maydonlarini unga yaqin joylardan ajratadi.
Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktablar mukofotlar oladi
Respublika bosqichida gʻolib boʻlgan maktablar quyidagicha mukofotlanadi: 1-oʻrin uchun - 500 mln soʻm, 2-3 oʻrin uchun - tegishincha 400 va 300 mln soʻm.
Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytiriladi
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Sugʻurta sohasida qanday yangiliklar boʻladi
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasida hayot sugʻurta sohasi va shaxsiy sugʻurta turlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


