Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHXS: 2026 yil 21 noyabrdan nimalar oʻzgardi Qonun loyihasi: 2027 yildan boshlab tijorat ijarasi qoidalari qanday oʻzgarishi mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
04.07.19

Yangi Jel koni 6,4 mlrd kubometr gaz beradi

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston va “Gazprom EP Interneshnl B.V.” oʻrtasida mahsulot taqsimotiga oid Bitimni ma’qulladi

04.07.19

Xorijiy investorlarga koʻmaklashish guruhi tashkil etiladi

Bu bir qator vazirlik va idoralar tomonidan taklif etilgan eksperiment. Guruh Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida tashkil etiladi

04.07.19

Sirdaryoda biznes-akselerator tashkil etiladi

Maqsad - yoshlarda muhandislik koʻnikmalarini shakllantirish va innovatsion faoliyatga boʻlgan qiziqishni uygʻotish, ularni ish bilan ta’minlash

04.07.19

Atom energetikasi boʻyicha qayta ishlangan qonun loyihasi tasdiqlandi

Qonunchilik palatasi deputatlari 2 iyul kuni «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi oʻqishda koʻrib chiqib tasdiqladilar.

04.07.19

Koʻproq toʻlab, litsenziyani tezroq oling

Tibbiy va farmatsevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) uchun litsenziyalarni tezlashtirilgan tartibda berish mexanizmi joriy etilmoqda

04.07.19

Qanday tovar belgilari hammaga ma’lum deb e’tirof etiladi

Mezonlar Prezidentning 2019 yil 1 iyuldagi PQ-4380-son qarorida koʻrsatilgan.

03.07.19

Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari roʻyxatdan oʻtkaziladi

2.07.2019 yildagi “Shaxsga doir ma’lumotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-547-son Qonun e’lon qilindi.

03.07.19

Eski namunadagi “mayda” kupyuralar va tangalar toʻlov qobiliyatini yoʻqotdi

Oʻzbekiston MB eslatib oʻtadi, 2019 yil 1 iyuldan boshlab 50 soʻmlik, 100 soʻmlik tangalar hamda shu nominaldagi banknotlar toʻlov qobiliyatini yoʻqotadi va muomaladan chiqariladi.

03.07.19

1 iyuldan mamlakatimizni nimalar kutmoqda

2019 yil 1 iyuldan bojxonada tartibga solish, litsenziyalashtirish, davlat xaridlari, investorlar bilan oʻzaro aloqalar, korrupsiya xavf-xatarlarini baholash va boshqa koʻplab sohalarga taalluqli oʻzgartirishlar kuchga kirdi.

02.07.19

Fargʻona vodiysida istiqbolli biznes-loyihalarni topish bilan shugʻullanadilar

«SFI Management Group» XK MChJ boshqa investorlar bilan birgalikda «Vodiy Investments» investitsiya kompaniyasi va «Vodiy Investments Management» boshqaruv kompaniyasini tashkil etadi

02.07.19

Hisob palatasi aniqlangan huquqbuzarliklarga qanday munosabat bildiradi

1.07.2019 yildagi “Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-546-son Qonun e’lon qilindi.

02.07.19

Veterinarlar qanday malaka oshiradi

Veterinariya xizmati mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularga malaka toifalarini berish tartibi tasdiqlandi.

01.07.19

Pensiya daftarchalari endi elektron shaklda boʻladi

Endilikda qogʻoz shaklidagi jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasiga hojat qolmadi, deya xabar beradi Davlat xizmatlari agentligi oʻzining Telegram-kanalida.

01.07.19

Import bojlarini vaqtincha oshirish koʻrib chiqilmoqda

29 iyun kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan “Xalqaro savdo va soliq islohotlari” mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi

01.07.19

Toshkentda sirk festivali tashkil etiladi

“Xalqaro sirk san’ati” festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

01.07.19

Oʻrnak koʻrsatgan yosh insonlarga – mukofotlar

Yoshlar kuni arafasida 28 nafar oʻsmirlarga «Mard oʻgʻlon» davlat mukofoti berildi.

01.07.19

Soliq islohoti yuzasidan savollar bormi?

Moliya vazirligi, DSQ, SSP mutaxassislari hamda vazirlik va idoralarning boshqa mas’ul xodimlari ularga javob berishga tayyorlar.

01.07.19 NHH loyihalari
01.07.19

Transportga utilizatsiya yigʻimi joriy etiladi

Soliq kodeksi va «Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritiladigan tegishli tuzatishlar ishlab chiqildi.

01.07.19

Buyuk Britaniyadagi koʻhna maktab – Toshkentda

Vazirlar Mahkamasining 25.06.2019 yildagi «Toshkent shahrida Vestminster xalqaro maktabini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 527-son qarori qabul qilindi.

01.07.19 NHH loyihalari
01.07.19

Davlat xaridlarida takliflar qanday tanlab olinadi

QHTBT portalida Xarid komissiyalarining faoliyatini tashkil etish va eng yaxshi takliflarni tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirilgan.

01.07.19

Soliq toʻlovchilarni soliq davrlari turlicha boʻlgan toifalarga boʻlmoqchilar

Oʻzbekiston davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida BAA moliyaviy va texnik yordamini jalb etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilindi

28.06.19

Bolalar adabiyoti chiqarishni xohlovchilar uchun - imtiyoz

OAV va matbaa korxonalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yangi reglamentlari ishlab chiqiladi.

28.06.19

Matbuot kotiblariga davlat organlari rahbari maslahatchisi maqomi berildi

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ma’lumot taqdim etmaganlik yoki notoʻgʻri ma’lumot taqdim etganlik, shuningdek, OAV faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik va jurnalistlarga bosim oʻtkazganlik uchun javobgarlik belgilandi.

28.06.19

Davlat boshqaruvi akademiyasiga qabul kvotasi 1,5 baravar oshirildi

Davlat boshqaruvi akademiyasiga yangi qabul kvotalari va qoidalari Prezidentning 2019 yil 27 iyundagi PQ-4365-son qarorida belgilangan.

28.06.19

Sirdaryo va Namangan viloyatlarida kichik sanoat zonalari kengaytiriladi

Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi 524-son qarorida nazarda tutilgan.

27.06.19

Oʻzbekistonda yana bitta kodeks qabul qilindi

25.06.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi OʻRQ–544-son Qonun e’lon qilindi.

27.06.19

2020 yil 1 yanvardan elektron hisobvaraq-fakturalardan majburiy tartibda foydalaniladi

Vazirlar Mahkamasi 25.06.2019 yildagi «Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 522-son qarorni qabul qildi. Unga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar elektron hisobvaraq-fakturalarni toʻldirishlari shart.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.