Paxta sanoati qayta tashkil etiladi
Prezidentning 2015 yil 27 oktyabrdagi Farmoni bilan paxta xomashyosini qabul qilish, qayta ishlash va eksport qilish boʻyicha “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tashkil etilmoqda
Parvoz xavfsizligi uchun axborot nazorati
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi bilan Fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining parvoz ma’lumotlarini yigʻish, tahlil qilish, saqlash hamda ulardan foydalanish boʻyicha aviatsiya qoidalari tasdiqlandi.
Yergeodezkadastr nima bilan shugʻullanadi
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining roʻyxati tasdiqlandi
Oʻqituvchilarga yuklamalar belgilandi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining buyrugʻi bilan Oliy ta’lim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalari tasdiqlandi
Tarbiyaga olingan bolalar uchun narsalar sotib olish tartibi oʻzgardi
Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan ta’minlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi
Oʻqituvchilarga mashgʻulotlarni oʻtkazganlik uchun soatbay haq toʻlash miqdorlari oshirildi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qoʻshma qarori bilan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash Miqdorlari tasdiqlandi
Qayta moliyalash stavkasi oldingi darajada qoldi
Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborot xizmati 26 oktyabrda xabar berdi
Natijalar kelajak uchun zamin yaratadi
Toshkent shahrida adliya organlari va muassasalari tomonidan shu yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida qilinishi lozim boʻlgan vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi
Xorijga chiqish tartibi oʻzgardi
Vazirlar Mahkamasining 22.10.2015 yildagi 301-son qarori bilan Oʻzbekiston Hukumatining bir qator qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Elektron bitimlarni bojxonada hisobga qoʻyish kerak emas
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qoʻyish Tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Pensiya hisoblash uchun qogʻoz shaklidagi ma’lumotnomalar bekor qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 19.10.2015 yildagi 297-son qarori bilan "Pensiya" dasturiy majmui negizida pensiya ta’minotining yangi yagona idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish topshirildi
Onlayn-doʻkonlardan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori bilan avval qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish uchun Bojxona yuk deklaratsiyasi (BYuD)ni toʻldirish tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritildi
Import tovar qanday sertifikatlashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 14.10.2015 yildagi 292-son qarori bilan muvofiqlikni baholash va metrologik xizmatlar boʻyicha organlar faoliyatini akkreditatsiya qilish va inspeksiya nazoratidan oʻtkazish tartibini tartibga soluvchi hujjatlar tasdiqlandi
Koʻmir tendersiz xarid qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 16.10.2015 yildagi 296-son qarori bilan eng yaxshi taklifni tanlash asosida savdo tenderlarini oʻtkazmay qoʻngʻir koʻmir yetkazib berishga import kontraktlarini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi
Qizdirish lampalari energiyani tejaydigan lampalarga almashtiriladi
Energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish uchun Vazirlar Mahkamasining 20.10.2015 yildagi 299-son qarori bilan 2015–2019 yillarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan elektrni tejaydigan lampalar ishlab chiqarishning prognoz parametrlari tasdiqlandi
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish uchun choralar koʻrilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 19.10.2015 yildagi 298-son qarori bilan 2020 yilga qadar Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Moliya vazirligi lizing beruvchilar toʻgʻrisidagi axborotni yangiladi
Moliya vazirligi saytida shu yilning oktyabr oyi holatiga lizing beruvchilar va lizing operatsiyalari toʻgʻrisidagi axborot yangilandi
Oʻzbekistonda turoperatorlar va mehmonxonalar uchun onlayn-platforma ishga tushirildi
Yangi loyiha Oʻzbekiston turistik xizmatlarining barcha yetkazib beruvchilarini ularning oʻzaro samarali munosabatlari uchun birlashtirishga, mamlakat turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan
Deputatlar partiyalarni moliyalashtirish tartibini oʻzgartirishni taklif qilishmoqda
Parlamentda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qonun loyihasi muhokama qilinmoqda
IDXYaPda uy-joy mulkdorlari uchun yangi xizmat
Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali (IDXYaP)da Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan xizmat amalga oshirildi
Olimlar maoshi qancha boʻladi
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining qarori bilan byudjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritildi
Ichki ishlar idoralari xodimlari mukofotlandi
22 oktyabr kuni Prezident “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida” Farmonni imzoladi
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi onlayn-rejimda ishlaydi
Tadbirkorlar endi noqonuniy tekshiruvlar boʻyicha shikoyatni real vaqt rejimida berishlari mumkin
Yagona portalda NHH loyihalari: sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalari
Davlat portalida Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi taqdim qilingan
Yagona portalda NHH loyihalari: sugʻurtalovchining cheklangan majburiyatlari
Davlat portalida Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisida Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyruq loyihasi muhokama qilinmoqda
Ishtirokchi keldi, ishtirokchi ketdi...
Jamiyat ishtirokchilari tarkibi oʻzgarganda, ular chiqib ketganda yoki yangi ishtirokchi qabul qilinganda koʻpincha taqsimlanmagan foyda bilan qanday yoʻl tutish zarurligi haqida savollar yuzaga keladi
Poytaxtda isitish mavsumi boshlandi
Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida 2015-2016 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash toʻgʻrisida”gi 910-son qarori qabul qilindi
Biznes yoʻliga gʻov boʻlish qimmatga tushishi mumkin
Oʻzbekiston Respublikasining 20.08.2015 yildagi Qonuni bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida materiallar siklini davom ettiramiz
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Suv omborlarida turizmni rivojlantirishga qaratilgan biznes uchun imtiyozlar joriy etilmoqda
Suv omborlari va ularga tutash hududlarda turizm va servis infratuzilmasini rivojlantirish choralari belgilandi. Turistik xizmatlarni tashkil etuvchi tadbirkorlar yer soligʻi va mol-mulk soligʻining 50 foizlik stavkalaridan foydalanishi mumkin boʻladi.
Qoraqalpogʻistonda 5 mlrd dollar investisiya jalb etish va 513 mingta ish oʻrnini yaratish rejalashtirilmoqda
Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi. 2027 yilda investitsiyalar hajmini ikki baravarga oshirib, 5 mlrd dollarga yetkazish, eksportni 550 mln dollarga oshirish, 513 ming kishini ish bilan ta’minlash hamda yangi sanoat, qishloq xoʻjaligi va IT-loyihalarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Volontyorlik kadrlar zaxirasiga va ishga kirishga yordam beradi
Faol volontyorlar davlat organlarining kadrlar zaxirasiga kiritiladi, volontyorlik faoliyati uchun esa ehtiyojlarga sarflash mumkin boʻlgan «ijtimoiy tokenlar» hisoblanadi. «Fidoyi volontyor» koʻkrak nishoni ta’sis etilmoqda.
Ekstremizm uchun javobgarlik choralari oʻzgartirildi
Ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etish va ularni tuzganlik uchun endi turlicha jazo belgilandi. Ekstremistik materiallarni birinchi marta tayyorlash va saqlash uchun esa ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda. Adliya vazirligi ekstremistik tashkilotlar va materiallarning elektron reyestrini yuritadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


