Turistlarni vaqtincha roʻyxatga olish soddalashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 sentyabr kuni mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
IT-mutaxassislar viza uchun qanday tavsiya oladilar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Texnopark rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari)ga tavsiyalar berish tartibi tasdiqlandi.
Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi oʻzgartirilmoqda
Endilikda bojxona qiymatini hisoblash uchun muqobil manbalar sifatida rasmiy nashr etilgan ma’lumotnomalar, byulletenlar, birja kotirovkalari, ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilar tomonidan belgilangan narxlar va boshqa ma’lumotlardan foydalanish mumkin.
Bepul yurish imtiyozi – YaIDXP orqali
Ayrim toifadagi fuqarolar hududiy transport boshqarmalarida shahar yoʻlovchilar transportida bepul yurish imtiyozini olishlari mumkin.
Toshkent shahrini koʻkalamzorlashtirish boʻyicha Bosh reja tasdiqlandi
2024 yilga qadar poytaxtni yashillik darajasini 30%ga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Hujjat aylanishi qanday maqbullashtiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha "yoʻl xaritasi" qogʻozbozlikni qisqartirishni nazarda tutadi. DSQda idora mutaxassislarining tadbirkorlar bilan uchrashuvi oʻtkazildi, unda ushbu vazifani hal qilish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tartibi belgilandi
Sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi elektron ariza va kerakli hujjatlarni DBQning “Yagona darcha” tizimi orqali sertifikatlashtirish organiga yuborishi lozim.
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun dori vositalari roʻyxati kengaytirildi
Sogʻliqni saqlash vazirligi orfan dori vositalari roʻyxatini yangiladi.
Quyosh va shamol elektr stansiyalarini xarid qilganlik uchun kompensatsiya toʻlanadi
Shuningdek, quyosh, shamol elektr stansiyalari ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar va kichik GESlar roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 3 yil davomida foyda soligʻi hamda mol-mulk soligʻini belgilangan stavkalarning 50 foizi miqdorida toʻlaydi.
Tadbirkorlarni tekshirish tartibi oʻzgartirildi
Endilikda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olinadi. Roʻyxatga olinmagan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.
Senatning oʻttiz ikkinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi
Majlisda Oʻzbekiston Davlat byudjetining birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha ijrosi, pensiya ta’minotidagi oʻzgartirishlar, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi, “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi qonunlar va boshqalar muhokama qilindi.
Kripto-doʻkon faoliyati qanday amalga oshiriladi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Kripto-doʻkon faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Ekin maydonlari fuqarolarga 30 yil muddatga ijaraga beriladi
Prezident tomonidan dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Prezident huzurida Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi
Uning vazifalari orasida – amalga oshirilayotgan islohotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda ularning samaradorligini baholash, rasmiyatchilik, sansalorlik va korrupsiyaviy holatlarga sharoit yaratuvchi tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish.
Moliyaviy xizmatlar koʻrsatishga qoʻyiladigan talablar tasdiqlandi
Xususan, mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning moliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartnomalarining matni iste’molchilar tushunishi uchun aniq va sodda tarzda bayon etilishi lozim.
Davlat organida korrupsion xavf-xatarni qanday aniqlashadi
Davlat organlari, unitar korxonalar va davlat ulushi bor tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash Uslubiyoti tasdiqlandi.
Tranzit deklaratsiyasini qanday rasmiylashtirish lozim
Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish "Ye-Tranzit" avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasining vazifalari belgilandi
Jamgʻarmaning ustav kapitali investorlar bilan loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan qoʻshimcha investitsiyalarni hisobga olib, bosqichma-bosqich 1 mlrd AQSh dollariga yetkaziladi.
Asosiy stavka - yillik 15%
Markaziy bank boshqaruvi 2022 yil 8 sentyabrda asosiy stavkani avvalgi darajada saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Bojxona sohasidagi tartib-taomillar soddalashtirilmoqda
Bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga bojxona yigʻimlari, xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini deklaratsiya qilish, chet el fuqarolari uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyati va boshqalarga oid oʻzgartirishlar kiritildi.
Oliy Majlis Senatining XXXII yalpi majlisi 13 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi
Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining navbatdagi majlisida qabul qilindi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar qanday lavozimlarda ishlashlari mumkin
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tavsiya etilgan ishchi kasblar va xizmat lavozimlari roʻyxati tasdiqlanib, ularning faoliyat yuritishi uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi onlayn aniqlanadi
Indeks yangi «Business Indicator» avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi orqali aniqlanadi.
Ichki sayohatlar xarajatlarining bir qismi qanday qaytariladi
Avia- va temir yoʻl chiptalari, mehmonxonada yashash, teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga tashrif xarajatlari qaytariladi.
Qoraqalpogʻiston tadbirkorlariga qoʻshimcha imtiyozlar beriladi
Jumladan, foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha soliq stavkalari kamaytiriladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining narxi barqarorlashtiriladi
Prezident raisligida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash va zaxirasini yaratish chora-tadbirlari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash telefon raqami orqali amalga oshiriladi
Endilikda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʻshimcha ravishda jismoniy shaxsni uning mobil telefon raqami yordami identifikatsiyalash mumkin.
Tadbirkorlik kodeksi yana muhokama uchun joylashtirildi
Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik kodeksining yangilangan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


