Bank xabarlari: kartadan kartaga oʻtkazmalar va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya
Aloqabank mijozlarga yangi interaktiv servis taqdim etgan holda novator boʻldi, Ravnaq-bank esa olingan litsenziya tufayli oʻz xizmatlari roʻyxatini jiddiy ravishda kengaytirishi mumkin
Bozorlarda bir martalik yigʻimlarning minimal miqdorlari belgilandi
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qoʻshma qarori bilan Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi minimal miqdorlari belgilandi
Samolyot bortida fotosuratga va video tasvirga olish taqiqlandi
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 12 yanvarda 2416-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga oʻzgartirish kiritildi
Tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni mobil ilovalar orqali amalga oshiramiz. 3-qism
Oʻzbekiston fuqarolari ular yordamida nafaqat tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish, balki oʻz bank hisobvaraqlarini nazorat qilish, valyutalar kurslari haqida, oʻtkazilgan tranzaksiyalar va koʻpgina boshqalar toʻgʻrisida dolzarb axborot olishlari mumkin boʻlgan mobil ilovalar haqida sharhni davom ettiramiz. Bugun «UZCARD» ilova haqida soʻz yuritamiz
2015 yilgi amnistiya qanday qoʻllanadi?
Oliy Majlis Senatining 2015 yil 3 dekabrdagi qarori bilan Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilindi. U qanday tartibda va kimga nisbatan qoʻllanishi haqida bizning sharhimizda oʻqing
Buxgalteriya hisobi – milliy iqtisodiyot uchun muhim masala
Elbek ShUKUROV, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida «Demokratik kuchlar bloki»ning navbatdagi yigʻilishi boʻyicha izohlari
Suv: yer usti va yer osti suvlari uchun qancha toʻlanadi
Yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmogʻidagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq solinadigan baza manbaning har bir turi boʻyicha alohida-alohida aniqlanadi
Iste’molchilar va davlat organlari manfaatlari muvozanatini ta’minlash
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosi Qutlimurot BABAShEVning muhokama etilayotgan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi qonuni loyihasi yuzasidan izohlari
Hududlar qurilishi uchun shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 5.01.2016 yildagi 3-son Qarori bilan Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Yuridik shaxslar tomonidan valyutani majburiy sotish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” 22.12.2015 yildagi PQ-2455-son Qarori bilan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Yadro poligonlarida xizmatni oʻtagan shaxslar roʻyxati qanday shakllanadi
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi
Munosib mehnat – muhofaza qilingan va xavfsiz mehnat!
Parlamentda “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi muhokama qilinmoqda
Farmatsevtika faoliyatining yoʻnalishlari belgilandi
2016 yil 4 yanvarda yangi tahrirda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida” Qonun ancha kengaydi
Poytaxtda 2016 yil uchun soliqlar va yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi
Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashi oʻzining 25.12.2015 yildagi 76/9-5-son qarori bilan Toshkent shahri boʻyicha 2016 yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarini tasdiqladi
Moliya vazirligi amaldagi soliq maslahatchilari roʻyxatini yangiladi
Moliya vazirligi saytida malaka sertifikatiga ega soliq maslahatchilarining yangilangan roʻyxati e’lon qilindi
Oʻzbekistonda yangi korporativ portal ishga tushirildi
Yangi loyiha aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini yoritish, boʻlajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash uchun barpo etildi
Davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovi stavkalari tasdiqlandi
2016 yil uchun Toshkent shahrida va Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari e’lon qilindi
Asosiy fondlar qiymatini qayta baholash qanday oʻtkaziladi
Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan 2016 yil 1 yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash indekslari ishlab chiqildi
Tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni mobil ilovalar orqali amalga oshiramiz. 2-qism
Sizni tovarlar va xizmatlar uchun on-layn rejimda toʻlovni amalga oshirishga yordam beradigan mobil servislar bilan tanishtirishda davom etamiz. Bugun «MBANK UZCARD» ilova haqida soʻz yuritamiz
Kichik korxonalar joriy toʻlovlarni toʻlaydi
“Soliq va byudjet siyosatining 2016 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 31.12.2015 yildagi OʻRQ-398-son Qonun bilan SKning 300-moddasiga oʻzgartirishlar kiritildi
AJning xorijiy menejerlari daromadlari soliqlardan ozod qilindi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan Soliq kodeksining 179 va 308-moddalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Aksiyador da’vosi boʻyicha davlat bojini aybdor taraf toʻlaydi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan Soliq kodeksining 337-moddasiga oʻzgartirishlar kiritildi
Kirim qilinmagan tovarlar uchun sanksiya yumshatildi
“Soliq va byudjet siyosatining 2016 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 31.12.2015 yildagi OʻRQ-398-son Qonun bilan kirim qilinmagan tovarlarni saqlash uchun sanksiya yumshatildi
Maktab kutubxonalari uchun qancha darslik zarur
Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining qoʻshma qarori bilan Umumta’lim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Notariuslikka nomzodlar uchun lavozim olish tartibi oʻzgartirildi
Adliya vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 29 dekabrda 2149-6-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Qurilish me’yorlarini buzdingmi – jarimaga tortilasan
Jinoyat kodeksi belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun javobgarlikni koʻzda tutadigan 229-3-modda bilan toʻldirildi
Roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish uchun hujjatlar namunalari – Internet orqali
Bunday imkoniyat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi IDXYaPda roʻyobga chiqargan yangi xizmat tufayli yuzaga keldi
AJ umumiy yigʻilishi vakolatlari kengaydi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” 26.04.1996 yildagi 223–I-son Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


