«Angren» EIZ kengaytiriladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi 525-son qarorida nazarda tutilgan.
«Ipoteka-bank» 2022 yil oxirigacha xususiylashtiriladi
Ipoteka-bank ATIBni oʻzgartirish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish rejasi tasdiqlandi
Tashuvchilar uchun malakani tasdiqlashning yangi qoidalari tayyorlanmoqda
Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda.
Onlayn-NKM sinovdan oʻtkazildi. U biznesga nima beradi?
Onlayn hisobvaraq-fakturalar va onlayn-NKMning joriy etilishi ilk bor qanday natijalarni berdi? 25 iyun kuni Davlat soliq qoʻmitasida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida mutaxassislar bu boradagi xulosalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Iqtisodiyot boʻyicha doktor ilmiy darajasini kim beradi
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti huzurida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash va “Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar” jurnali tahririyati tashkil etiladi.
Deputatlar nogironlikni belgilashda sarsonlikka qarshi
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining qoʻshma yigʻilishida nogironlikni belgilashni tartibga soluvchi NHH va ushbu yoʻnalishdagi rejalar muhokama qilindi.
Biznes uchun istiqbolli yoʻnalish – xizmatlar sohasi
Prezident 25 iyun kuni mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada joriy yilning birinchi yarim yilligida kutilayotgan natijalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
NNT toʻgʻrisidagi qonunlarni bitta hujjatda birlashtiradilar
Ekspertlar 25 iyun kuni yangi tahrirdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini muhokama qildilar.
Soliq kodeksi investitsiyalarni ragʻbatlantiradi
Moliya vazirligi va DSQ 2020 yildan xarid qilingan asosiy vositalar boʻyicha QQSni darhol hisobga olish taklif etmoqda. Ushbu investitsion faollikni oshiruvchi jiddiy omil haqida Oʻzbekiston moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod Sultonov xabar berdi.
Boʻsh turgan xorijiy valyutadan qanday foyda olish mumkin
Banklar xorijiy valyutadagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni foyda olib saqlash imkonini beruvchi omonatlarning ancha keng spektrini taklif etmoqda. Koʻproq naf olish uchun ularni qayerda joylashtirgan ma’qul?
Onlayn NKMga ega tadbirkorlar uchun naqd pulda hisob-kitob summasi boʻyicha cheklovlar olib tashlanishi mumkin
QHTBT portalida Prezidentning savdo va xizmat koʻrsatish sohasini yanada erkinlashtirish hamda pul tushumlari ustidan jamoat nazoratini kuchaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Farmoni loyihasi joylashtirilgan.
Mahkumlarga pensiya toʻlash rejalashtirilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 24 iyun kuni «Jinoyat-ijroiya qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Loyihani 3 oyda amalga oshirmasangiz – kichik sanoat zonasidagi joy olib qoʻyiladi
Bu Prezidentning 2019 yil 21 iyundagi PQ-4363-son qarorida nazarda tutilgan.
Senatning yangi raisi saylandi va bir qator qonunlar ma’qullandi
Toshkent shahrida 21 iyun kuni Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.
Oliy ta’lim muassasalari uchun davlat buyurtmasi belgilandi
Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazish maqsadida 2019/2020 oʻquv yilidan davlat buyurtmasi va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt tizimi joriy etiladi
Qishloq xoʻjaligi yerlaridagi tuproqni alohida davlat korxonasi tahlil qiladi
Vazirlar Mahkamasining 18.06.2019 yildagi 510-son qarori bilan tuproqning agrokimyoviy tahlili tizimini takomillashtirish va uning hosildorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
MMFI filiali qancha talaba qabul qiladi
Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti» filialiga 2019/2020 oʻquv yiliga qabul kvotasi belgilandi
Sirdaryo viloyati qishloq xoʻjaligiga – xorijiy investitsiyalar
U yerda tarkibida sellyuloza mavjud boʻlgan ekinlar va almashlab ekishda qatnashadigan boshqa turdagi ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash bilan shugʻullanadigan agrosanoat klasteri tashkil etiladi
Yagona maktab formasi 2024 yilda majburiy boʻladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 18.06.2019 yildagi 509-son qarorida nazarda tutilgan.
Pasport mavjud emas, biroq jarima solinmaydi
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etish va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Urugʻchilik klasteri qanday tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 18.06.2019 yildagi 512-son qarori bilan ularni kreditlash, imtiyozlar taqdim etish va investorlarni tanlash tartibi tasdiqlandi.
Kam hosil olinganda zararni sugʻurta tovoni qoplaydi
Paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosilini sugʻurtalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi 5 ta bitim Energetika vazirligi nazorati ostida
Hukumat mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi amaldagi bitimlarni amalga oshirishni davom ettirish tartibini belgiladi
Agroklaster: xom ashyodan tayyor mahsulotgacha
Buxoro viloyatida paxta va boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha zamonaviy agroklaster quriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 14.06.2019 yildagi 500-son qarorida belgilangan.
Oʻzbekiston Milliy universitetida – islohot
Prezidentning 2019 yil 17 iyundagi qarori bilan belgilangan 9 ta maqsadli dasturlarni amalga oshirish Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetini kompleks rivojlantirishga yordam beradi
Muhtoj xotin-qizlarga koʻproq arzon uy-joylar beriladi
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam ta’minlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibiga tuzatishlar kiritildi.
Soliq imtiyozlari oʻrniga – toʻlov muddatini kechiktirish
Bu Prezidentning “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasida nazarda tutilgan.
QQS: toʻlovchilar koʻpayib, imtiyozlar kamayadi
Moliya vazirligi ana shunday taklif bilan chiqdi. Loyiha QHTBT portalida joylashtirilgan.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


