Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
04.04.20

Prezident tomonidan iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashga doir navbatdagi farmon imzolandi

Bu haqda davlatimiz rahbari koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtdi.

03.04.20

Ipotekani rasmiylashtirish chogʻida qanday qilib subsidiya olish mumkin

Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom (25.03.2020 yildagi 182-son VMQga qarang) tasdiqlandi.

03.04.20

NHH gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 martdagi 192-son qarori bilan uni oʻtkazish tartibi tasdiqlangan.

03.04.20 NHH loyihalari
03.04.20

Homiylikka soliq solishga tuzatish kiritiladi

Moliya vazirligi Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritishni taklif qilmoqda. Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.

03.04.20 NHH loyihalari
03.04.20

Bitiruv va kirish imtihonlarini birlashtirmoqchilar

QHTBT portalida Prezidentning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yanada soddalashtirish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi joylashtirilgan.

03.04.20

Qishloq xoʻjaligi birlashmasini tashkil etish uchun subsidiya qanday olinadi

Kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi birlashmalari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratish tartibi belgilandi.

03.04.20

Faoliyat toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, xodimni qanday qilib ishdan boʻshatish mumkin

Korxona faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, xodimlarni ishdan boʻshatish mumkinmi? Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra yuridik fanlar nomzodi, Mehnat kodeksining mualliflaridan biri Mixail GASANOV vaziyat yuzasidan tushuntirish berdi.

03.04.20

Poytaxtda Abdulla Qodiriy uy-muzeyi ochildi

Hukumatning oʻzbek yozuvchisining boy ijodiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilishga qaratilgan qarori qabul qilindi.

02.04.20

Hududlarda nechta notarius boʻlishi lozim

Vazirlar Mahkamasi tomonidan notarial okrugdagi notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilash tartibi tasdiqlandi.

02.04.20

Oʻzini yakkalash va xayriya aksiyalarini muvofiqlashtirish rejimi joriy etildi

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi yana bir qator cheklovchi chora-tadbirlarni joriy etdi.

02.04.20

Shaxsni ushlashda videoyozuvga tushirish joriy etiladi, dorilarni import qilish soddalashtiriladi

30 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.

02.04.20 NHH loyihalari
02.04.20

Qayer jamoat joyi hisoblanadi

Qonun hujjatlarida aniq ta’rif va yagona yondashuv boʻlmaganligi sababli mutaxassislar bu borada munozara qilib keladilar. IIV «Jamoat xavfsizligi toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasiga jamoat joylari tushunchasi va tasnifini kiritdi.

02.04.20

Import tovarlari chakana savdoga chiqishi uchun nimalar qilish lozim

Bojxona tartib-taomillarida ishtirok etadigan mutaxassislar ham avtomobillarda harakatlanish huquqi berilishi lozim, aks holda import tovarlar yaqin orada doʻkonlarga chiqmay qolishi mumkin. Bojxona brokerlari uyushmasi shunday deb hisoblaydi hamda bojxonada tozalashda ishtirok etadigan mutaxassislarga ham ruxsatnoma stikerlari berilishini taklif etadi.

02.04.20

Kambagʻallikni qisqartirishga 100 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi

Davlatimiz rahbari iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlarini tasdiqladi.

02.04.20

Qanday qilib xodimni karantin davrida ishdan boʻshatish mumkin

Xodimlarni karantin davrida ishdan boʻshatish mumkinmi? Qabul qilinayotgan ijtimoiy himoya choralari munosabati bilan ishdan boʻshatish qoidalari oʻzgardimi?

01.04.20

Mehnat vazirligi tomonidan masofaviy ishlashning moslashuvchan grafigi tasdiqlandi

Xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigi yoki uyda ishlashga oʻtkazishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.

01.04.20

Urush faxriylariga – 10 million soʻmdan

Prezidentning Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Farmoni imzolandi.

01.04.20

1 apreldan nimalar oʻzgaradi

1 apreldan kuchga kiradigan qonun hujjatlaridagi soliq imtiyozlari, inqirozga qarshi choralar, qurilishda davlat nazorati, poytaxt propiskasi, fuqarolik, davlat xizmatlariga oid va boshqa oʻzgartirishlar sharhimizda jamlangan.

01.04.20

Oʻzbekiston MDH ishtirokchi-davlatlarining Yoshlar bilan ishlash kengashiga a’zo boʻldi

Mamlakatimiz MDH ishtirokchi-davlatlarining yoshlar bilan ishlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitimiga qoʻshiladi.

01.04.20

Xususiy sud-ekspertizasi: qoidalar tasdiqlandi

Hukumat tomonidan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.

01.04.20

2020 yilgi Davlat dasturi tasdiqlandi

Muhokama qilingan loyihaga solishtirilganda bandlar soni kamroq, ularni amalga oshirish uchun ajratiladigan xarajatlar koʻproq.

31.03.20

«Aqlli» hisoblagich – gaz ta’minoti tashkilotlarining mulki

«Hududgazta’minot» AJ korxonalari barcha servis xizmatlar va ularga bogʻliq xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi. Iste’molchilar faqat hisoblagichning butligini kuzatib boradilar.

31.03.20

Qisman haq toʻlanadigan ta’til qanday rasmiylashtiriladi

Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlashning boshqa turlari orasida Soliq kodeksida “asosiy ish haqi qisman saqlab qolingan holda ta’tilda boʻlgan xodimlarga beriladigan toʻlovlar” zikr etilgan. Bunday toʻlovlarni mehnat qonunchiligi talablarini buzmagan holda qanday rasmiylashtirish mumkin.

31.03.20

Mehnat vazirligi: Qanday qilib karantin davrida navbatdan tashqari ta’tilga chiqish mumkin

Bolalar bogʻchalari va maktablarning faoliyati toʻxtatilganda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va maktablar boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ota-onalariga yillik mehnat ta’tili berish tartibi tasdiqlandi

30.03.20

Respublika komissiyasining vakolati kengaytirildi

Maqsad – aholini barcha zarur dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va eng zarur tovarlar bilan ta’minlash.

30.03.20

Sirdaryoda savdo-logistika terminali tashkil etiladi

Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 martdagi 173-son qarorida nazarda tutilgan.

30.03.20

Xorazmda xalqaro fizika va matematika maktab-internati tashkil etiladi

Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 martdagi 171-son qarorida belgilangan.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.