Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish markazi tashkil etildi
Prezident Farmoni bilan tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Kimlarga imtiyozlar berildi va kimlarniki bekor qilindi
Bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan ba’zi imtiyozlar bekor qilindi, shuningdek Xalqaro moda haftasining mukofot jamgʻarmasi kamaytirildi.
Bolalar bogʻchalarida davomatni avtomatlashtiradilar
Maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi qanday ta’minlanadi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli texnik reglament tasdiqlanmoqda, u 6 oydan soʻng kuchga kiradi.
"Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida"gi Qonun kuchga kirdi
Hujjatning avvalgi tahriri 25 yil oldin qabul qilingan edi.
Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi toʻliq raqamlashtiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy kartasini chiqarish, muomalada boʻlishi va foydalanish, ijtimoiy kartalarning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatishni tartibga soluvchi Nizom tasdiqlandi.
Vasiylik va homiylik organlari qanday ishlaydi
Vazirlar Mahkamasi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni joylashtirishni tartibga soluvchi bir qator NHHni tasdiqladi.
Elektron tijorat operatorlariga yangi talablar oʻrnatilmoqda
2025 yil 1 iyuldan boshlab ushbu faoliyat xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
Koʻp kvartirali uylar boshqaruv organlari elektron reyestrga kiritiladi
Kvartira egalarining shaxsiy hisobvaraq raqamlari koʻchmas mulk ob’yektlarining kadastr raqamlariga bogʻlanish orqali "Mening uyim" billing tizimiga integratsiya qilinadi.
Kelgusi ikki yilda mamlakatning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi qanday rivojlanadi
Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish uchun 2,4 trln soʻm ajratiladi.
Ayrim transport turlariga davlat raqami belgilarini berish uchun toʻlov kamaytirildi
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Davlat xaridlari tizimi takomillashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-2027 yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.
Toshkent shahrining 2045 yilgacha boʻlgan bosh rejasi ishlab chiqildi
U quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan: Toshkent hududlarini konservatsiya zonalari hamda rekonstruksiya va renovatsiya zonalariga ajratish, aholining harakatlanish ehtiyojlarini qanoatlantirish va transport oqimining barqarorligini ta’minlash va boshqalar.
2025 yil uchun Oʻzbekiston Konsolidatsiyalashgan byudjeti parametrlari tasdiqlandi
2025 yilda mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishning oʻziga xos xususiyati ayrim soliqlarning tuman va shaharlar byudjetlariga toʻliq hajmda oʻtkazilishi boʻladi.
Havoni ifloslantiruvchi manbalar bartaraf etiladi
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish va bartaraf etish atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Advokatlar statistik ma’lumotlarni qanday taqdim etadilar
U "Yuridik yordam" tizimida shakllantiriladi.
“KfW” banki Oʻzbekistonda kasb-hunar ta’limini qoʻllab-quvvatlaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya Federativ Respublikasining «KfW» banki oʻrtasidagi Bitimga muvofiq 5 yil muddatga 16 mln yevro miqdorida grant ajratiladi.
Oʻzbekistonliklar Yangi yilda necha kun dam oladilar
Prezident 24.12.2024 yilda "Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida"gi PQ-452-son qarorni imzoladi.
Qanday qilib yuqori malakali moliya mutaxassisi boʻlish yoki kompaniyangiz uchun shunday mutaxassisni topish mumkin
Oʻzbekiston sertifikatlangan moliya mutaxassislari uyushmasi (ACFP) HeadHunter bilan hamkorlikda HR-mutaxassislar va rahbarlar uchun katta konferensiya oʻtkazdi.
Pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi joriy etilmoqda
Uning vazifasi – menejerlar, pedagoglar va mutaxassislarning koʻnikma va malakalarini doimiy yangilash mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq kasbiy tayyorgarlik.
Quruvchilar qurilayotgan ob’yekt manzili boʻyicha roʻyxatga olinadi
Ishchilarni roʻyxatga olish uchun ob’yekt rahbarining rozilik xati kerak boʻladi.
Mahalliy hokimiyat organlariga yangi vakolatlar berildi
Chora mintaqalarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan.
Tumanlarda ommaviy va professional sportni rivojlantirish sport maktablari tomonidan amalga oshiriladi
Keyingi oʻquv yilidan boshlab ommaviy sport boʻyicha trener-seleksioner lavozimi joriy etiladi
Temir yoʻl transporti sohasida qanday xizmatlar bepul koʻrsatiladi
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun va yuk tashish uchun aravachalar ajratish, kutish zalida Wi-fi, tibbiy yordam punktlarida tibbiy xizmat koʻrsatish va boshqalar shular jumlasidandir.
Talabalar uchun yakuniy davlat imtihonini ish beruvchi korxona va tashkilotlar ham oʻtkazishi mumkin
Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.
Kripto sohasida litsenziya olish uchun davlat boji qancha turadi?
Faoliyat turidan kelib chiqib litsenziya uchun 1,1 mlrd soʻmdan 27,5 mlrd soʻmgacha toʻlov qilish lozim boʻladi.
Surxondaryo viloyatida uchta sayyohlik markazi quriladi
Ular Boysun tumanidagi Omonxona, Sariosiyo tumanidagi Sangardak qishloqlari hududida va Jarqoʻrgʻon tumanidagi Oqtepa suv ombori sohil hududida joylashadi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar
2020 yildan boshlab Oʻzbekistonda mehnatga layoqatli aholining keng qatlamlarini tadbirkorlikka jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyati uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni shakllantirish imkonini bergan oʻzini oʻzi band qilish instituti faoliyat koʻrsatmoqda.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


