Ekspertlar majburiy tibbiy sugʻurtani joriy qilishni muhokama qildilar
2021 yildan uni joriy etish boshlanadi va birinchi navbatda, yirik tashkilotlarda majburiy sugʻurta ta’minlanadi. Bu Toshkentda “Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlashni moliyalashtirishni isloh qilish” xalqaro uchrashuvida muhokama qilindi
Muvofiqlikni baholash organlarini maxsus Markaz akkreditatsiyadan oʻtkazadi
Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 apreldagi 349-son qarorida belgilangan
Oliy Majlis Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisi 3 may kuni boʻlib oʻtadi
Kun tartibiga mamlakatimizning bugungi rivojlanish yoʻlida qoʻyilgan maqsadlarga erishishga, fuqarolik jamiyati asoslarini yanada mustahkamlash va demokratik islohotlar samaradorligini ta’minlashga qaratilgan qator qonunlar kiritilgan
Mahalliy mahsulotlar sifatini oshirishga doir ishlar takomillashtirilmoqda
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasini yaxshilashga yoʻnaltirilgan bir qator chora-tadbirlar belgilandi
Sifatsiz boʻlgan mahsulotlar ochiq bazaga kiritiladi
Insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
«GM Uzbekistan» avtomobillari mahalliy shinalar bilan butlanadi
Hukumat «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJni yagona yetkazib beruvchi sifatida tan oldi. Endi byudjet va korporativ buyurtmachilar toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzgan holda, korxona mahsulotlarining xaridini amalga oshirishga haqlidirlar
Oʻzini oʻzi band qilganlarga guvohnoma beriladi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Oʻzini oʻzi band qilish uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini kiritish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyilgan
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi: turizm va baliqchilikni rivojlantirish
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
9 Mayni nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi
Tegishli qarorni Oʻzbekiston Prezidenti 2019 yil 23 aprel kuni imzoladi
Aholini roʻyxatga olish aniq ma’lumotlarni ta’minlashi kerak
24 aprel kuni Qonunchilik palatasida Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi tashabbusi bilan «Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi
Huquqiy targʻibot qanday baholanadi
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tartibi tasdiqlandi
Oʻzbekistonda bolalar ombudsmani boʻladi
Prezidentning 22.04.2019 yildagi «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–4296-son qarori imzolandi
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 7,5 mln soʻmdan beriladi
Oʻzbekiston Prezidenti 23 aprel kuni fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 74 yilligi nishonlanishi munosabati bilan tegishli Farmonni imzoladi
TIF: oltita hujjat yoʻq boʻladi, 2020 yildan qogʻoz tashuvchilar bekor qilinadi
Prezidentning 23.04.2019 yildagi qarori bilan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillar yanada takomillashtiriladi
Xalq tabobati qonunda belgilanadi
2019 yil 23 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Deputatlar sotsial-iqtisodiy, sogʻliqni saqlash sohasidagi bir qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar
Fuqarolar yigʻini ishonchnomani qanday rasmiylashtiradi
Fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi tasdiqlandi
Ta’lim sohasida soatbay ishlovchilarga yangicha haq toʻlanadi
Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlashning yangi tartibi belgilandi
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlashda nimalarni koʻrsatish kerak
Vazirlar Mahkamasining 20.01.2014 yildagi «Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 10-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Oliy oʻquv yurtiga hujjatlar navbatsiz, onlayn topshiriladi
May oyidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda
Byudjet buyurtmachilari zakalat toʻlamaydilar
Davlat xaridlariga doir idoraviy hujjatlarga tuzatishlar kiritildi
Koʻchmas mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizolar sudgacha qanday koʻrib chiqiladi
Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Bojxona yoʻlaklarida tovarlar qanday koʻrikdan oʻtkaziladi
Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi
Yana bitta xalqaro universitet filiali ochiladi
Janubiy Koreyaning Kyungin xalqaro universiteti (Kyung-in Women’s University[1]) Toshkentda oʻz boʻlinmasini ochishni rejalashtirmoqda
«Tashkent Law Spring» forumiga hammasi tayyor
22 aprel kuni boʻlib oʻtgan brifingda tayyorgarlik ishlari toʻliq yakunlangani haqida matbuot vakillariga xabar berildi
Traktorchi-mashinistga yangi namunadagi guvohnoma beriladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 17.04.2019 yildagi “Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 325-son qarorida nazarda tutilgan
Trenerga ruxsatnoma – Davlat xizmatlari markazida yoki YaIDXP orqali
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
Loyiha kelishilishi uchun – 10 kun
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga qoʻshimcha kiritildi
Vatandoshlarga – 2 yillik viza va propiska
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


