Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi alifboga oʻtishda banknot va tangalarni almashtirishga toʻgʻri kelmaydi Doimiy va vaqtinchalik farqlar: foyda soligʻiga ta’siri Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
01.06.18

Yangi tashkil etilgan Kasb-hunar ta’limi markazi nima bilan shugʻullanadi

Vazirlar Mahkamasining 25.05.2018 yildagi 391-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

01.06.18

Dori necha pul turadi?

Toshkent dorixonalaridagi narxlar Moskvadagidan 20–30% qimmatligi rostmi? Portalimiz muxbiri shu savolga javob topishga urinib koʻrdi

31.05.18

Ish beruvchilar yuriskonsultlar haqidagi ma’lumotlarni yuboradigan organlar oʻzgardi

Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2861-1, 25.05.2018 y.) bilan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

31.05.18

Tanlovda gʻolib boʻldingizmi – rahbarlik lavozimini egallang

Prezidentning 30.05.2018 yildagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

31.05.18

Yukni brezentsiz tashiganlik va mashinani qurilish maydonchasidan yuvilmagan holda olib chiqqanlik uchun – 5 EKIH miqdorida jarima

Vazirlar Mahkamasining 29.05.2018 yildagi 395-son qarori bilan Avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga (VMning 1.08.2014 yildagi 213-son qaroriga ilova) qoʻshimchalar kiritildi

31.05.18

Tovarlarni elektron auksion orqali davlatga qanday sotish mumkin

Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (roʻyxat raqami 3016, 26.05.2018 y.) koʻrib chiqishni davom ettiramiz. Hujjatda barcha turdagi davlat xaridlari batafsil tartibga solinadi. Ushbu sharhda boshlangʻich narxni tushirish boʻyicha elektron auksion ishini oʻrganamiz

31.05.18

Mamlakatimizdagi madaniy tadbirlar – yagona taqvimda

Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi 385-son qarori bilan Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

30.05.18

Byudjet tashkilotlari boʻsh mablagʻlarini oʻzlari mustaqil banklarga joylashtirishlari mumkin

Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi 383-son qarori bilan byudjet tizimining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi

30.05.18

Mashina-traktor parklari eksperiment ishtirokchisiga aylanadi

Prezidentning 30.05.2018 yildagi «Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi OʻzA

30.05.18

Oʻz tovar, ish va xizmatlarini elektron doʻkon orqali davlatga qanday sotish mumkin

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (26.05.2018 yilda 3016-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) tasdiqladi. Hujjatda barcha turdagi davlat xaridlari batafsil tartibga solingan. Ushbu sharhda elektron doʻkon ishiga batafsil toʻxtalib oʻtamiz

30.05.18

«SMS-xabarlash» xizmatini masofadan turib oʻchirish mumkin

«UZCARD» banklararo toʻlov tizimi «SMS-xabarlash xizmatini masofadan turib oʻchirish – STOP 1» yangi servisini joriy etdi

30.05.18

Har bir yurist advokat boʻla olmaydi

Oʻzbekistonda advokatura isloh qilina boshladi. U auditorlar, soliq maslahatchilari, patent boʻyicha vakolatli vakillar va konsalting tashkilotlariga ham daxl qilishi mumkin. Zero ushbu kasblar ham yuridik yordam bilan bogʻliq. Advokat Ilhom Azizov mavjud muammolar va yechimlar haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi

29.05.18

Tadbirkorlar 2 yilda 96,8 mlrd soʻmga 49 ta kinoteatr quradilar

Bu Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi «2018–2019 yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmogʻini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 372-son qarorida nazarda tutilgan

29.05.18

«Bir yillik» stajyorlar notarius boʻla oladilar

Notarius lavozimiga nomzodlarning majburiy stajirovka oʻtash muddati ikki baravar qisqartirildi. Endi u sudyalik lavozimida 5 yil yoki notarial faoliyatga rahbarlik va nazorat qiluvchi lavozimlarda 3 yil ishlagan nomzodlar uchun talab etilmaydi

28.05.18

Rieltorlar va baholovchilar uchun sifat nazorati qoidalari tasdiqlandi

Davlat raqobat qoʻmitasi rieltorlik tashkilotlari, shuningdek baholovchilar va baholash tashkilotlariga qoʻllanma sifatida xizmatlar va ishlarning sifat nazoratiga doir namunaviy ichki qoidalarni tasdiqladi

28.05.18

Rahbarlar uchun buxgalteriya hisobi

Rahbar buxgalteriya hisobi tashkil etilishi va uning ahvoli uchun mas’ul. Nafaqat tashkilotning barqarorligi, balki rahbarning moddiy farovonligi va xotirjamligi ham hisob toʻgʻri yuritilishiga bogʻliq. Ushbu uchastkadagi ishni qanday yoʻlga qoʻyish mumkin?

28.05.18

Turfirmalar yangi imtiyoz oldi

Turistlarni tashish uchun moʻljallangan, sigʻimi 9 kishidan ortiq boʻlgan yangi transportdan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga 2022 yil 1 yanvargacha yigʻim undirilmaydi

28.05.18

Notariat: 2019 yildan koʻp narsa oʻzgaradi

Notariatning faol modeli joriy etiladi; koʻchmas mulkni ijaraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash bekor qilinadi; barmoq izlari boʻyicha identifikatsiya qilish joriy qilinadi va boshqalar

28.05.18

Notariuslar xususiy boʻladimi

Bu masalani adliya va moliya vazirliklari 2019 yil 1 iyulgacha hal etishlari kerak

28.05.18

Xususiy bolalar bogʻchasini rivojlantirishga kredit va subsidiyalar qanday olinadi

Vazirlar Mahkamasining 19.05.2018 yildagi 378-son qarori bilan xususiy maktabgacha ta’lim muassasalarini kreditlash va subsidiyalash tartibi belgilandi

28.05.18

YHQ buzilishiga qarshi kurashishda videoregistratorlar va oshirilgan jarimalar yordam beradi

Vazirlar Mahkamasining 19.05.2018 yildagi 377-son qarori bilan 2018-2022 yillarda yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi hamda uni yaqin istiqbolda amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi» tasdiqlandi

28.05.18

Jurnalistlarni yangi oliy ta’lim muassasasi tayyorlaydi

Prezidentning 24.05.2018 yildagi «Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi

28.05.18

Buxgalter qarshi boʻlsa

Bosh buxgalter faoliyat yuritish davomida rahbariyat huquqqa zid xoʻjalik operatsiyasini bajarishni talab etadigan holatlarga toʻqnash keladi. Qonun nuqtai nazaridan buxgalter bunga qarshilik koʻrsatishi kerak. Biroq hayotda mutaxassis oʻzining kasbiy va shaxsiy sifatlariga qarab yoʻl tutadi

28.05.18

Bizda notoʻgʻri toʻxtab turganingiz qayd etilgan fotosurat bor…

Transport vositalari haydovchilari boʻlmaganda toʻxtab turish qoidalarini buzish holatlari qayd etilayotgan yangi tartibni koʻrib chiqamiz

25.05.18

Xususiy bolalar bogʻchasi ochishga davlat qanday yordam beradi

Ushbu sharhda davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bolalar bogʻchalari ochishda taqdim etiladigan imtiyozlar xususida soʻz yuritiladi

25.05.18

«Buyuk ipak yoʻli» festivali sovrindorlariga – $1500 dan $3500 gacha

Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi 371-son qarori bilan «Buyuk ipak yoʻli» xalqaro folklor musiqa festivalini tashkil etish va oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

25.05.18

Elektron davlat xaridlarini oʻtkazish qanday ta’minlanadi

Loyiha boshqaruvi milliy agentligining buyrugʻi (21.05.2018 yilda 3015-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish faoliyati tartibga solindi

25.05.18

Bosh prokuratura huzuridagi Departament yana oʻzgartirildi

Prezidentning 23.05.2018 yildagi PF-5446-son “Byudjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.