Haydovchilar malakasini oshirish – faqat tijoriy tashishlar uchun
Adliya vazirligi tomonidan avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha «Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda
Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar pasaytiriladi, jazo chorasi 18 yoshdan boshlab qoʻllaniladi
Adliya vazirligi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va Mehnat kodeksiga kiritiladigan tuzatishlar paketini ishlab chiqdi. Qonun loyihasi matni idoraning «Huquqiy axborot» telegram-kanali vositasida tarqatildi
Soliq kodeksining yangi tahriri 2018 yil 1 iyulga qadar ishlab chiqiladi
Prezidentning 13.02.2018 yildagi “Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishi imzolandi
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish yoʻnalishlari 2 oylik muddatda aniqlanadi
Prezidentning 12.02.2018 yildagi Oʻzbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi F–5209-son farmoyishi e’lon qilindi
Foto va video suratga olish qayerlarda taqiqlanadi
QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasi hududida jamoat joylari, bino va inshootlarni foto va video suratga olishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirildi
Karantin ruxsatnomasi yoki fitosanitar sertifikati qanday olinadi
Vazirlar Mahkamasining 29.01.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va oʻsimliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 65-son qarori qabul qilindi
OAV va jurnalistlar uchun – yangi kafolatlar va majburiyatlar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida» va «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonunlarga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar muhokamasi yakunlandi
Zarur yoʻlakni tanlamadingizmi – huquqbuzarga aylandingiz
DBQ aksiz soligʻi solinmaydigan zargarlik buyumlarini olib kirish me’yorlari toʻgʻrisida eslatib oʻtdi
MB qayta moliyalashtirish stavkasini oʻzgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalashtirish stavkasini joriy yilda yillik 14% darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi
Kichik hajmli kemalar: roʻyxatdan oʻtkazish, texnik koʻrikdan oʻtkazish va foydalanish
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari (roʻyxat raqami 2967, 2968, 2969, 6.02.2018 yil) bilan kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish, texnik koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari tasdiqlandi
2018 yilda Oliy Majlisga qanday qonun loyihalari kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining 2.02.2018 yildagi 73-son qarori bilan 2018 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi tasdiqlandi
Jinoyat ishi protest berilmay nazorat tartibida qayta koʻrilishi mumkin
29.01.2018 yildagi OʻRQ–463-son Qonun bilan jinoyat ishlari boʻyicha sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish tartibi birmuncha oʻzgartirildi. Jinoyat-protsessual kodeksga tegishli tuzatishlar «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 1.04.2018 yildan kuchga kiradi
Sud va DSB: bankrotlik haqida ariza topshiring – soliq qarzi I yarim yillikda hisobdan chiqariladi
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi va poytaxt Davlat soliq boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan seminarda sobiq yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzini hisobdan chiqarish boʻyicha rejalar xususida soʻz bordi
United Tax Advisors soliq toʻlovchilarni seminarga taklif etadi
Tadbirkor uchun “soliq tekshiruvi”dek qoʻrqinchli va vahimali soʻz boʻlmasa kerak. Aslida undan choʻchishning hech hojati yoʻq. Shunchaki uni oʻtkazishning ba’zi bir oʻziga xosliklarini bilib olish kifoya. Bu esa tekshiruvchilarning kelishiga oldindan tayyorgarlik koʻrish va hattoki, ularning tashrifi uchun hojat qoldirmaslik imkonini beradi
Yuk mashinalari, maxsus transport va avtobuslar (mikroavtobuslar)ni texnik koʻrikdan oʻtkazish qimmatlashadi
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi (9.02.2018 yilda 2303-2-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun toʻlovlarning yangi stavkalari belgilandi
96%li spirt oboroti tartibga solindi
Sogʻliqni saqlash vazirining 6.02.2018 yilda 2970-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan buyrugʻi bilan Etil spirtini realizatsiya qilish, berish, saqlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Oʻzbekistonda ichki turizmni rivojlantirish uchun nimalar qilinmoqda
Prezidentning 7.02.2018 yildagi PQ–3514-son «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Xorazm viloyatida 5 ta kichik sanoat zonasi barpo etildi
Prezidentning 6.02.2018 yildagi PQ–3513-son Xorazm viloyatida davlat mulki ob’yektlarini tadbirkorlik sub’yektlariga sotish va kichik sanoat zonalarini barpo etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori e’lon qilindi
«Oʻzstandart» «Halol» standarti boʻyicha sertifikatlashni joriy etmoqda
«Oʻzstandart» agentligi «Halol» oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha umumiy qoʻllanma O’z DSt 3286:2018 davlat standartini amalga kiritdi. Yaqin kunlarda Mahsulotni sertifikatlash boʻyicha organlar uchun tegishli Qoʻllanma chiqariladi
Tovarlarni bojsiz olib kirish normalari qayta koʻrib chiqildi
Prezidentning 6.02.2018 yildagi PQ-3512-son jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni yanada tartibga solishga doir qarori qabul qilindi
1 gektardan ortiq uchastkaga ega YaST toʻlovchilar yer soligʻi hisob-kitobini qachon taqdim etadi
1 gektardan ortiq yer uchastkalariga ega boʻlgan yagona soliq toʻlovini (YaST) toʻlovchilar tomonidan yer soligʻi hisob-kitobini taqdim etish muddatlari aniqlashtirildi
Pensiyani 100% oluvchi xodimlar safi kengaymoqda
Prezidentning 7.02.2018 yildagi PF–5328-son Farmoni bilan ishlovchi pensionerlarning ayrim toifalariga pensiyani toʻliq toʻlash nazarda tutilmoqda
Xodimlar uchun turistik tur sotib oldingizmi – soliq imtiyozlari
Prezidentning 7.02.2018 yildagi PQ-3514-son qarori bilan turistik turlarni sotib olganda va turistik infratuzilmani saqlash sohasida soliq imtiyozlari joriy etilmoqda
Joriy yilda 346 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi
Prezidentning 3.02.2018 yildagi PQ-3506-son qarori bilan 2018 yil uchun aholi bandligiga koʻmaklashish Davlat dasturi tasdiqlandi va uni roʻyobga chiqarishga doir chora-tadbirlar qabul qilindi
Xavfli ob’yektlar sugʻurta qilinmaganligi uchun EKIHning 15 baravarigacha jarima joriy qilinadi
QHTBT portalida qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Unga koʻra xavfli ishlab chiqarish ob’yektida avariya yuz bergan taqdirda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sugʻurta qilish talabi buzilganligi uchun ma’muriy jazo joriy qilinadi
Coliq ta’tillari qanday beriladi
QHTBT portalida Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirilgan
TSV tadbirkorlarni Ekspert kengashiga taklif etadi
Tashqi savdo vazirligi huzurida Ekspert kengashi tuzilmoqda. U eksportchilarni xar tomonlama qoʻllab-quvvatlash, logistika tizimini rivojlantirish va tashqi savdo hajmlarini oshirish dasturlarini ishlab chiqish hamda implementatsiya qilish bilan shugʻullanadi
Coʻmdagi eng foydali omonatlar. Fevral 2018
Bank omonatlari yordamida kapitalni qanday koʻpaytirish mumkin? Mamlakatimiz banklarining ancha manfaatli takliflari tahlilini e’lon qilamiz
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


