Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
24.05.19

Oʻzbekistonda yoʻl qurilishini rivojlantirish strategiyasini «Roland Berger GmbH» ishlab chiqadi

Bu davlatga 2,6 mln yevroga tushadi. Nemis konsalting kompaniyasi texnik topshiriqlar taqdim etilgan kundan boshlab, 120 kundan koʻp boʻlmagan muddatda ishlab chiqishi kerak

24.05.19

Toshkentda nemis texnologiyalari boʻyicha plastik kartalar ishlab chiqarish ishga tushiriladi

Yiliga 75 mln dona ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy zavod qurish bilan YaUPM qoʻshma korxonasi va «Veridos GmbH» nemis kompaniyasi shugʻullanadi

24.05.19

Avtobusda tashish xavfsizligi oshiriladi

Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 maydagi 424-son qarorida nazarda tutilgan

23.05.19

Parlamentda qonun loyihalarini koʻrib chiqish tartib-taomili oʻzgardi

«Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi (22.05.2019 yildagi OʻRQ-540-son Qonun)

23.05.19

Uylar barcha zarur telekom-infratuzilma bilan quriladi

Prezident 22.05.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi

23.05.19

Davlat tijorat sektoridagi ishtirokini kamaytirishda davom etadi

Bu Prezidentning 2019 yil 21 maydagi PQ-4325-son qarorida nazarda tutilgan

23.05.19

Notarial harakatlar uchun qancha haq toʻlanadi

2019 yil 1 iyundan notariuslar faoliyatida SMS-xabar berish elektron tizimi joriy etiladi

23.05.19

Qanday hujjatlar LBMA qoshidagi Markazda ekspertizadan oʻtkaziladi

«Elektron hukumat» tizimi doirasida loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilashga bagʻishlangan navbatdagi hujjat qabul qilindi

22.05.19

Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagoglar koʻpayadi

Ularni tayyorlash uchun respublikamizdagi 97 ta kasb-hunar kolleji qayta tashkil etilishi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2019 yildagi 418-son qarorida nazarda tutilgan

22.05.19

Xorijga chiqish pasporti uchun anketa: bir varaqda

16 yoshdan kattalar va 16 yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar uchun xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun yangi anketa shakllari ishlab chiqildi va davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

22.05.19

Buxgalterlar orasida soʻrov oʻtkazilmoqda

Savollarga javob berib, chegirmani qoʻlga kiriting va ta’lim markazlarining oʻqitish darajasini oshiring!

22.05.19

Ish beruvchi buxgalterning malakasini qanday baholaydi

Hozirgi sharoitda buxgalteriya hisobi boʻyicha yaxshi mutaxassisni topish mushkul. Rahbarlar va kadrlar xizmati xodimlarida koʻpincha ularning malakasi xususida shubha tugʻiladi. bir.uz portali yordam sifatida ekspress-testni taklif etmoqda

22.05.19

Investitsiya, boshqaruv kompaniyalari va venchur fondlari qanday ishlaydi

Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

22.05.19

Muqobil energetikani rivojlantirish soliq imtiyozlari bilan ragʻbatlantiriladi

21.05.2019 yildagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida»gi OʻRQ–539-son Qonun e’lon qilindi

22.05.19

Mehmonxona xizmatlari: bron qilishdan rasmiylashtirishgacha

Respublikamiz hududida mehmonxona xizmati koʻrsatish qoidalari: bron qilish, tashrif buyuruvchilarni rasmiylashtirish, nikoh munosabatlaridan qat’i nazar joy berish, bepul xizmatlar doirasi va boshqalarni belgilovchi namunaviy nizom qabul qilindi

22.05.19

Foyda soligʻini kim pasaytirilgan stavkada toʻlashga haqli

2018 yildan ikkita soliq – foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi birlashtirildi (29.12.2017 yildagi OʻRQ-454-son Qonunning 2-moddasi 2, 32-bandlari)

22.05.19

EKIH oʻtmishda qoladi

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab MHEKM, bazaviy hisoblash miqdori va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori uning oʻrnini bosadi

22.05.19

Zargarlarga litsenziyalarni Asillik darajasini belgilash palatasi beradi

Zargarlik va qimmatbaho metallardan yasalgan boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash funksiyalari MB huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligidan Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga oʻtkazildi

22.05.19

«Mentalist» ta’lim markazi umumbelgilangan soliqlar boʻyicha olti kunlik mini-kursni taklif etadi!

Mini-kursni Nortern Light Business Group moliyaviy direktori, soliq tekshiruvlari va maslahatlari sohasida 25 yillik tajribaga ega Nigora Madraimova olib boradi.

21.05.19

$50 000 gacha zargarlik buyumlari – xorijiy koʻrgazmaga kontrakt va BYuDsiz

Prezidentning 29.12.2017 yildagi «Xorijiy davlatlarda koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan tovarlarni olib chiqish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3451-son qaroriga tegishli qoʻshimchalar kiritildi

21.05.19

Yaylovlardan foydalanish qonun bilan tartibga solindi

20.05.2019 yildagi «Yaylovlar toʻgʻrisida»gi OʻRQ–538-son Qonun e’lon qilindi

21.05.19

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari roʻyxati e’lon qilindi

2019 yil 1 aprel holatidagi roʻyxat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida joylashtirilgan

21.05.19

«Elektron hukumat»ni rivojlantirish uchun birgalikda harakat qiladilar

Raqamli iqtisodiyot va «Elektron hukumat» tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilindi

21.05.19

Import qilingan tovarlar harakati qanday monitoring qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 16.05.2019 yildagi 410-son qarori bilan olib kirilgan tovar harakatini nazorat qilish hamda soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida mexanizm tasdiqlandi

21.05.19

Hisob palatasining huquqiy maqomiga aniqlik kiritildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi, unda bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi

21.05.19

Zargarlik tarmogʻida – yangi qoida va imtiyozlar

Ular Prezidentning 2019 yil 18 maydagi Farmoni bilan belgilangan

20.05.19

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xodimlariga – imtiyozli ipoteka

Kredit EKIHning 3 000 baravari doirasida, muddati – kamida 15 yilga 5 yillik imtiyozli davr (faqat foizlar toʻlanadi) va 7% stavka bilan

20.05.19

XUMShning puli boʻlmasa, kredit boʻyicha qarzni hokimlik soʻndiradi

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan kafolatlar berilishi va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.