Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
16.08.17

Biznes-ombudsman Prezident Devonida joylashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining 4.08.2017 yildagi 587-son “Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

16.08.17

Umumxalq xayriya hashari 19-20 avgust kunlari boʻlib oʻtadi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 avgustdagi avgust oyini obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 19-20 avgust kunlarini – umumxalq xayriya hashari kunlari, deb e’lon qilish toʻgʻrisidagi farmoyishi imzolandi

16.08.17 NHH loyihalari
16.08.17

Parvoz xavfsizligini buzganlik uchun jarimalar qayta koʻrib chiqiladi

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni koʻzda tutadigan qonun loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda

16.08.17

Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi qayta tashkil etildi

Prezident 15.08.2017 yilda «Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarorga imzo chekdi

16.08.17

«Yoshlik II» koni yiliga 2 mln tonnagacha ruda beradi

Prezidentning 15.08.2017 yildagi PQ-3211-son «Olmaliq KMK» AJni yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori davlat rahbarining saytida joylashtirilgan

16.08.17

Favqulodda vaziyatlar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar uchun doktorantura ochiladi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fan va texnologiyalar agentligining 7.08.2017 yildagi «Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va safarbarlik tayyorgarligi yoʻnalishidagi ilmiy izlanishlar ustuvor yoʻnalishlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

16.08.17

Hisob palatasi byudjetga tushumlar ustidan nazoratni kuchaytiradi

Prezidentning 10.08.2017 yildagi PF-5147-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi

16.08.17

2018 yil uchun Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish boshlandi

Prezidentning 15.08.2017 yildagi “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi imzolandi

16.08.17

Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etildi

Prezidentning 14.08.2017 yildagi PQ-3206-son qarori imzolangani haqida davlat rahbari saytida xabar qilinadi

16.08.17

Oqsoqollar fuqarolarning sayyor shaxsiy qabulini tashkil etadi

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2017 yildagi 562-son «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi

15.08.17

Ozodlikdan mahrum etilganlar bilan onlayn-uchrashuvlarga ruxsat beriladi

Prezident 11.08.2017 yildagi PQ–3200-son «Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi

15.08.17

Hovlilar, uylar, koʻchalardan fuqarolar yigʻiniga vakil etib kim yuboriladi?

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2017 yildagi 561-son «Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi

15.08.17

XUMSh ta’mirlash uchun badallarning 80%igacha yoʻnaltiradi

Vazirlar Mahkamasining 1.08.2017 yildagi 570-son qarori bilan Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy ta’mirlash uchun mablagʻlarni toʻplash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

15.08.17 NHH loyihalari
15.08.17

SPPning biznesni tekshirishda ishtirok etishi sanksiyalar bilan ta’minlanadi

QHTBT portalida Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va boshqa qonunlarga tuzatishlarni oʻz ichiga olgan qonun loyihasi joylashtirildi

15.08.17

Islom madaniyati markazi qanday faoliyat koʻrsatadi?

Vazirlar Mahkamasining 2.08.2017 yildagi 572-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

15.08.17

San’at arboblari va jurnalistlar uchun mualliflik haqi stavkalari tasdiqlandi

Prezidentning 14.08.2017 yildagi PQ-3201-son “Madaniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori imzolandi

15.08.17

Oʻzbekistonda qiymati 50 ming soʻm boʻlgan yangi banknotlar paydo boʻladi

22 avgustdan boshlab Markaziy bank qiymati 50000 soʻm boʻlgan banknot koʻrinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi

15.08.17

“Yagona darcha” imkoniyatlari

Bekobod tumani “Yagona darcha” markazi rahbari bilan oʻtkazilgan intervyuda yagona darcha markazlari faoliyati xususida soʻz yuritiladi

14.08.17

Fermerlar mexanizatsiya xizmatlari haqini qanday toʻlaydi?

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2903, 2017 yil 27 iyul) bilan «Oʻzagroservis» aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmatlari haqini toʻlash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

14.08.17

Bolalar bogʻchalariga qabul - 3 yoshdan

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 528-son «Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

14.08.17

Arxitektura va qurilish organlarining vakolatlari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 1.08.2017 yildagi 571-son qarori bilan Davarxitektqurilish, uning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi

14.08.17

GPS-trekerli transportga yoʻl varaqasi toʻliq toʻldirilmaydi

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti boshligʻining buyrugʻi (roʻyxat raqami 1282-3, 2017 yil 4 avgust) bilan Chiptalarni hisobga olish va yoʻl varaqalarini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga tuzatishlar kiritildi

14.08.17

Poytaxt markazida Tashkent city quriladi

Vazirlar Mahkamasining 28.07.2017 yildagi 559-son «Toshkent shahrining markaziy qismini obodonlashtirish va arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi va poytaxt mexmonlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

14.08.17

Formali kiyim-boshni ilmiy laboratoriya loyihalashtiradi

Vazirlar Mahkamasining 2.08.2017 yildagi 575-son qarori bilan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tuzilmasida Formali kiyim-boshni loyihalashtirish boʻyicha ilmiy laboratoriya faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi

14.08.17

Chempionlarga oylik toʻlovlar toʻlanadi

Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan vatanimiz sportchilarini va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari Prezidentning 10.08.2017 yildagi PQ-3196-son qarorida nazarda tutilgan

14.08.17

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Agentlikka oʻtkazildi

Prezidentning “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

11.08.17

Fuqarolikni yoʻqotish toʻgʻrisidagi hujjatlar qanday tayyorlanadi?

TIV va IIVning qarori bilan (roʻyxat raqami 2909, 2017 yil 1 avgust) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.