Texnik reglamentlarni, sertifikatlashtirish va metrologiya qoidalarini buzganlik uchun jarimalar qanchaga oshiriladi
QHTBT portalida Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritiladigan tegishli tuzatishlar loyihasi joylashtirilgan
Davlat tikuv-trikotaj korxonalarining kreditlarini qisman qoplaydi
1 apreldan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi jamgʻarma 2019-2021 yillarda tikuv-trikotaj korxonalariga tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplaydigan boʻldi. Buning sharti – ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotning kamida 80 foizi eksport qilinishi kerak
Suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’yektlari GAT joriy etiladi
QHTBT portalida mamlakatimizda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya ob’yektlarining yagona geoaxborot tizimini (GAT) joriy etishga yoʻnaltirilgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksi qabul qilinadi
Hujjatning maqsadi haqqoniy va ob’yektiv ma’lumot yetkazilishini ta’minlashdan iborat
Noyob ilmiy ob’yektlar roʻyxati qanday shakllantiriladi
Ularni aniqlash, tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritish, saqlash uchun mablagʻlar ajratish, shuningdek foydalanilishi ustidan monitoring olib borish tartibi tasdiqlandi
1 martdan patronat oiladagi bola uchun 820 ming soʻm nafaqa
11.02.2019 yildagi «Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi
Jizzaxda biznes-inkubator ochiladi
Bu LBMAning Jizzax viloyatida «Ilgʻor hudud» yoshlarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishga qaratilgan loyihalaridan biridir
Maishiy chiqindilar yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladi
Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qoidalari tasdiqlandi
Rossiyada «OʻzRTXB» AJning birinchi savdo maydonchasi ochildi
Chelyabinsk shahrida yangi savdo maydonchasi oʻz ishini boshladi
Paxta xom ashyosini tomchilatib sugʻorishni joriy qilish qanday subsidiyalanadi
Vazirlar Mahkamasining 6.02.2019 yildagi 103-son qarori bilan paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi tasdiqlandi
Birinchi AESni qurib, 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
Prezidentning 7.02.2019 yildagi PQ–4165-son qarori bilan yaqin 10 yilda mahalliy atom energetikasini rivojlantirish rejasi tasdiqlandi
Mamlakatimizda roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha tovar belgilari hammaga ma’lum tovar belgilari bilan qiyoslanadi
Prezidentning 8.02.2019 yildagi «Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Jismoniy tarbiya oʻqituvchisining ishi reyting tizimi boʻyicha baholanadi
Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi tasdiqlandi
Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi yangi onlayn-xizmatni ishga tushirdi
Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani YaIDXP orqali onlayn berish mumkin
Media-ombudsman institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda
Uning faoliyati OAVning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, davlat organlarining ular faoliyatiga asossiz aralashuvining oldini olishga yoʻnaltiriladi
TDYuUga kirish imtihonlarida fanlar boʻyicha ballar taqsimoti oʻzgartirildi
Toshkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha)» yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatga oʻqishga kirishda test sinovlaridagi fanlar boʻyicha ballar taqsimoti oʻzgardi
Huquq-tartibot xodimlari yangi maxsus dastur boʻyicha oʻqitiladi
Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha TDYuUning Ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi
Film ishlab chiqarish uchun davlat koʻmagi qanday olinadi
Vazirlar Mahkamasining 5.02.2019 yildagi 89-son qarori bilan milliy va xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlikda film ishlab chiqarishni davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi belgilandi
«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ monopoliyasiga barham berildi
Transport vazirligi tashkil etildi. Idora 6 ta soha: avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo transportlari, shuningdek metropoliten va yoʻl xoʻjaligiga boshchilik qiladi
Xalqaro shartnomalar barcha uchun ochiq boʻladi
«Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri (6.02.2019 yildagi OʻRQ–518-son) e’lon qilindi
Xitoy instituti filialida biznes yuritishni oʻrgatadilar
Nanking politexnika institutining delegatsiyasi Oʻzbekistonda filial ochishni taklif qildi
Pullik sport toʻgaraklari qanday ishlaydi
Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat koʻrsatuvchi sport toʻgaraklarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Xorijiy mutaxassis sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari boʻladi
Sogʻliqni saqlash vazirligida sogʻliqni saqlash sohasiga ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash va islohotlarni ekspert jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun mas’ul vazir oʻrinbosari paydo boʻladi
Alkogol bilan ulgurji savdo qilish uchun litsenziya olinadi
Hozircha aniq sana belgilanmagan, ikki oy muddatda tegishli tuzatishlar kiritilgan qonun loyihasi ishlab chiqilishi kerak
Iqtisodiy sud ishlari soddalashtirilgan tartibda koʻriladi
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida toʻrtta qonun loyihasi koʻrib chiqildi
Dasturiy ta’minot eksportida valyuta tushishi muddati xorijiy savdo maydonchasi qoidalari boʻyicha belgilanadi
Dasturiy ta’minot vositalari eksporti va importi toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 2549, 8.01.2014 y.) tuzatishlar kiritildi
Alkogol ishlab chiqaruvchilar 1 iyulgacha litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishlari shart
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning yangi tartiblari belgilandi. Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga qoʻyiladigan litsenziya talablari kuchaytirildi
Uzumchilik va vinochilikni boshqarish tizimi qayta tashkil etildi
Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilmoqda, «Oʻzsharobsanoat» AJni esa tugatish taklif qilinmoqda
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


