Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
31.10.18

Tushumni hajmidan qat’i nazar oʻzlari inkassatsiya qilishlari mumkin, EKIHning 20 baravarigacha – istalgan davrda

Prezidentning 30.10.2018 yildagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi

30.10.18

Prokuratura xodimlariga – uy-joy va avtomobil sotib olish uchun foizsiz qarz

U kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida beriladi. Ushbu imtiyozni olish huquqiga ega xodimlar toifasi, qarz olish tartibi va muddatlari - sharhimizda

30.10.18

Tashqi savdo vazirligi eksportchilar oʻrtasida soʻrov oʻtkazmoqda

Soʻrov natijalariga koʻra mahalliy mahsulotlar xorijiy bozorlarga chiqishi uchun sharoitlarni yaxshilashga doir chora-tadbirlar qabul qilinadi

30.10.18

Pensiya qonunchiligiga oʻzgartirishlar kiritish taklif etildi

Kasallikka chalingan bolalar va qariyalarni parvarishlash bilan shugʻullangan shaxslarning pensiyaga chiqishiga toʻsqinlik qilayotgan cheklovlarni bekor qilish taklif etildi

30.10.18

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning roʻyxatlari kengaytirildi

I – IV roʻyxatlarga (muomalada boʻlishi taqiqlangan va cheklangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar) oʻzgartirishlar kiritildi

30.10.18

Gumonli va shubhali bank operatsiyalari: yangi mezonlar

Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga tuzatishlar kiritildi . Ular 3 oy oʻtgach amal qila boshlaydi

30.10.18

Tergov va surishtiruv jismoniy shaxslarning barcha bank schyotlarini qanday “muzlatishi” mumkin

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 1863-6, 26.10.2018 yil) bilan Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

30.10.18

«SBX»ga - 25 yil! 2019 yilda oʻquvchilarimizni qanday yangiliklar kutmoqda?

Onlayn OAV rivojlanishi bilan gazeta va jurnallarning adadi kamaya boshladi. 2019 yilgi obuna kampaniyasiga kirishgan nashrlar nimaga tayanmoqda? Bu va boshqa savollarga «Norma gazetalari birlashgan tahririyati» MChJ direktori Bahodir Qayumov javob berdi

30.10.18

Ichki oziq-ovqat bozorini ta’minlash nazorat ostiga olinadi

Vazirlar Mahkamasining 25.10.2018 yildagi 866-son qarori bilan respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli ta’minlash chora-tadbirlari qabul qilindi

29.10.18

Alkogol bilan savdo qilishga ruxsatnoma olish uchun onlayn murojaat qilish mumkin

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish, shuningdek umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan uni sotish uchun hujjatlarni yangi davlat interaktiv xizmatlari vositasida taqdim etish mumkin

29.10.18

Valyuta yangi bankomatlarda ayirboshlanadi

Yaqin kunlarda mamlakatimizda xorijiy valyutani milliy valyutaga konvertatsiya qiladigan yangi bankomatlar oʻrnatiladi, deya xabar qiladi UzCard

29.10.18

Qalbakilashtirilgan va muddati oʻtgan tovarlar musodara qilinadi

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 178-moddasiga tuzatishlar kiritildi (22.10.2018 yildagi OʻRQ–503-son Qonun)

29.10.18

Avtomobillarni boshqa shaxsga oʻtkazish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirishga ruxsat berildi

Vazirlar Mahkamasining 28.08.2001 yildagi «Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxslarga berishni tartibga solish toʻgʻrisida»gi 354-son qaroridan 2001 yildan buyon amal qilib kelayotgan taqiq chiqarib tashlandi (VMning 24.10.2018 yildagi 863-son qarori)

29.10.18

Dori vositalarining xorijda roʻyxatdan oʻtkazilganligi qanday tan olinadi

Zarur hujjatlar roʻyxati, yigʻim summasi, arizani koʻrib chiqish muddatlari, Oʻzbekistondan tashqarida amalga oshirilgan roʻyxatdan oʻtkazish natijalarini tan olish tartib-taomili tasdiqlandi

29.10.18

Allergiyani diagnostika qilish va davolash yangi darajaga koʻtariladi

Toshkentda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tashkil etilmoqda (VMning 25.10.2018 yildagi 865-son qarori)

29.10.18

Davlat veterinariya qoʻmitasi mutaxassislari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska qilinishi mumkin

Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritildi

29.10.18

Tadbirkorlik sub’yektlariga bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishga ruxsat berildi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (25.10.2018 yilda 1948-16-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

29.10.18

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari: biznes uchun yangiliklar

Energiyaning prognoz hajmiga har yilgi buyurtmanomalar va namunaviy shartnomalar bekor qilindi, yuklamalar soatlari va quvvat koeffitsiyenti pasaytirilganligi uchun qoʻshimcha mablagʻlarni undirish tartibi oʻzgartirildi. Ushbu sharhda Elektr energiyasidan foydalanish qoidalaridagi tadbirkorlar uchun yangiliklar haqida soʻz yuritamiz

26.10.18

Istalgan elektr hisoblagichni sotib olish, oʻrnatish va qiyoslovdan oʻtkazish – ETK hisobidan

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻz abonentlarining barcha hisoblagichlarini saqlash xarajatlarini oʻz zimmasiga oladi. Koʻp kvartirali turar joylar hamda yotoqxonalarda yashovchi iste’molchilar elektr plitalar oʻrnatish texnik shartlarda nazarda tutilgan holdagina elektr energiyasi haqini 50%lik chegirma bilan toʻlay oladilar

26.10.18

Xususiy investorlar kimyo sanoatini rivojlantirishga yordam beradilar

Kimyo sanoatining toʻrtta yirik korxonasi ustav kapitalidagi davlat ulushi va “Oʻzkimyosanoat” AJ ulushi xususiy investorlarga sotiladi (xususiylashtiriladi)

26.10.18

Monografiyani bosmaga qanday tayyorlash mumkin

Ilmiy ishlarni bosib chiqarish – har bir olimning hayotidagi muhim hodisa. Biroq bosmaga tayyorlash ilmiy faoliyatdan chalgʻitadi va mualliflar uchun haqiqiy bosh ogʻrigʻi boʻlishi mumkin. TOP PRINT iqtisodiy-huquqiy nashriyoti ularga yordam berish niyatida oʻz xizmatlarini taklif etadi

26.10.18

NNT tomonidan noqonuniy faoliyat va qonunbuzarliklar haqida adliya organlariga xabar beriladi

Qonun hujjatlarini buzayotgan NNTni aniqlash uchun adliya organlarining boshqa davlat boshqaruvi organlari, hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi belgilandi (VMning 23.10.2018 yildagi 854-son qarori)

26.10.18

Vatandoshlarga – soddalashtirilgan viza va fuqarolik, ishga joylashtirish va boshqa yordam

Prezidentning 25.10.2018 yildagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

26.10.18

Kichik sanoat korxonalari va mikrofirmalarning arzon kreditlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi

Yaqin 12 yilda mamlakatimizni sanoatlashuv va innovatsiyalar faol joriy etilishi kutmoqda. 2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarda ana shular nazarda tutilgan

25.10.18

YHQni buzgan shaxslarga SMS orqali xabar beriladi, bir qator hollarda guvohnomalarni olib qoʻyishda davom etadilar

Bir qator resurslar IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiga havola qilgan holda Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqish tartibiga oʻzgartirishlar kiritilganligi haqida xabar bermoqda. Yangilikni yuridik nuqtai nazardan koʻrib chiqamiz

25.10.18

Axborotga qanday yoshga oid cheklovlar qoʻyiladi

Yoshga oid tasniflash mezonlari tasdiqlandi va uni amalga oshirish, axborot mahsulotini yoshga oid toifa belgisi bilan markalash, shuningdek bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qiluvchi dasturiy-apparat va texnika vositalarini qoʻllash mexanizmi belgilandi

25.10.18

Propiskasiz ishga joylashish toʻgʻrisidagi Qonun tasdiqlandi, 1 ta qonun loyihasi rad etildi, yana 2 tasi puxta ishlanishi kerak

24 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar

25.10.18

Ichki ishlar organlarining 26 nafar xodimi mukofotlandi

25 oktyabr – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni arafasida huquq-tartibot xizmatchilari medallar va ordenlar bilan mukofotlandi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi tash­kil etil­di

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

«Elektr xav­fsiz­li­gi oy­li­gi»: maqsad va va­zi­fa­lar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.