Bojxonaga taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxati tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 20.07.2015 yildagi 197-son qarori bilan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan hujjatlar Roʻyxati tasdiqlandi.
Savdo-sotiq uchun tovarlarni olib keluvchi YaTTlarni roʻyxatdan oʻtkazish soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 20.07.2015 yildagi 198-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.
Qayta moliyalash stavkasi oʻzgarishsiz qoldi
Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborot xizmati xabar berdi
"Bir darcha" markazlarini tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
Tadbirkorlik sub’yektlariga "bir darcha" tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari keyingi yil muqaddimasida oʻz faoliyatini boshlaydi. Shu munosabat bilan ayni paytda keng koʻlamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Davlat aksiyalarini boshqarish huquqi uchun hujjatlar roʻyxati qisqardi
Davlat qoʻmitasining qarori bilan (Adliya vazirligi tomonidan 23.07.2015 yilda 1410-6-son bilan roʻyxatga olingan) Davlat aksiyalar paket (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Bosh buxgalter kassir majburiyatlarini bajara oladimi?
Avval amalda boʻlgan Qoidalarda bosh buxgalterlar va boshqa ayrim xodimlarga kassirlik majburiyatlarini bajarish taqiqlangandi. Yangi Qoidalardan bu me’yor chiqarib tashlangan, bu uning bekor qilinganligini bildiradimi?
Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha yuridik xulosa qanday beriladi
Vazirlar Mahkamasining 10.07.2015 yildagi 187-son qarori bilan Davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha yuridik xulosalar berish tartibi haqidagi Nizom tasdiqlandi.
Mana, xizmat safari ham oʻtdi. Mohirlik bilan hisob beramiz!
Ayrim kompaniyalar uchun xizmat safari – bu oddiy hol, boshqalar uchun esa xizmat safariga yuborilgan xodim hamda tashkilot buxgalteri oldiga koʻpgina savollarni qoʻyadigan nihoyatda kam uchraydigan hodisadir.
Bank-moliya akademiyasiga imtihonlar qanday topshiriladi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining buyrugʻi bilan (Adliya vazirligi tomonidan 14.07.2015 yilda 2698-son bilan roʻyxatga olingan) Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kirish test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
«Mening Shahrim: ta’lim»ni endi PAYNET orqali xarid qilish mumkin
Endi abituriyentlar va ularning ota-onalari, pedagoglar, repetitorlarga elektron testlarni sotib olish oson boʻladi!
Bayram – ta’tilda ham bayram
Yozda, nafaqat yozda, umuman shunday boʻladiki bayramlar yillik mehnat ta’tili kunlariga toʻgʻri kelib qoladi. Bu uning davomiyligiga ta’sir qiladi hamda bu korxona hujjatlarida aks ettirilishi kerak.
Respublika Mustaqillikning 24 yilligiga tayyorgarlik koʻrmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 17 iyulda “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi.
Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisi 6 avgust kuni boʻlib oʻtadi
Toshkentda 2015 yil 20 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi.
Kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorlarni aniqlash yuzasidan choralar koʻrilmoqda
2015 yil 9 iyul kuni Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahridagi turar va noturar joy ob’yektlari hamda koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarning monitoringini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish prokuraturaga topshiriladi
Qonunchilik palatasida Yurtboshimizning 2014 yil 24 iyuldagi “Qonunchilik ijrosini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini ijro etish uchun ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi” qonun loyihasini yalpi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Yana 3 idora jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashadi
Vazirlar Mahkamasining 3.07.2015 yildagi 180-son qarori bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha milliy tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.
Yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi axborotdan hamma foydalanishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 3.07.2015 yildagi 179-son qarori bilan Korxona va tashkilotlarning Yagona davlat registriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi
Abituriyentlar uchun “Mening shahrim” turkumidagi testlarning yangilangan versiyalari chiqarildi
Yaqinda oʻtkaziladigan test sinovlari arafasida “Mening shahrim” loyihasi tarkibida elektron testlar mavjud dasturiy mahsulotlarning navbatdagi yangilangan versiyalari chiqarilganligini ma’lum qiladi.
Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kvotalar belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 29 iyundagi 172-son qarori bilan Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga 2015/2016 oʻquv yili uchun qabul kvotalari va ularni “Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)” mutaxassisligi boʻyicha taqsimlash tasdiqlandi
Yagona portalda NHH loyihalari: buxgalteriya hisobida oʻzgarishlar
Moliya vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi” qonun loyihasi muhokamaga kiritildi.
Akvaparklar: jazirama kunda choʻmilish necha pulga tushadi?
Salqin kelgan bahor Toshkent shahri va poytaxt viloyatidagi akvaparklarda choʻmilish mavsumining ochilishini biroz kechiktirdi. Biroq iyun oʻz haqini talab qilib turgan ushbu issiq kunlarda suv-attraksionlari ishqibozlari, va nihoyat, narxlarni oʻrganib, oʻzlari va yaqinlari uchun hordiq chiqarishning bu turini tanlash imkoniga egalar
Valyutani Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqish tartibi oʻzgardi
Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan (Adliya vazirligi tomonidan 3.06.2015 yilda 2678-son bilan roʻyxatga olingan) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi yangi Nizom tasdiqlandi.
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish qoidalari oʻzgardi
Prezidentning 2015 yil 15 maydagi PF-4725-son Farmoniga asosan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarida tekshiruv oʻtkazish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi.
Ulgurji va ulgurji-chakana savdoni amalga oshiruvchi korxonalar uchun YaST
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-son Qarorining 10-2-ilovasiga muvofiq, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining 2015 yilgi stavkalari tasdiqlangan.
Yillik tekshiruvlar reja-jadvali tasdiqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻzining saytida 2015 yilda xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirish reja-jadvalini e’lon qildi.
Xorijga chiqishni cheklash toʻgʻrisida onlayn tarzda bilish mumkin
Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyati moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti tomonidan yangi interaktiv xizmat joriy qilindi.
Kasallik varaqalari yangicha tarzda beriladi
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan (AV tomonidan 17.04.2015 yilda 2667-son bilan roʻyxatga olingan) mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yangi Yoʻriqnoma tasdiqlandi. Avval amalda boʻlgan Yoʻriqnoma (19.01.2000 yildagi 873-son) oʻz kuchini yoʻqotdi.
Imtiyozli davrda obuna qanday imkoniyatlarni ochadi?
NORMAl gazetalar – bu nafaqat ekspertlar sharhlari bilan huquqiy va iqtisodiy tematikadagi eng dolzarb axborot, balki «Norma» kompaniyalar guruhidan koʻpgina foydali bonuslar hamdir.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


