Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi alifboga oʻtishda banknot va tangalarni almashtirishga toʻgʻri kelmaydi Doimiy va vaqtinchalik farqlar: foyda soligʻiga ta’siri Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
16.02.21

Chegara zonasi rejimi qayerda oʻrnatilgan

Chegara zonasi oʻrnatilgan ma’muriy-hududiy birliklar, temir yoʻl stansiyalari va aeroportlarning roʻyxati Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlandi.

15.02.21

QQS borasidagi firibgarliklarning oldini olishga doir ayrim jihatlar

QQS mavjud boʻlgan deyarli barcha mamlakatlarda ushbu soliqdan daromad orttirishga urinadigan uyushgan firibgarlikka qarshi kurash olib boriladi. Mazkur materialda QQS borasidagi firibgarliklar turlarini tasniflashga, ularga qarshi kurashish uchun mavjud vositalarni tahlil qilishga harakat qilinadi hamda ularni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar taklif etiladi.

15.02.21

Jamoa shartnomasining yangi maketida nimalarga e’tibor qaratish kerak

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining mehnatkashlar ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish boʻlimi mutaxassislari asosiy yangiliklar haqida aytib oʻtdilar.

15.02.21

Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga oʻtamiz

Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ta’minlash boʻyicha «yoʻl xaritasi» qabul qilindi.

15.02.21

«El-yurt umidi» jamgʻarmasining vazifalari kengaytirildi

Ular orasida - iqtidorli va istiqbolli davlat xizmatchilarini izlab topish, tanlash va ragʻbatlantirish, yangi avlod kadrlarini shakllantirish va ularni davlat xizmatiga jalb etishga koʻmaklashish.

15.02.21 NHH loyihalari
15.02.21

Turistlar xarajatlarini qoplash rejalashtirilmoqda

VMning «Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini qaytarish mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

15.02.21

ATK sohasida yangi QK tashkil etildi

Oʻzbekiston Hukumati va «Didjital Invest» MChJ oʻrtasida imzolangan axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohasidagi loyihaga doir Investitsiya shartnomasi tasdiqlandi.

15.02.21 NHH loyihalari
15.02.21

Fuqarolik kodeksiga nimalarni kiritish rejalashtirilmoqda

Yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksi loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Ushbu loyiha 1.01.2022 yildan amalga kiritilishi nazarda tutilgan.

15.02.21

Yuridik texnikumlar oʻquvchilari tanishtiruv amaliyotini oʻtaydilar

Bu Adliya vazirligining yuridik kollejlari oʻquvchilari tomonidan oʻquv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar bilan nazarda tutilgan.

15.02.21

Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish tizimi tasdiqlandi

Dastlabki identifikatsiya IIV, Bosh prokuratura, DXX, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, TIV, va Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

14.02.21

Turizm sohasida qanday oʻzgartirishlar nazarda tutilgan

Imtiyozlarni uzaytirish, «oilaviy sayohat ta’tili», yangi avia va t/y qatnovi va boshqalar - 9 fevraldagi Farmon sharhida.

14.02.21

Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayoni soddalashtirildi

Prezident tomonidan 11 fevral kuni «Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish toʻgʻrisida»gi Farmon imzolandi.

12.02.21

Qonunchilik hujjatlarini ijro etish boʻyicha davlat organlari rahbarlarining javobgarligi kuchaytirildi

Qonunchilik hujjatlari va Hukumat topshiriqlari ijrosini nazorat qilish «Ijro.gov.uz» tizimi orqali amalga oshiriladi.

12.02.21

Nazorat xaridi qanday oʻtkaziladi

Ularni Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi OAVdan kelib tushgan ma’lumotlar, jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari va tashkilotlar murojaatlari asosida amalga oshiriladi.

12.02.21

Xalqlar doʻstligi kuni 30 iyulda nishonlanadi

Mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elatlar hamda 16 ta diniy konfessiya vakillari istiqomat qilib, 141 ta milliy-madaniy markaz va 36 ta doʻstlik jamiyati faoliyat yuritmoqda.

12.02.21

Qorakoʻlchilikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi

Ular orasida - qorakoʻlchilik klasterlariga yer, imtiyozli kreditlar ajratish, yer soligʻi stavkasini pasaytirish.

12.02.21

Harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi

Prezident tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida” qaror qabul qilindi.

12.02.21

Prezident saylovi sanasi oʻzgartirildi

Shuningdek, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun, «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida»gi Qonun va Saylov kodeksiga tuzatishlar kiritildi.

11.02.21

MHXSni joriy etish - buxgalterlik vazifasi emas

Korxonada MHXSni joriy etgan holda nimadan boshlash lozim va muqarrar nimaga duch kelishga toʻgʻri keladi?

11.02.21 NHH loyihalari
11.02.21

Banklarning ichki auditiga qoʻyiladigan yangi talablar ishlab chiqilmoqda

Markaziy bank tomonidan yangi tahrirdagi Tijorat banklarining ichki auditiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

11.02.21 NHH loyihalari
11.02.21

Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini nazorat qilish xususiy sektorga oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining «Yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

11.02.21

Qoraqalpogʻistonda «Sudochye-Akpetki» davlat buyurtma qoʻriqxonasi tashkil etiladi

Uning vazifasi - qirgʻoq landshaftlari, kanallar, suv atrofida yashovchi qushlar, noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan baliqlar, yirtqich qushlar va sut emizuvchi hayvonlarni saqlab qolish hamda ularni qayta tiklash.

11.02.21

Sud tizimi tuzilmasi Konstitutsiyada mustahkamlandi

Prezident tomonidan «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun imzolandi.

11.02.21

Mamlakatda va xorijda «Multibrand» doʻkonlar tarmogʻi tashkil etiladi

Prezident tomonidan 8 fevral kuni «Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

10.02.21

Ipoteka kreditlari – yangi tartib boʻyicha

Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibini belgilaydigan nizom tasdiqlandi.

10.02.21

Qurilish sohasida davlat xaridlari tartibi oʻzgartirildi

Yangi sxema boʻyicha elektron tenderni oʻtkazish uchun tender hujjatlarining umumiy va texnik qismini taqdim etish zarur emas, tender hujjatlarining kompleks ekspertizasi esa faqat tovarlar hajmini baholash boʻyicha oʻtkaziladi.

09.02.21

Kompaniyada xodimlarning vakillik organi boʻlishi zarurmi

Tashkilotda bunday organ boʻlishi zarurmi? Agar shunday boʻlsa, bu kasaba uyushmasi boʻlishi lozimmi? Bunday organ mavjud boʻlmaganligi uchun ish beruvchi javobgarlikka tortilishi mumkinmi?

09.02.21

2021 yilgi bonuslar: kimga va qancha

Mana koʻp yillardirki NORMA dasturiy mahsulotlaridan foydalanuvchilarga turli bonuslar taqdim etilmoqda. Joriy yilda nimalar oʻzgartirildi?

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.