Texnik koʻrikdan oʻtish tartibi oʻzgartirildi
Qabul qilingan qoʻshimcha chora-tadbirlar transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga qaratilgan.
Pillachilik va tutchilik tashkilotlarining xarajatlari qanday qoplanadi
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
2021 yilda uy-joyga kreditlar qanday tartibda ajratiladi
Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilindi.
MBning asosiy stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank Boshqaruvi 2021 yil 11 martda asosiy stavkani yillik 14% darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
OBMni qayta ishlash boʻyicha 6 ta yangi markaz tashkil etiladi
Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha milliy dastur tasdiqlandi.
Qishloq xoʻjaligi ekinlari oqilona joylashtiriladi
Mazkur chora-tadbirlar mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport hajmlarini yanada oshirish maqsadida qabul qilingan.
Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish ilmiy-ishlab chiqarish markazining vazifalari belgilandi
Ilmiy-ishlab chiqarish markazining asosiy vazifalari jumlasiga dorivor oʻsimliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlashning yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish ham kiritilgan.
Adliya vazirligiga qoʻshimcha funksiyalar yuklandi
Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Oʻzbekistonda yana uchta elektr stansiyasi quriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, «Aksa Enerji Üretim A.Ş.» (Turkiya Respublikasi) kompaniyasi hamda loyiha kompaniyalari oʻrtasida tuzilgan investitsiya bitimlari tasdiqlandi.
Milliy gvardiyaning oʻquv markazlari faoliyati takomillashtiriladi
Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi tashkil etiladi, Fargʻona va Dashtobod oʻquv markazlari qayta tashkil etiladi.
Madaniy meros ob’yektlari muhofazasi kuchaytiriladi
Moddiy madaniy meros ob’yektlari hisobini yuritish va muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Kam ta’minlangan oilalar axborot tizimi orqali identifikatsiyalanadi
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda zamonaviy AKTni keng joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilindi.
Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etiladi
Uning maqsadi - xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targʻib qilish, ta’lim va kasbiy koʻnikmalar olishlariga koʻmaklashish, xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash.
Mukofotlarga mablagʻlar ajratish va toʻlash tartibi tasdiqlandi
Ushbu tartib bilan Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari bilan taqdirlangan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini hisob-kitob qilish hamda ularni moliyalashtirish manbalari belgilanadi.
Qurolli Kuchlarda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi oʻzgartirildi
Oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatga chaqirish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
NNTlarning doimiy vakili instituti joriy etiladi
2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Monopoliyaga qarshi komplayens tizimida faoliyat qanday amalga oshiriladi
Tizim faoliyati raqobat toʻgʻrisidagi qonun talablarining buzilish xavfining oldini olish va biznes yuritishning korporativ standartlarini joriy etishni ta’minlashga qaratilgan.
Chet el fuqarolarining huquqlari, transport va qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalari
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ushbu sohalarni tartibga soladigan hujjatlarning loyihalari muhokama qilindi.
Avtomobil yoʻllari boʻyida AYoQSh qurishga ruxsatnomani qanday olish mumkin
Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQSni qurish loyihalarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish reglamenti tasdiqlandi.
Abu Muin Nasafiy majmuasi direksiyasi tashkil etiladi
Majmua Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida joylashtiriladi, direksiya maqsadi alloma merosini oʻrganish va keng targʻib etish, majmua boshqaruvini tashkil etish va yaxshilashdan iborat.
NNTlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi chora-tadbirlar tasdiqlandi
Ushbu chora-tadbirlar ularning faoliyati erkinligini ta’minlash, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Chorvachilik tarmoqlariga qoʻshimcha imtiyozlar beriladi
Shuningdek QQS toʻlovchisi boʻlgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga subsidiyalar ajratiladi.
Qashqadaryoda turizmni rivojlantirishga 200 mlrd soʻm ajratiladi
Mablagʻlar turizm salohiyatiga ega hududlarning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini subsidiyalash va boshqalarga sarflanadi.
Elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Ularga elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish xarajatlarining 50%ini qoplashga subsidiyalar taqdim etiladi.
Texnik tartibga solish sohasidagi NHHlar tizimlashtiriladi
Bu ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etish, eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan tartibga solish yukini kamaytirishga qaratilgan.
Oʻzbekiston migrantlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida Qozogʻiston bilan tuzilgan bitimni tasdiqladi
Bitim ikki davlat hududida migratsiya jarayonlarini tartibga solish hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan.
Jismoniy shaxslarning me’yordan ortiqcha tovarlari vaqtincha saqlashga joylashtiriladi
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarida olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq boʻlgan tovarlarga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Kimlar bojxona auditidan oʻtkaziladi
Bojxona auditi tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlishi muddati tugagan paytdan e’tiboran 3 yil davomida amalga oshirilishi mumkin.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


