Fuqarolar yigʻinlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ishtirok etadi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 noyabrdagi 940-son qarori bilan Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi
Yangi hujjatlar – har ish kunida!
Internet tarmogʻi orqali yangilanadigan «NORMA. OʻzR Qonunchiligi» AQT foydalanuvchilari uchun yaxshi yangilik! 1 dekabrdan boshlab tizim sizning hujjatlar bazangizni har kuni avtomatik tarzda yangilaydi!
Qishloq xoʻjaligiga suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etiladi
Prezidentning 27.11.2017 yildagi PQ–3405-son qarori bilan 2018-2019 yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi tasdiqlandi
Harbiy xizmatchilarni ovqatlantirish autsorsingga topshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 24.11.2017 yildagi 942-son Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlaridagi harbiy xizmatchilarni ovqatlantirish sifatini tubdan yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori e’lon qilindi
Maktabgacha ta’lim vazirligining vakolatlari va mas’uliyati nizomda koʻrsatildi
Vazirlar Mahkamasining 21.11.2017 yildagi 929-son qarori bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi toʻgʻrisidagi nizom va Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ustavi tasdiqlandi
Benzinda aralashmalar va suv boʻlmasligi kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.11.2017 yildagi 931-son qarori bilan Avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilgʻisiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilgʻiga va mazutga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi
Fan va texnologiyalar agentligi va Davlat komissiyasi tugatiladi
Prezidentning 29.11.2017 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi
Sud tizimi yangiliklari
Oliy sud Plenumining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi, “Sugʻurta sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini sudlar tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlari loyihalari ishlab chiqildi.
Sayyohlik xizmatlarini onlayn bronlash va sotishni joriy etsangiz – YaST kamaytiriladi
QHTBT portalida Soliq kodeksining 356-moddasi ikkinchi qismiga qoʻshimchalar kiritishni koʻzda tutuvchi qonun loyihasi joylashtirildi
Ayrim byudjet tashkilotlarining hisobot shakllari yangilandi
Moliya vazirligining buyrugʻi (2017 yil 23 noyabrda 2837-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi ayrim choraklik va yillik hisobot shakllari oʻzgartirildi
Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 27.11.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjatning asosiy qoidalari 28 noyabr kuni Prezident raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda muhokama qilindi, deb xabar beriladi davlat rahbarining saytida
Amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olgan talaba «ikkinchi» yilga qoldiriladi
Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining qarori (2017 yil 22 noyabrda 2548-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Yuridik ta’lim muassasalari (harbiy, maxsus oliy ta’lim muassasalaridan tashqari) talabalari tomonidan tanishtiruv na malakaviy amaliyotni, shuningdek stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi
Oʻzbekistonning sayyohlik markazlarida «Xavfsiz turizm» va «Ye-mehmon» tizimlari joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 23.11.2017 yildagi 939-son qarori bilan Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi tasdiqlandi
«Oʻzpaxtasanoat» AJ paxta sanoati korxonalariga boshchilik qiladi
Prezidentning 28.11.2017 yildagi «Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Ilmiy dissertatsiyalarni ekspertizadan oʻtkazish va u bilan bogʻliq qoʻshimcha sarf-xarajatlar qanday toʻlanadi
Vazirlar Mahkamasining 22.11.2017 yildagi 937-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Seleksiya yutugʻi patentini tiklash uchun nima talab etiladi
Intellektual mulk agentligi bosh direktorining buyrugʻi (2017 yil 23 noyabrda 2950-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash qoidalari tasdiqlandi
Qanday valyuta operatsiyalari uchun Prezident yoki Hukumatning qarori talab etiladi
Markaziy bank Boshqaruvi qarori (2017 yil 23 noyabrda 2536-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Oʻzbekiston Islom Karimov tavalludining 80 yilligini keng nishonlaydi
Prezidentning 27.11.2017 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdugʻaniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Qanday kasalliklar va jismoniy nuqsonlarda sudyalikka qabul qilinmaydi
Sudyalar oliy kengashi va Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2951, 2017 yil 23 noyabr) bilan Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning roʻyxati tasdiqlandi
Lombardlar va mikrokredit tashkilotlari koʻproq mablagʻ jalb etishlari mumkin
Markaziy bankning qarorlari (roʻyxat raqami 1290-1, 1642-2, 2017 yil 22 noyabr) bilan Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari va Lombardlar tomonidan faoliyatni va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga tuzatishlar kiritildi
23 jazoni oʻtash muassasalari huzurida unitar korxonalar paydo boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 20.11.2017 yildagi 924-son “Jazoni oʻtash muassasalari huzurida davlat unitar korxonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Valyutada dividendlar va tadbirkorlarning valyuta hisobvaraqlaridan toʻlovlarga ruxsat berildi
Markaziy bank Boshqaruvi qarori (roʻyxat raqami 511-9, 2017 yil 23 noyabr) bilan Tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga tuzatishlar kiritildi
Toshkentda narxlarni barqarorlashtirish: mahsulotlar koʻproq boʻladi va fermerlar bozorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri kiradi
Vazirlar Mahkamasining 21.11.2017 yildagi 927-son “Toshkent shahar aholisini asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Qachon naqd xorijiy valyutani qabul qilishga ruxsat beriladi
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 1165-6, 2017 yil 22 noyabr) bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Davlat ijrochilari suv va kanalizatsiya boʻyicha qarzlar uchun inkassoni sudsiz taqdim etadi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 2465-5, 2017 yil 22 noyabr) bilan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi
Energiya samarador texnologiyalar Toshkent shahri koʻchalarini yoritishga 2018 yil oxirigacha joriy etiladi
Prezidentning 21.11.2017 yildagi PQ–3399-son qarori bilan Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi «Toshkent shahri koʻchalarini yoritish tizimida energiyadan samarali foydalaniladigan texnologiyalarni joriy etish» loyihasi muddatlariga tuzatishlar kiritildi
2018 yildan boshlab yongʻoq navlari klonlashtiriladi
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashtirilgan “UzAgroExpo – 2017” hamda “UzProdExpo – 2017” XIII xalqaro koʻrgazmalari boshlandi
Cportchi maqomini maxsus pasport tasdiqlaydi
Adliya vazirligi Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizom roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida xabar berdi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


