Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHXS: 2026 yil 21 noyabrdan nimalar oʻzgardi Qonun loyihasi: 2027 yildan boshlab tijorat ijarasi qoidalari qanday oʻzgarishi mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
03.10.22

Davlat chegarasini kesib oʻtishda transport va tovarlar ustidan nazorat kuchaytiriladi

Endilikda Davlat chegarasini kesib oʻtayotgan avtotransport vositalari va tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish bojxona organlari va chegara xizmati vakillaridan iborat qoʻshma naryadlar tomonidan amalga oshiriladi.

03.10.22

“Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi

Qonun tovar (ish, xizmat)larning sifatini, ushbu sohada ochiqlik, shaffoflik va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

03.10.22

“Yangi Oʻzbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi ma’qullandi

Dastur eksportchi korxonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

03.10.22

Hududlarda turizm qanday rivojlantiriladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlarida xorijiy turistlar oqimini oshirishga qaratilgan turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

03.10.22

Tadbirkorlik sub’yekti boʻlmagan yuridik shaxs qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi

Yuridik shaxslar birlashmalari, advokatlik tuzilmalari hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari shunday yuridik shaxslar jumlasiga kiradi.

30.09.22

Auditorlarning ishi sifatini tekshirish tartibi belgilandi

Ish sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazishdan bosh tortgan auditorlik tashkilotining faoliyati toʻxtatiladi.

30.09.22

1 oktyabrdan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2022 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

30.09.22

Sirdaryoda DXM orqali nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi

2023 yil 1 iyundan boshlab butun respublika hududida tugʻilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarida qayd etish tartibi joriy etiladi.

30.09.22

Kripto-aktivlar sohasidagi faoliyat uchun yigʻimlar miqdori tasdiqlandi

Maynerlar BHMning 10 baravari, kripto-birjalar – BHMning 400 baravari miqdorida yigʻim toʻlaydi.

30.09.22

“Yashil” va “Yashil jamoat parklari” qanday tashkil etiladi

Bunday parklarni barpo etish tashabbusini davlat idoralari va tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar ilgari surishlari mumkin.

29.09.22

Poyabzal va moʻyna mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun KSZ tashkil etiladi

KSZni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashga 90 mlrd soʻm ajratiladi.

29.09.22

Qishloq xoʻjaligi sohasida oʻquv-tajriba xoʻjaliklari tashkil etiladi

Ushbu maqsadda umumiy maydoni 279 gektar yerlar 30 yil muddatga ijaraga beriladi.

29.09.22

Veterinarlar va chorvadorlar uchun koʻkrak nishonlari tasdiqlandi

Koʻkrak nishonidan tashqari, taqdirlanganlar bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.

28.09.22

OTB Orolboʻyi havzasida suv resurslarini boshqarish uchun qarz ajratadi

Umumiy qiymati $194,9 mln ni tashkil etadigan loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo hamda Xorazm viloyatlarida amalga oshiriladi.

27.09.22 NHH loyihalari
27.09.22

Vakolatli iqtisodiy operatorlarning maqomi xalqaro standartlarga moslashtiriladi

Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

26.09.22 NHH loyihalari
26.09.22

Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun hududlarda komissiyalar tashkil etiladi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

26.09.22

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 1,99 trln soʻm ajratiladi

Koʻp kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi. “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning bolalari issiq kiyim-kechak bilan ta’minlanadi.

23.09.22

Ayrim idoralarda kapital qurilishda buyurtmachi xizmati tugatiladi

Ushbu xizmat maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, oliy ta’lim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va boshqa vazirliklarda tugatiladi.

23.09.22

Ipoteka kreditlariga subsidiya olgan shaxslar JShDSdan ozod etiladi

Fuqarolarning kredit va hisoblangan foizlarni soʻndirishga yoʻnaltirilgan oylik ish xaqi va daromadlari soliqqa tortilmaydi.

23.09.22

Davlat idoralarining ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati

Idoralararo elektron hamkorlik va axborot almashish tizimini yanada takomillashtirish choralari koʻrilmoqda.

23.09.22

Kasanachi ayollarga subsidiya miqdori oshirildi

Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga davlat mulkidagi binolarni ijaraga olishda imtiyoz taqdim etiladi.

22.09.22

Quyosh panellarini ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari tasdiqlandi

“Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasi hududida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini klaster usulida ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

22.09.22

Farmatsevtika uchun ayrim xomashyo va uskuna turlari bojxona bojidan ozod qilindi

Tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari, texnologik va laboratoriya uskunalari va boshqalar roʻyxati 500 nomlanishni oʻz ichiga oladi.

22.09.22

Soliq tekshiruvlari va ularning oʻtkazilishiga sabab boʻluvchi omillar

Bugungi kunda soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavfi har qanday korxonada mavjud boʻlishi mumkin.

22.09.22

Qishloq hududlarida xorijiy tillarga oʻqitadigan tashkilotlar subsidiyalar oladi

Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

21.09.22

Xususiy sektorda ishlovchi boʻlajak onalarga nafaqa toʻlanadi

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

21.09.22

Qaysi tumanlar olis hisoblanadi

Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga ustama toʻlanadigan olis va chekka hududlar roʻyxati tasdiqlandi.

20.09.22

1 yanvardan pensiyani hisoblash tartibi oʻzgaradi

Prezident tomonidan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi Qonun imzolandi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.