Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
01.11.18

Oʻzbekiston Doing Business reytingida 76-oʻrinni egalladi

Jahon banki Guruhining «Doing Business 2019: Training for Reform» ma’ruzasi e’lon qilindi. Oʻzbekiston oʻtgan yilgi tadqiqot bilan solishtirganda 2 ta pozitsiyani yoʻqotdi

01.11.18 NHH loyihalari
01.11.18

2020 yilda pullik yoʻllarni qurishga kirishmoqchilar

Umumfoydalanishdagi muqobil yoʻllar boʻlgan joylarda pullik magistral yoʻllar quriladi. Ularda yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori tezlik belgilanganidan 20 km/soatga ortiq boʻladi, foydalanganlik uchun haq esa sutkadagi vaqtga qarab tabaqalashtiriladi

01.11.18 NHH loyihalari
01.11.18

«Ikkilamchi» garovga qoʻyish osonlashadi

Adliya vazirligi tadbirkorlik sub’yektlarining kreditlardan keng foydalanishini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlarni taklif etdi. Ular Prezidentning qarori bilan tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda, uning loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda

31.10.18

Noyabrda nimalar kuchga kiradi

«Minimalka» oshiriladi, savdo-sotiq qilish qoidalari soddalashtiriladi, unning bozor narxlari joriy etiladi. Ushbu sharhda 2018 yil noyabrdagi shu va boshqa yangiliklar haqida soʻz yuritiladi

31.10.18

Tibbiyot xodimlarining oyligi 26,5%ga, oliy ta’lim va ilm-fan muassasalari xodimlari ish haqi 1,5 barobarga oshiriladi

2019 yilda soliq va majburiy toʻlovlar turi 19 tadan 15 tagacha qisqartiriladi, korxonalar tasarrufida qoʻshimcha 5,2 trln soʻm, tadbirkorlarda esa 2 trln soʻm daromad qoladi. Aholi daromadlari 6,5%ga oshadi

31.10.18 NHH loyihalari
31.10.18

Oʻzbekistonda kosmik faoliyat jadallashtiriladi

Oʻzbekistonda kosmik faoliyatni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. QHTBT portalida Prezident va Hukumat qarorlari loyihalari muhokama qilinmoqda

31.10.18

Savdoni erkinlashtirish 2 bosqichda amalga oshiriladi

Prezidentning 30.10.2018 yildagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni yigʻma sharhini taqdim etamiz

31.10.18

Iroda Ibodullayeva: «Barcha savollarimga javobni bir.uz da topdim»

Agar buxgalterlarning barchasi bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimida oʻqib chiqqanda edi, ijtimoiy tarmoqlar guruhlari va messenjerlarida kasbiy mavzudagi savollar koʻp boʻlmagan boʻlardi. «Bosh buxgalter (soliq solishning soddalashtirilgan tartibi) 2 toifa» ixtisosligi boʻyicha attestatsiya imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan Iroda Ibodullayeva shunday deb hisoblaydi

31.10.18

Korporativ plastik kartochka yordamida hisoblashayotganda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiring

Prezidentning 30.10.2018 yildagi «Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasidagi hisob-kitoblarni rasmiylashtirishning yangi tartibi nazarda tutilgan

31.10.18

Pochta orqali 5 ming dollargacha eksport – ortiqcha qogʻozbozliksiz

Internet tarmogʻi orqali bitta invoys boʻyicha 5 ming AQSh dollarigacha tovar va xizmatlarni eksport qilish boʻyicha bitimlar yozma shartnoma tuzish, TSOYaEATga axborot kiritish va BYuDni rasmiylashtirishni talab etmaydi (Prezidentning 30.10.2018 yildagi Farmoni)

31.10.18

Mahsulotlar harakatini nazorat qilish va hisobga olish tizimlarini avtomatlashtirishda nimalarni inobatga olish zarur?

Oʻzbekistonda mahsulotlar harakatini nazorat qilish va hisobga olish tizimi yaratilmoqda. Uning joriy etilishidan hamma yutadi. Soliqlarning yigʻiluvchanligi oshadi, bozorlar yanada shaffof tus oladi. Qonuniy ishlab chiqaruvchilarning tushumi koʻpayadi, biznes-jarayonlar ham samaraliroq kechadi. Iste’molchilar esa sifatli tovar sotib olganlariga ishonch hosil qila oladilar

31.10.18

Tushumni hajmidan qat’i nazar oʻzlari inkassatsiya qilishlari mumkin, EKIHning 20 baravarigacha – istalgan davrda

Prezidentning 30.10.2018 yildagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi

30.10.18

Prokuratura xodimlariga – uy-joy va avtomobil sotib olish uchun foizsiz qarz

U kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida beriladi. Ushbu imtiyozni olish huquqiga ega xodimlar toifasi, qarz olish tartibi va muddatlari - sharhimizda

30.10.18

Tashqi savdo vazirligi eksportchilar oʻrtasida soʻrov oʻtkazmoqda

Soʻrov natijalariga koʻra mahalliy mahsulotlar xorijiy bozorlarga chiqishi uchun sharoitlarni yaxshilashga doir chora-tadbirlar qabul qilinadi

30.10.18

Pensiya qonunchiligiga oʻzgartirishlar kiritish taklif etildi

Kasallikka chalingan bolalar va qariyalarni parvarishlash bilan shugʻullangan shaxslarning pensiyaga chiqishiga toʻsqinlik qilayotgan cheklovlarni bekor qilish taklif etildi

30.10.18

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning roʻyxatlari kengaytirildi

I – IV roʻyxatlarga (muomalada boʻlishi taqiqlangan va cheklangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar) oʻzgartirishlar kiritildi

30.10.18

Gumonli va shubhali bank operatsiyalari: yangi mezonlar

Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga tuzatishlar kiritildi . Ular 3 oy oʻtgach amal qila boshlaydi

30.10.18

Tergov va surishtiruv jismoniy shaxslarning barcha bank schyotlarini qanday “muzlatishi” mumkin

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 1863-6, 26.10.2018 yil) bilan Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

30.10.18

«SBX»ga - 25 yil! 2019 yilda oʻquvchilarimizni qanday yangiliklar kutmoqda?

Onlayn OAV rivojlanishi bilan gazeta va jurnallarning adadi kamaya boshladi. 2019 yilgi obuna kampaniyasiga kirishgan nashrlar nimaga tayanmoqda? Bu va boshqa savollarga «Norma gazetalari birlashgan tahririyati» MChJ direktori Bahodir Qayumov javob berdi

30.10.18

Ichki oziq-ovqat bozorini ta’minlash nazorat ostiga olinadi

Vazirlar Mahkamasining 25.10.2018 yildagi 866-son qarori bilan respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli ta’minlash chora-tadbirlari qabul qilindi

29.10.18

Alkogol bilan savdo qilishga ruxsatnoma olish uchun onlayn murojaat qilish mumkin

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish, shuningdek umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan uni sotish uchun hujjatlarni yangi davlat interaktiv xizmatlari vositasida taqdim etish mumkin

29.10.18

Valyuta yangi bankomatlarda ayirboshlanadi

Yaqin kunlarda mamlakatimizda xorijiy valyutani milliy valyutaga konvertatsiya qiladigan yangi bankomatlar oʻrnatiladi, deya xabar qiladi UzCard

29.10.18

Qalbakilashtirilgan va muddati oʻtgan tovarlar musodara qilinadi

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 178-moddasiga tuzatishlar kiritildi (22.10.2018 yildagi OʻRQ–503-son Qonun)

29.10.18

Avtomobillarni boshqa shaxsga oʻtkazish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirishga ruxsat berildi

Vazirlar Mahkamasining 28.08.2001 yildagi «Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxslarga berishni tartibga solish toʻgʻrisida»gi 354-son qaroridan 2001 yildan buyon amal qilib kelayotgan taqiq chiqarib tashlandi (VMning 24.10.2018 yildagi 863-son qarori)

29.10.18

Dori vositalarining xorijda roʻyxatdan oʻtkazilganligi qanday tan olinadi

Zarur hujjatlar roʻyxati, yigʻim summasi, arizani koʻrib chiqish muddatlari, Oʻzbekistondan tashqarida amalga oshirilgan roʻyxatdan oʻtkazish natijalarini tan olish tartib-taomili tasdiqlandi

29.10.18

Allergiyani diagnostika qilish va davolash yangi darajaga koʻtariladi

Toshkentda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tashkil etilmoqda (VMning 25.10.2018 yildagi 865-son qarori)

29.10.18

Davlat veterinariya qoʻmitasi mutaxassislari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska qilinishi mumkin

Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritildi

29.10.18

Tadbirkorlik sub’yektlariga bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishga ruxsat berildi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (25.10.2018 yilda 1948-16-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.