Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga qoʻyiladigan talablar yumshatildi
Ustav fondi, xorijiy investorning eng kam ulushi, roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun davlat boji va muassislarga talablar yuzasidan oʻzgartirishlar kiritiladi (Prezidentning 1.08.2018 yildagi Farmoni)
Noqonuniy qarorlar sababli biznesga yetkazilgan zarar oʻrnini davlat qoplaydi
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy ma’muriy hujjatlaridan investorlar va tadbirkorlik sub’yektlarini himoyalovchi universal qoidalar joriy etildi (Prezidentning 1.08.2018 yildagi Farmoni)
«Norma» nashriyotining bestselleri yana sotuvda
1 avgustdan Abdusalom Risqullayevning «Nastolnaya kniga menedjera po personalu» uchinchi nashri sotuvga chiqarildi. knigi.uz internet-doʻkonining xaridorlari nashrni ikki koʻrinishda sotib olishlari mumkin
Kam ta’minlangan oilalar qishloq joylarda uy-joy sotib olayotganda boshlangʻich badallari toʻlab beriladi
Qaror loyihasida Prezidentning 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ–2639-son va 2017 yil 2 martdagi PQ–2812-son qarorlari bilan tasdiqlangan 2017–2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi (bundan keyin – Dastur) doirasida 2019 yildan boshlab kam ta’minlangan oilalarga uy-joylar ajratish taklif etilgan
XVF Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari boʻyicha bayonot berdi
Xalqaro valyuta fondi xodimlarining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari boʻyicha yakuniy bayonoti e’lon qilindi. Toshkentda 17 iyuldan 26 iyulgacha boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston rasmiy organlari va XVF missiyasi oʻrtasidagi muhokamalar mazmuni sharhimizda qisqacha bayon etilgan
Iqtisodiyot vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
Prezidentning «Davlat-xususiy sheriklik faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirishning samarali tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi
Asosiy dori vositalarining roʻyxati kengaytirildi
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (27.07.2018 yilda 3045-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan yangilangan Asosiy dori vositalari roʻyxati tasdiqlandi
Istirohat bogʻlaridagi attraksionlarni nazorat qilish funksiyasi Davlat sanoat xavfsizligi qoʻmitasi zimmasiga yuklatilishi mumkin
Prezidentning «Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanoat xavfsizligi qoʻmitasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi e’lon qilindi
Natalya Krasilnikova: «Bir.uz professional darajani saqlashda koʻmak beradi»
«CLASS SHINE» MChJ bosh buxgalteri Natalya Krasilnikova – Bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimining faol foydalanuvchisi. U 9 ta ixtisoslik boʻyicha elektron sertifikatlarni oldi. Oʻtgan shanba kuni esa II toifali buxgalter-kassir attestati beriladigan imtihondan muvaffaqiyatli oʻtdi
Turmush oʻrtogʻining Toshkent va Toshkent viloyatida propiska qilinishiga uy-joy mulkdorining roziligisiz ruxsat berishlari mumkin
Qonunchilikka tegishli oʻzgartirishlarni Adliya vazirligi tayyorladi
Mayda qarzdorlar uchun jarimalar kamaytirilishi mumkin
Qarz summasiga qarab jarimalarning turli miqdorlarini belgilab, MJTKning 198-1-moddasiga oʻzgartirish kiritishni taklif etmoqdalar. Majburiy ijro byurosi tomonidan tegishli tuzatishlar ishlab chiqilib, QHTBT portalida joylashtirilgan
1 avgust: qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar
2018 yil avgustda Oʻzbekistonda yangi qoidalar va normativ hujjatlar kuchga kiradi. Ular turli sohalarga oid: ijtimoiy jihatga yoʻnaltirilgan tadbirkorlik va ishsizlarga subsidiyalardan tortib davlat organlari tizimidagi islohotlargacha. Norma.uz qonunchilikdagi eng muhim oʻzgartirishlar haqida qisqacha qayd etib oʻtadi
Yoʻllarda qoʻshimcha 136 mingta koʻrsatkichlar oʻrnatiladi
Vazirlar Mahkamasining 26.07.2018 yildagi “Avtomobil yoʻllari infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yoʻl harakatini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 584-son qarori e’lon qilindi
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyxatga olish soddalashtiriladi
1 oktyabrdan boshlab koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyxatga olish toʻgʻrisida guvohnomani rasmiylashtirish toʻxtatiladi. Hokimliklar, notariuslar va Qurilish vazirligi boʻlinmalari kadastr organlariga roʻyxatga olish ma’lumotlari haqida elektron shaklda xabar berishadi
Yaqin yillarda maktablar qanchalik oʻzgaradi
QHTBT portalida 2018–2021 yillarda Oʻzbekiston xalq ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi» loyihasi muhokama qilinmoqda
YaIDXP interaktiv xizmatlari roʻyxati kengaytirildi
YaIDXPda yangi xizmatlar ishga tushirildi: turar joyning maydoni boʻyicha ma’lumotnoma olish va arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish
Norezidentlar – birja savdolari ishtirokchilari mablagʻlarni nimalarga sarflashlari mumkin
Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning milliy valyutadagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga tuzatishlar (28.07.2018 yilda 510-4-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) kiritildi
Ekstremizmga qarshi kurashish: materiallar olib tashlanadi, tashkilotlar “qora roʻyxatga” kiritiladi
30.07.2018 yildagi “Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida” OʻRQ-489-son Qonun qabul qilindi. Hujjat e’lon qilingandan keyin uch oy oʻtgach kuchga kiradi
Tekshiruvlarni tayinlashning ikkita algoritmi joriy etildi
Bu Prezidentning 27.07.2018 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5490-son Farmoniga ilovalarda nazarda tutilgan
Biznesni rejadan tashqari tekshirish bir oy davomida tiklanishi mumkin
Prezidentning 27.07.2018 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5490-son Farmonidan shu kelib chiqadi
Avtotashuvchilar 3 oydan 1 yilgacha muddatga sugʻurtalanishlari mumkin
«Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi, ular 3 oy oʻtgach amalga kiritiladi
Sudlarga qonunosti hujjatlarini talqin qilish huquqini berish lozim
Advokat Ilhom Azizov qonunlar va qonunosti hujjatlari oʻrtasida tez-tez yuzaga keladigan ziddiyatlar sabablarini oʻrganib, vaziyatdan chiqish yoʻlini taklif etdi
MBning qayta moliyalashtirish stavkasi oʻzgartirishsiz qoldirildi
Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalashtirish stavkasini yillik 14 foiz darajasida oʻzgartirishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi
knigi.uz internet-doʻkoniga kirish uchun 5 ta sabab
«Norma» nashriyoti buxgalterlar, kadrlar ishi xodimlari va yuristlar uchun foydali boʻlgan kitoblarni xarid qilishning qulay usulini taklif qiladi. knigi.uz internet-doʻkoni xizmatlaridan foydalaning
Koʻchmas mulk buzilganda zararlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jamgʻarma qoplaydi
Prezidentning 27.07.2018 yildagi Farmoni bilan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va biznesga yetkazilgan zararlarni qoplashning yangi mexanizmi ma’qullandi
Tekshiruvlarning 2 ta turi bekor qilindi. Qaysilari qoldi?
Prezidentning 27.07.2018 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonini tahlil qilishda davom etamiz
Advokatlar sud binosiga kompyuter va mobil telefonlarini olib kirishlariga ruxsat berildi
Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (25.07.2018 yilda 2981-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) tegishli oʻzgartirishlar kiritildi
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qanday ishlarni koʻrib chiqadi
MJTKda Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar toifasi belgilandi, shuningdek uning xodimlari qonuniy faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qilganlik uchun jarima joriy etildi. Tuzatishlar 23.07.2018 yildagi OʻRQ–486-son Qonun bilan kiritildi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


