“Huquqiy targʻibotni baholash tizimi” elektron portali ishlab chiqildi
Uning vazifalari orasida - davlat organlari va tashkilotlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha samaradorligi va mas’uliyatini oshirish.
Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasi oshirildi
Shuningdek, nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning qonuniy vakiliga parvarishlash nafaqasi toʻlanadi.
Hokim yordamchilarini ragʻbatlantirish bilan maxsus jamgʻarma shugʻullanadi
Uning mablagʻlari uy-joy ijarasi xarajatlarini qoplash, hokim yordamchilariga oylik mukofotlar, kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilishga yoʻnaltiriladi.
Bu yil Navroʻz bayrami qanday nishonlanadi
Navroʻz umumxalq bayrami arafasida respublikamizning barcha hududlarida, har bir koʻcha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonchilik va koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan umumxalq hasharlari oʻtkaziladi.
Maoshni toʻlashmayaptimi?
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasini bu haqda oʻz vaqtida xabardor qiling, sizga yordam berishadi.
Muhofaza qilinadigan yangi tabiiy hududlar tashkil etildi
Bular "Markaziy qizilqum" milliy tabiat bogʻi va "Oqtogʻ-Tomdi" davlat qoʻriqxonasi.
Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi tashkil etiladi
Uning bitiruvchilariga respublikaning oliy harbiy va davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyoz beriladi.
Madaniy meros agentligining koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun jarima solinadi
Moddiy meros ob’yektlarini nobud qilganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi.
Davlat byudjeti mablagʻlaridan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi
Chora-tadbirlar orasida - davlat moliyaviy nazorati sohasida qoidabuzarliklar holatlari toʻgʻrisida xabar bergan jismoniy shaxslarga, ushbu ma’lumot asosida moliyaviy tekshiruvlar jarayonida aniqlanib, davlat foydasiga undirilgan mablagʻlar hisobidan mukofot toʻlanishi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari qanday xususiylashtiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir ma’muriy reglament tasdiqlandi.
Nogironlikni olish tartibi oʻzgartirildi
Tibbiy-ijtimoiy xizmat faoliyatini tartibga solish boʻyicha bir qator hujjatlar tasdiqlandi.
Olimpiya oʻyinlari gʻoliblariga mukofotlar miqdori aniqlandi
2024 yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlganlarga oltin medal uchun - $200 000, kumush medal uchun -$100 000, bronza medal uchun -$50 000 toʻlanadi.
Professional ta’lim tizimiga dual ta’lim shakli joriy etiladi
Prezidentning “Professional ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan islohotlarni jadallashtirish va kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Buxoro viloyatida qurilish materiallari klasterlari tashkil etiladi
Ularning vazifasi jumlasiga qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirish, mahalliy mineral-xomashyo resurslarini qayta ishlashga investitsiyalarni jalb qilish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish kiradi.
Qadimiy yozma manbalar yagona reyestrga kiritiladi
Shuningdek, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Qadimiy yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi” ta’lim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Bolalar qaysi yoshdan tayyorlov guruhlariga qabul qilinadi
VMning qarori bilan VMning “Bolalarni boshlangʻich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Prezident maktablari oʻquvchilari uchun “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohi tashkil etiladi
“Oʻzmetkombinat” AJning “Yoshlik” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufiga begʻaraz oʻtkaziladi. Uni saqlash uchun 10 yil davomida “Oʻzmetkombinat” AJ tomonidan homiylik xayriyalari ajratiladi.
Ichki ishlar organlarining ekspertlari pullik xizmatlar koʻrsatadi
Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika boʻlinmalari jismoniy va yuridik shaxslarga ekspertlik, biometrik identifikatsiya va boshqa pullik xizmatlar koʻrsatish huquqiga ega boʻlishdi.
Pensiya qonunchiligi: nimalar oʻzgardi
Boshqalar qatorida, nogironlik pensiyalari tayinlanadigan shaxslar roʻyxati kengaytirildi.
Avtomobilni ijara berish tartibi soddalashtirildi
Shuningdek, QQS boʻyicha vaqtinchalik soliq imtiyozlari muddati ham uzaytirildi va endi SSP fors-major holatlarini tasdiqlaydi.
Chorvachilik davlat tomonidan qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Chorvachilik xoʻjaliklariga goʻsht uchun realizatsiya qilingan yirik va mayda shoxli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun subsidiyaning miqdori 2 000 soʻmdan 4 000 soʻmga hamda sutning har bir litri uchun 200 soʻmdan 400 soʻmga oshirildi.
OTB Oʻzbekiston moliya bozorini rivojlantirish uchun mablagʻlar ajratadi
Respublika byudjetining xarajatlarini moliyalashtirish uchun jami $100 mln yoʻnaltiriladi, birinchi transh - $20 mln.
Chorvachilikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi
2022 yilda bu sohaga Jahon bankining $300 mln miqdoridagi kredit mablagʻlarini jalb etish rejalashtirilmoqda.
Elektr energetika sektori transformatsiya qilinadi
Buning uchun Jahon banki tomonidan imtiyozli kreditlar hamda grant mablagʻlari ajratildi.
“Boysun bahori” festivali aprelda oʻtkaziladi
2022 yildan boshlab u har ikki yilda bir marta aprel oyida Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida oʻtkaziladi.
Xalq ta’limi tizimi isloh qilinadi
Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha milliy kengash tashkil etiladi, uning vazifalari orasida - oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini koʻtarish, oʻqituvchilarning moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash, samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish.
Ichki yoʻllarning ta’mirlanishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi
Avtomobil yoʻllari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari belgilandi.
Poytaxt jamoat transporti tizimi qanday rivojlantiriladi
Boshqalar qatorida, jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish uchun chorraha va koʻchalarni qayta loyihalashtirish nazarda tutilgan.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.



