NHH loyihalari: jismoniy shaxslardan pul oʻtkazmalari – faqat naqd pulda
Davlat portalida Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyrugʻi loyihasi muhokama qilinmoqda
1 iyuldan boshlab Oʻzbektelekom xizmatlariga yangi tariflar joriy qilinadi
Aloqa milliy operatori oʻz rasmiy saytida telekommunikatsiyaning universal xizmatlari uchun yangi tariflar oʻrnatilishi toʻgʻrisida xabar berdi
IDXYaPda raqamli imzodan foydalanish ancha qulay boʻldi
Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali dasturiy ta’minot – “E-Imzo” moduli yangilanganligi toʻgʻrisida xabar berdi
AJlariga yordam sifatida 5 namunaviy nizom ishlab chiqildi
Ushbu namunaviy hujjatlar aksiyadorlik jamiyatlariga amaliy yordam berish, shuningdek ularning faoliyatida Korporativ boshqaruv kodeksini sifatli joriy etish maqsadida ishlab chiqildi
Aniqlashtirilgan hisobot topshirilmasa, hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar toʻxtatiladi
Vazirlar Mahkamasining 25.05.2016 yildagi 177-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Energiyani tekshiruvchilar soni koʻpayadi
Vazirlar Mahkamasining 24.05.2016 yildagi 175-son Qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi
Eksportchilarga roʻyxat oʻzgartirib berildi
Vazirlar Mahkamasining 24.05.2016 yildagi 172-son Qarori bilan Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2015 yil 21 dekabrdagi PQ–2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida» Qaroriga (10.02.2016 yildagi 33-son) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Ilmiy unvonlarni olishga talabgorlar uchun talablar oʻzgardi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 3 iyunda 2793-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan yangi Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Issiqlik ta’minoti tizimi takomillashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 2.06.2016 yildagi 182-son qarori bilan respublika issiqlik ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Mulkni baholash toʻgʻrisidagi hujjatlarga muhr kerak emas
Davlat raqobat qoʻmitasining qarorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standartlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi
Oliy oʻquv yurtlariga qabul kvotalari tasdiqlandi
Prezidentning 26.05.2016 yildagi PQ-2534-son Qarori bilan 2016/2017 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi belgilandi
Bank xabarlari: yangi toʻlov tizimi va omonatlar, valyuta operatsiyalari
Oʻtgan hafta mobaynida mamlakatimiz banklari faoliyatida bir vaqtning oʻzida bir necha qiziqarli voqealar sodir boʻldi. Xalq banki va Agrobank yangi toʻlov tizimini ishga tushirdi, «Hamkorbank» valyuta operatsiyalari tiklanganligini e’lon qildi, «Turonbank» va «Asaka» bank esa omonatlarning yangi turlarini e’lon qilishdi
NHH loyihalari: sanatsiya jarayoni monitoringini joriy qilish taklif qilinmoqda
Yagona portalda Sudgacha sanatsiyadan oʻtkazish, shuningdek korxonalarni sudgacha va sud sanatsiyasi jarayoni monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning loyihasi e’lon qilindi
Mustaqillik kuniga tayyorgarlik boshlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2016 yil 2 iyun kuni “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi
Ilmiy xodimlarning mehnatiga haq toʻlash razryadlari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari tasdiqlandi
NHH loyihalari: kartografiya ishlari uchun ruxsatnoma
Yagona portalda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan Geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror berish tartibi toʻgʻrisida nizom loyihasi muhokama qilinmoqda
Poytaxtning qaysi koʻchalari va yoʻllari 2016 yilda rekonstruksiya qilinadi
30 may kuni poytaxt hokimligida oʻtkazilgan matbuot-anjumani rejalashtirilgan ishlarning batafsil sharhiga bagʻishlandi. Shahar ma’muriyati vakillari rekonstruksiya qilinayotgan, ta’mirlanayotgan yoki yoʻl qoplamasi, bordyurlari va yer osti kommunikatsiyalari almashtirilayotgan barcha koʻchalarning roʻyxatini taqdim etdi
NHH loyihalari: xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun monopoliyaga qarshi talablar aniqlashtirilmoqda
Yagona portalda qonun loyihasi joylashtirildi, u bilan “Raqobat toʻgʻrisida” 6.01.2012 yildagi OʻRQ-319-son Qonunga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif qilinmoqda
Yer kadastriga doir axborotlar qanday olinadi
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining qarori bilan Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Fuqarolar murojaatlari – mansabdor shaxslar ishining indikatoridir
Aliya YuNUSOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi shunday hisoblaydi
Koʻchmas mulkka taqiqni IDXYaP orqali tekshirish mumkin
Toshkent shahri Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Yagona portalda koʻchmas mulkka nisbatan xatlash va (yoki) taqiq mavjudligi toʻgʻrisida axborot taqdim qilish boʻyicha elektron xizmat koʻrsatishni boshlaydi
Yangi ta’mirlash-qurilish tashkilotlari uchun imtiyozlar muddati uzaytirildi
DSQ, MV, DBQ va Davarxitektqurilishqoʻmning qoʻshma qarori bilan Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
NHH loyihalari: bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisga talablar
Yagona portalda Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis toʻgʻrisida nizom loyihasi muhokama qilinmoqda
Pedagogika universitetining yangi vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 13.05.2016 yildagi 153-son Qarori bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Davlat statistika qoʻmitasi statistika hisobotining yangi shaklini joriy qildi
Statistika hisobotining choraklik shakli meva-sabzavot mahsulotlari xarid qiluvchi kompaniyalar uchun moʻljallangan
IDXYaP orqali YTHda sugʻurtalanganlik haqida bilish mumkin
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi tomonidan IDXYaPda yangi xizmat ishga tushirildi, u jismoniy va yuridik shaxslarga YTHda aybdor shaxsning transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisida elektron murojaat berish imkonini beradi
NHH loyihalari: birja savdolarida yuqori likvidli mahsulotlar
Yagona portalda Vazirlar Mahkamasining birja savdolarida mahsulotlarning yuqori likvidli turlarini sotish mexanizmlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
IDXYaPda “Davlat foydasiga voz kechish” bojxona rejimidan foydalanish mumkin
Davlat bojxona qoʻmitasi IDXYaPda yangi xizmatni ishga tushirdi, uning yordamida yuridik va jismoniy shaxslar – tadbirkorlik sub’yektlari tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirish uchun ruxsatnoma berilganligi toʻgʻrisida bildirishnoma olishlari mumkin
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


