TIV axborotini YouTube orqali koʻrish mumkin
Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berilishicha, endilikda Oʻzbekistonning diqqatga sazovor joylari va mamlakatimizning tashqi va ichki siyosati toʻgʻrisidagi axborot bilan Internetning eng yirik videoplatformasi orqali vizual formatda yaqindan tanishish mumkin
NHH loyihalari: pochta aloqasi elektron tijoratni rivojlantirish uchun
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining Elektron tijorat sohasidagi pochta aloqasini, shu jumladan posilkalarni joʻnatishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Avtobuslar harakatini ilova orqali kuzatish mumkin
Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida «Toshshahartransxizmat» AJ «TASHBUS» mobil ilovasini test rejimida ishga tushirdi
Soliq kodeksini qoʻllash masalalarini OXS Plenumi tushuntirdi
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 17.06.2016 yildagi 299-son qarori bilan avval qabul qilingan ayrim qarorlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi, shuningdek ba’zilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi
NHH loyihalari: koʻchma savdo – faqat NKM va terminal bilan
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash Tizimi Portalida (QHTBT) hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar loyihasi muhokama qilinmoqda. Taklif qilinayotgan tuzatishlarning maqsadi – amaldagi normativ hujjatlarni Koʻchma savdoga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq keltirishdir
NNTning ayrim tadbirlarini kelishish lozim emas
Adliya vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 27 iyulda 2679-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Bankda kassa qayerda joylashishi kerak?
Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan texnik talablar tasdiqlandi
Advokatlik kasbi
Advokat – butun dunyoda, shu jumladan bizning mamlakatimizda ommaviy kasbdir. Adliya vazirligining rasmiy sayti va ochiq ma’lumotlar portali ma’lumotlariga koʻra, Toshkent shahrining oʻzida 1 770 nafar advokatlar va 600 dan ziyod ularning tuzilmalari faoliyat yuritmoqda. Oʻzbekistonda qanday qilib bu kasb vakili boʻlish mumkinligi toʻgʻrisida – bizning sharhimizda
Sud himoyasi: aliment undirish! (Oxiri)
Aliment undirish toʻgʻrisidagi murojaatlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida hal qilish nafaqat bolalar huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi, balki ona-onalar mas’uliyatini oshirishga ham koʻmaklashadi, deb hisoblaydi Xolmoʻmin YoDGOROV, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati raisi
Sudlarning asosiy vazifasi - adolat ustuvorligini oʻrnatish
Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisida ikkita qaror loyihasi koʻrib chiqildi
AKT hayotga jadal joriy qilinmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi a’zosi Shuhrat ShARAFUTDINOVning Kompleks dasturni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida parlament eshituvi boʻyicha taassurotlari
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislar attestatsiyadan oʻtkaziladi
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori bilan Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisni oʻqitish, uning malakasini oshirish, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestatini berish, qayta rasmiylashtirish, toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Imtiyozli shartlarda olib kiriladigan jihozlar roʻyxati qisqartirildi
Iqtisodiyot vazirligi, MV, TIAISV, DBQning qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritildi
Tarix instituti qayta tashkil qilindi
Prezidentning 18.07.2016 yildagi PQ-2562-son qarori bilan Fanlar akademiyasi Tarix institutini Mirzo Ulugʻbek nomli Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Tarix instituti etib qayta tashkil qilindi
Ilmiy-texnika markazi tashkil etiladi
Prezidentning 13.07.2016 yildagi PQ-2559-son qarori bilan «Oʻzbekenergo» AJ tizimida Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Energetika va avtomatika instituti negizida MChJ shaklidagi Ilmiy-texnika markazini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi
Sud ishi: da’vo arizasi orqaga qaytarildi
Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda xoʻjalik sudi Xoʻjalik protsessual kodeksining (XPK) 122-moddasida koʻzda tutilgan harakatlarga kirishadi. Buning natijasida, u da’voni sud ish yurituviga qabul qilishi, uni qabul qilishni rad etishi, balki da’vo arizasini qaytarishi ham mumkin. Sud amaliyoti misolida da’voni qaytarish tartibi va asosini koʻrib chiqamiz
MChJda ulush: sotish uchun narx
Biznesda MChJ muassisi ulushini (ulushining bir qismini) boshqa muassis yoki oʻzga shaxsga oldi-sotdisi yetarlicha tez-tez sodir boʻladi. Garchi bu bitim odatiy holatga aylangan boʻlsada, koʻpincha muassislar ulushning sotish narxi va uning soliq oqibatlariga bogʻliq savollarni berishadi. Ushbu material tez-tez beriladigan savollar asosida tayyorlandi
Sud himoyasi: aliment undirish!
Aliment undirish toʻgʻrisidagi murojaatlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida hal qilish nafaqat bolalar huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi, balki ona-onalar mas’uliyatini oshirishga ham koʻmaklashadi, deb hisoblaydi Xolmoʻmin YoDGOROV, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati raisi
Natijalar sarhisob qilinib, kelajakka zamin hozirlandi
Adliya vaziri Muzraf Ikramov raisligida adliya organlari va muassasalari tomonidan 2016 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida tizim oldidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan va tanqidiy tusda majlis oʻtkazildi
OXS Plenumi: davlat organining qarorini qanday qilib haqiqiy emas deb topish mumkin?
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 17.06.2016 yildagi 298-son qarorida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hujjatlarini haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari yuzasidan tushuntirish berilgan
MChJda ulush: nominal va haqiqiy qiymati
“Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonun ikki tushunchadan foydalanadi: ulushning nominal va haqiqiy qiymati. Bu ikki tur oʻrtasidagi farq nimada, ular qanday aniqlanadi va qanday holatlarda qoʻllanadi?
Xalqaro valyuta kartasi qanday ochiladi
Yoz – ta’til pallasi va ayrimlar uni chet elda oʻtkazishni rejalashtiradi. Koʻngildagidek dam olish katta xarajatlarni talab qilishi mumkin. Oʻzbekistondan naqd valyutani olib chiqish, ma’lumki, 2 ming AQSh dollariga ekvivalent summa bilan cheklanadi. Uzoq davrga dam olishga ketayotgan hamda katta xarajatlar qilishi mumkin boʻlgan koʻp bolali oilalar qanday yoʻl tutishlari kerak?
Reklamani rivojlantirishga doir chora-tadbirlar
2016 yil 15 iyul kuni poytaxtdagi «Wyndham Tashkent» otelida Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi tomonidan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda "Reklama faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish" mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi
Prokuraturaning biznes himoyasidagi roli
Prokuratura organlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hayvonot dunyosi toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar
Sudyalar malakasini oshirish uzluksiz boʻlishi lozim
Oʻzbekiston Oliy sudida sudyalar, sud xodimlari va sudyalik lavozimiga nomzodlar mahoratini doimiy oshirishga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi
NHH loyihalari: kichik biznesning yangi klassifikatsiyasi
Yagona portalda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi e’lon qilindi, unda kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlariga tegishli boʻlgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasini tasdiqlash taklif qilinmoqda
Abitur.uz turkumidagi testlar navbatdan tashqari yangilandi
Yaqinda imtihonlar! Siz ularga nechogʻli tayyor ekanligingizni tekshirib koʻring. Buni elektron trenajerlardan foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Axir qisqa muddatlarda eng murakkab testlarni yechishni oʻrganish uchun Abitur.uz turkumidagi dasturiy mahsulotlarda oʻzingizni baholash, oʻqish va vaqtni nazorat qilishni oʻrganish imkonini beradigan testlashning 3 turli rejimi koʻzda tutilgan.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


